Ispaniyadagi 8000 yillik asalarichi surati
Download 1.12 Mb.
|
Apikultura asalarichilik va asalari
Apikultura, yoki asalarichilik bu asalarilarni insonlar yasagan uyalarda kam mehnat, vaqt va xarajatlarsiz saqlab maksimal darajada mahsuldorlikka erishish san’atidir. Asalarilardan bebaho bo‘lgan asal, asalari ona suti, perga, propolis, ari zaxri va mum olinadi. Shu bilan birga asalarilar tabiatdagi eng muhim bo’lgan vazifasi o‘simliklarni changlatish bilan shug‘illanishadi. Asalarichilik tarixida bir necha bosqichlar bo‘lgan. Dastlab odamlar asalni o‘rmon va tog‘larda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, g‘orlarga uya qo‘ygan asalarilardan olganlar. Bunday asalarichilik terimchilik va ovchilikning bir turi hisoblangan. Ispaniyadagi Aran g‘oridan topilgan arxeologik ma’lumotlarga kura asalarichilik mil. av. 10 — 5-ming yilliklarda ham mavjud bo‘lgan. Shimoliy Afrikada esa bunda 9 ming yil avval asalarilar sopol idishlarda saqlangan. 4500 yil avvalgi Misr san’ati namunalarida asalarilarni mahalliy sharoitda oddiy uyalarda saqlaganliklari va tutundan foydalanilgani qayd etilgan. Ispaniyadagi 8000 yillik asalarichi surati Asalarichilik ikkinchi bosqichga XVIII asrda insonlar arilar uyasi va biologiyasini anglashi va butun uyani buzmasdan ko‘chirma romlar orqali asal olishni kashf etish orqali o‘tdi. 1814 y.da rus asalarichisi P. I. Prokopovich romli asalari qutisini, 1865 y.da chex asalarichisi F.Grushka asal-ajratgichni kashf etishi bilan ko‘pgina mamlakatlarda asalarichilik serdaromad tarmoqqa aylandi. XX asrning 20-yillaridan maxsus asalarichilik xo‘jaliklari paydo bo‘ldi.
Dunyoda qushlarga nisbatan arilarning turlari ko’proqdir. Ayni damda 20,000 ga yaqin turiga tarif berilgan bo’lib, va har yili yangi turlar kashf qilinmoqda. Arilar sayyoramiz bio xilma-xilligining asosiy tarkibiy qismlaridan bo’lib, inson ekologiyasida hayotiy muhim o’rin egallaydi. Hisoblanishicha dunyodagi jami oziq-ovqatning uchdan bir qismi arilarning changlantirishiga bog’liq ekan. Qovoq ari, nishsiz ari va asal arilar ijtimoiy hayot tarziga ega va bulardan asal arilar eng ko’p o’rganilgan. Xolbuki bu arilar dunyo arilar faunasinig kichik bir qismiga teng keladi. Turlarning 90% dan ko’progi ijtimoiy emas yoki yolg’iz umirguzaronlik qilishadi. Odamlar asalarichilik bilan birgalikda qishloq-xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish barakali mo’l-hosilga olib kelishini o’rta asırlardan bilishgan va o’tgan asrdan boshlab changlanish haqida tushunchaga ega bo’lishdi. Bugunga kelib arilar dunyoda 400 mingga yaqin hosil turlarini changlantiradi. Changlantirishning aksariyat qismi asal arilar zimmasiga to’g’ri kelsada so’nggi 15-20 yılda asal arilarning 50% dan ko’proq qismi kasallik, parazitlar va ekologik sbablar tufayli inqirozga keldi va bu qishloq-xo’jaligiga katta ta’sir ko’rsatdi. Oziq-ovqat narxlarinig ko’tarilishi katta muammoga aylandi. Bu biz insonlarning asal arilarga qattiq bog’lanib qolganimizdan darak beradi. Muammoni hal qilish uchun boshqa tur arilarini ishga yollasak nima bo’ladi? Buning uchun turlarning yanada yaxshi o’rganishimiz kerak. Muqobil changlantiruvchi arilarga ikki tur Megajil (Megachile spp.) va Usta ari (Osmia spp.) yaxshi misol bo’la oladi. Megajil allaqachon AQSh va Kanada yung’ichqazorlarini changlantirishda keng miqyosda foidalanib kelinmoqda
Асаларичилик мавсумининг бошланиши маҳаллий иқлимга боғлиқ. Мисол учун одатда Апрелда бошланадиган мавсум Афғон чегарасига яқин Жанубий вилоятларда Март ойида бошланади. Баҳордан асаларичилар бир ва базида бир неча марта табиати ёввойи бўлган ҳудудларга кучишадилар. Мисол тариқасида Самарқанд ёки Жиззах асларичиларини оладиган бўлсак, улар аввалига қизилқум саҳросига ва кейинчалик Самарқанднинг шимолий тоғларига ўз асалариларини кўчиришадилар. Фарғона водийси (Фарғона, Андижон, Ўш) асаларичилари апрел –май ойларида қирғиз тоғларига чиқиб кетишган бўлишади. Ва июл ойидан сентябир охирларигача хамма водийга, пахта далаларига қайтишади. Бу каби ёндашув шуни билдирадики, асаларичилар мавсумнинг ярмини шаҳарлардан, саноат марказларидан ва саноатлашган ўсимлик-махсулотлардан узоқда фаолият юритишади. Шу сабабли ишлаб чиқаришда кичик ўзгартириш билан бу олинган маҳсулот “органик асал” сифат белгисини олишга тайёрдир. Ўрта осиё асларичиларининг бугунги кундаги асосий муаммоси асал маҳсулотларининг маркетингидир. Собиқ иттифоқ даврида бу муаммони хукумат шахсий асаларичиликни хисобга олмаган ҳолда ҳал этган. Бугунга (2005 йил) келиб эса унинг ўрнини ҳеч ким эгалламаган ва экспорт билан фақат “Cенасcо” ва бир неча турк ва рус чайқовчилари ноқонуний шуғулланишмоқда. Асаларичилар бугун ўз маҳсулотларини маҳаллий бозорларда жуда кам миқдорда сотишади ва иложи бўлганда айрибошлаш билан ҳам муаммога ечим топишади. Бозорда бу каби кўп миқдорда асал сотиб олувчининг пайдо бўлиши, айниқса собиқ иттифоқ давридан киенги ташвишли даврлардан сўнг асаларичилар маҳсулот ишлаб чиқариш ва антибиотиклар ишлатишга оид ўз қарашларини ўзгартира бошладиар. Шунга қарамай уларниг кам миқдордаги ишлаб чиқариш салоҳияти ва уяларни молиявий дастаклаш шу жумладан юқори самарали она ариларга бўлган эҳтиёж бу соҳанинг ривожига ва маҳсулот нархига салбий таъсир кўрсатиб келмоқда. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling