Ispaniya Mavzu
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Download 455.5 Kb.
|
ispaniya qirolligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoʻjaligi
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalariIspaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-yil yanvargacha Xalq uyushmasi), 1976-yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-yilda tuzilgan. XoʻjaligiIspaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60 % dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtozavodlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, qora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo. Download 455.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling