Tarmoq har doim bir necha abonentlarni birlashtiradi va ulardan har biri о‘z paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqali bir vaqtning о‘zida ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil bо‘lishi mumkin, bu holatda ikkala paketni yо‘qotish mumkin bо‘ladi. Demak axborot uzatishni xohlagan abonentlar о‘rtasida tarmoqqa ega bо‘lishning (zaxvat seti) qandaydir navbatini о‘rnatish kerak. Bu avvalambor «shina» va «halqa» topologiyasida kо‘rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi shuningdek «yulduz» topologiyasidagi tashqi abonentlarning paket uzatish navbatini о‘rnatish zarurdir, aks holda markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi. - Tarmoq har doim bir necha abonentlarni birlashtiradi va ulardan har biri о‘z paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqali bir vaqtning о‘zida ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil bо‘lishi mumkin, bu holatda ikkala paketni yо‘qotish mumkin bо‘ladi. Demak axborot uzatishni xohlagan abonentlar о‘rtasida tarmoqqa ega bо‘lishning (zaxvat seti) qandaydir navbatini о‘rnatish kerak. Bu avvalambor «shina» va «halqa» topologiyasida kо‘rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi shuningdek «yulduz» topologiyasidagi tashqi abonentlarning paket uzatish navbatini о‘rnatish zarurdir, aks holda markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi.
- Axborot almashuvini boshqarish usullari
- Tanlangan usulning unumdorligidan kо‘p narsa bog‘liq: kompyuter о‘rtasidagi axborot uzatish tezligi, tarmoqning yuklanish imkoniyati, tarmoqni tashqi xodisalarga etibor qilish vaqti va hokazolar. Boshqarish usuli – bu tarmoqning eng asosiy kо‘rsatgichlaridan biri. Axborot almashinuvini boshqarish usulining turi kо‘pincha tarmoq topologiyasining xususiyatlaridan kelib chiqadi, lekin bir vaqtning о‘zida u tarmoq topologiyasiga judayam bog‘lanib qolmagan. Axborot almashinuvini boshqarish usullari ikki guruhga bо‘linadi.
Markazlashtirilgan usul, bu holda hamma boshqarish bir joyga jamlangan. Bunday usullarning kamchiligi: markazni buzilishlarga barqaror emasligi, boshqarishni tez amalga oshirib bо‘lmasligi. Afzalligi – konflikt holati yо‘qligi. - Markazlashtirilgan usul, bu holda hamma boshqarish bir joyga jamlangan. Bunday usullarning kamchiligi: markazni buzilishlarga barqaror emasligi, boshqarishni tez amalga oshirib bо‘lmasligi. Afzalligi – konflikt holati yо‘qligi.
- Markazdan tarqatilgan boshqarish usullari, bu holda markazdan boshqarish bо‘lmaydi. Bu usullarni asosiy afzalligi: buzilishlarga barqarorligi va boshqarish vaziyatdan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishi. Lekin konflikt hollar bо‘lishi mumkin, ularni hal qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |