Ma’ruza: Multimedia tushunchasi, maqsadi va asosiy talablari


Download 0.54 Mb.
bet1/9
Sana06.08.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1665546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’ruza Multimedia tushunchasi, maqsadi va asosiy talablari


Ma’ruza:Multimedia tushunchasi, maqsadi va asosiy talablari. Multimediali trafikni uzatish tarmoqlariga o’tishning asosiy tamoyillari.
Reja:

  1. Multimedia IP-tarmoqlariga uzatishning asosiy tamoyillari.

  2. Multimedia va IP-tarmog’i tushunchasi, maqsadi va asosiy talablari.

  3. Y.2001 tavsiyanomasi.




    1. Multimedia haqida umumiy tushunchalar

Multimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali taqdim etiladigan matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko‘rinishdagi ma’lumot xisoblanadi. Ma’lumotni yorqin tasvir va animatsiya, videotasvir va matn, o‘ziga jalb qiluvchi ovoz ko‘rinishida qa’bul qilish natijasida axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin. Agar bu jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi yanada ortadi.


Multimedia deb - matn, tasvir, ovoz, animatsiya va videoning bir butun ko‘rinishiga aytiladi. Agar foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan birgalikda uni boshqara olsa, u holda bunday ilovalar interaktiv multimedia ilovalari deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova Gipermedia deb ataladi.
Multimedia ta’rifiga ko‘ra oddiy tuyulsa xam, u bilan ishlash jarayoni murakkab xisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir katorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini xam bilish lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda ilovalarini yaratuvchilar mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataladi.
Multimedia ilovalari kompyuter, TV ekranida, PDA (personal digital assistant) shaxsiy raqamli yordamchi, yoki mobil telefon orqali ko‘rish mumkin. Bundan tashqari multimedia ilovalari tijorat yo‘lida, yoki biror manzilga yetkazilishi maqsadida CD yoki DVD tashuvchilarda yoki ma’lumotni tortib olish uchun Internet tarmog‘iga joylashtirilishi mumkin.

1.1-rasm. Multimedia vositalari

Multimedia ilovalari interaktiv bo‘lishi shart emas. Bunday ilovalar chiziqli bo‘lib, boshlanishidan ohirigacha foydalanuvchi ta’sirisiz amalga oshadi. Agar foydalanuvchi navigatsiya boshqaruvi orqali multimedia ilovasining borish jarayoniga ta’sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova chiziqli bo‘lmagan deb ataladi va bunday interaktiv ko‘rinishdagi multimedia ilova ma’lumot olishda keng imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchi multimedia ilovani qay darajada foydalana olishi, ilovani boshqara olishi imkoniyatiga qarab ilova strukturasi va ssenariysi, ilova dizayni va dasturlashga katta e’tibor qaratiladi va ulkan mahorat talab qilinadi. Noto‘g‘ri interfeys yaratilgan multimedia ilovaning muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari kontent noto‘g‘ri yaratilishi natijasida multimedia ilovada kerakli ma’lumotlarni topa olmasligingiz mumkin.






    1. Download 0.54 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling