Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


XI BOB. ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI REJALASHTIRISH


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

XI BOB. ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI REJALASHTIRISH 
Tayanch so’z va iboralar: quvvat tushunchasi, quvvat turlari, quvvatni 
hisoblash usullari, quvvatdan foydalanish koeffitsenti, o’rtacha yillik quvvat, 
boshlanich quvvat, chiqish quvvati, smenali koeffitsenti, ekstensiv koeffitsent, 
intensiv koeffitsent, integral koeffitsent, quvvatdan foydalanishni oshirish yo’llari. 
 
 
11.1. Ishlab chiqarish quvvati to’g’risida tushuncha va uning turlari 
Har bir korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari ularning ishlab chiqarish 
quvvati orqali ifodalanadi.
Ishlab chiqarish quvvati - barcha mavjud iqtisodiy resurslardan, ilg’or 
texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali 
ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulot ish va hizmatlarning maksimal 
miqdoridir. 
Ishlab chiqarish quvvatining bir nechta turlarini ajratish mumkin: 
­ nazariy quvvat-ideal ish sharoitida erishish mumkin bo’lgan xo’jalik 
o’eratsiyalari hajmini ifodalaydi. Ushbu quvvat texnik jihatdan erishish 
mumkin bo’lgan quvvatdir. 
­ 
amaliy quvvat korxonaning ish tartibini e’tiborga olgan holda (ishlab chiqarish 
vaqtida jihozlarni ta’mirlashda turli ish tartibi bilan boliq yo’qotishlarni 
hisobga olgan holda) samaradorlikni saqlash orqali erishiladigan eng yuqori 
ishlab chiqarish darajasini belgilaydi.
­ normal ishlab chiqarish quvvati korxona tovarlariga talabni bir necha yil 
davomida qondirish uchun yetarli bo’lgan xo’jalik faoliyatining o’rtacha 
darajasini ifodalaydi. 
­ rejaviy quvvat yillik normal ishlab chiqarish quvvatiga mos keladi. 
Korxona ishlab chiqarish quvvati sexlar quvvati, yetakchi uchastkalar, 
uchastkalar quvvati, yetakchi texnologik jihozlar guruhi quvvatlari bo’yicha 
aniqlanadi. 


187 
Asosiy sexlar quvvati asosiy mahsulot va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish 
bilan band bo’lgan jihozlar bo’yicha amalga oshiriladi. 
Yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari quvvati asosiy sexlarga 
ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi belgilanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati hisobi tarmoqdagi ilor texnologiyalarga, jihoz 
ish vaqti va quvvatidan to’liq foydalanishini e’tiborga olgan holda amalga 
oshiriladi. Jihozlarning unumdorligi normalari ularning texnik xarakteristikalari 
bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish quvvatini to’g’ri rejalashtirish nafaqat 
resurslardan samarali foydalanish uchungina emas, balki ishlab chiqarishni 
barqarorlashtirish va bozorni zaruriy tovarlar bilan to’ldirishda ham muhim 
ahamiyatga ega. 
Ishlab chiqarish quvvati o’z mohiyati jihatidan korxonaning yillik taklifi 
hajmi, amaldagi narxlar darajasi va o’zgarish hamda boshqa omillarni belgilaydi. 
Ishlab chiqarish quvvati va taklif korxonadagi mavjud texnologiya hamda ishlab 
chiqarishni tashkil etish, xodimlar tarkibi va malakasi, ularni o’sish dinamikasi va 
rivojlanish istiqbollarini xarakterlaydi. 
Talabning taklifdan ustunligi sharoitida loyihalarda ishlab chiqarish 
quvvatini oshirishni rejalashtirish zarur. O’zgaruvchan kattalik bo’lib, hisoblangan 
ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish dasturi bilan mutanosiblikda bo’lishi ya’ni 
talab va taklif bir biriga teng kuchli bo’lishi lozim.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda 
tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra yuzaga 
kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi. 
E’tiborga olish vaqtida asosan ishlab chiqarish quvvatining 3 turi ajratiladi: 
boshlanich, chiqish, o’rtacha yillik. 
Ishlab chiqarish quvvati rejalashtirilayotgan yil boshiga yoki boshlang’ich va 
yil oxiriga yoki chiqib ketuvchi o’rnatiladi. Boshlang’ich quvvat yil boshiga 
mavjud ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi va boshqa resurslarni e’tiborga 
olgan holda aniqlanadi. CHiqib ketadigan - yil oxiriga texnika va texnologiyadagi 
o’zgarishlarni hisobga olgan holda korrektirovka qilish asosida aniqlanadi. 


188 
Rejaviy hisob-kitoblarda o’rtacha yillik quvvat ko’rsatkichi qo’llaniladi. 
Ushbu ko’rsatkich quyidagi formuladan hisoblanadi: 
Q
o’r
= Q
bosh
+ (Q
kir
.
T
d
)/12 - (Q
chiq
.
T
d
)/12 
bu yerda: Q
bosh
- boshlang’ich quvvat, dona (so’m), 
Q
kir
- kiritiladigan quvvat, dona (so’m), 
T
d
- mos ravishda quvvatlarni kiritish yoki chiqarish davri, 
Q
chiq
- chiqib ketadigan quvvat, dona (so’m). 
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda 
tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra yuzaga 
kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling