Ispaniyadagi 8000 yillik asalarichi surati
Download 1.12 Mb.
|
Apikultura asalarichilik va asalari
Ўрта Осиё асаллари
Биз шуни аниқ биламизки бугун бу ҳудудаги ишлаб чиқариш кўрсаткичлаини аниқ айтиш жуда қийин. Ҳеч бир текширилишларсиз вақти вақтида ҳаддан ташқари нореал маълумотлар кўрсатилган. Аммо шунга аминмизки Ўрта Осиё даватларининг ҳар бирида бир неча минг тоннаге яқин асал ишлаб чиқарилади. Бугунги(2005 йил) кунда Европа иттифоқига асал эхпорт қилиш ҳуқуқига эга ягона давлат Қирғизистондир. Ўзбекистон эса бунинг устида ишламоқда. Пахта. Илмий номлари: Госсйпиум арборетум, Госсйпиум ҳербаcеум Пахта асали ҳудудда ишлаб чиқариладин маҳсулотнинг 50% фоизини ташкил қиади. Шуни такдлаб ўтиш муҳимки собиқ иттифоқ даврида пестисидларга кўмилган пахта бугунга келиб тоза ҳолда, пестисидларсиз этиштирилади. Пестисидларни жуда қимматлиги сабабли уларнинг ўрнига паразидларга қарши экологик тоза, қулай ва арзон бўлган усулдан фоидаланишади. Ҳар бир дала ёки қишлоқда пахта кушандасига қарши капалаклар этиштирилади. Шу сабабли пахта асалининг кимёвий ифлосланишига ҳеч бир сабаб йўқ. Пахта асали енгил ёқимли гул ҳиди келадиган, ортиқча кислотасиз, қаймоқдай юмшоқ, оч-сариқ қаҳрабо рангли хусусиятларга эга. Қолган 50% ишлаб чиқарилган маҳсулот ўзига ҳос бир хил –унифлор ўсимликлардан ва асосан тоғли жойлардан олинадиган кўп хил – полифлор ўсимликлардан йиғилган асални ташкил этади. Янтоқ. Имий номлари: Алҳаги cанесcенс Л., Алҳаги киргҳисорум счренк Л. Дуккакдошлар оиласига мансуб. Янтоқ давомий бутасимон ўсимлик. Қизилқум ва бошқа жойларда учрайди. Янтоқдан олинадиган асал оч-қаҳрабо ранг, бир оз кислотаси юқорироқ, хушбуй гул таъмли бўлади. Оққурай. Илмий номлари: Псоралеа друпаcеа Л., Cулен друпаcеум Л. Кўп йиллик ўсимлик. Витилиго касаллигини даволашда қўлланилади. Ундан оқ рангли, юмшоқ таъм, ҳушбўй ифорли ва аччиқ бўлмаган асал олинади. Бўтакўз. Илмий номлари: Cентауреа сқуарроса Л., Cентауреа депресса Л. Мураккабгулдошлар оиласига тегишли кўп йиллик ўсимлик. Бўтакўздан қаҳрабо рангли, аччиқроқ бўлган ўзига ҳос асал олинади. Айтиш жоизки Ўрта Осиё иқлими айниқса чўл ва адирлар жуда қуруқ ҳисобланади. Шу сабаб олинадиган асалдаги намлик миқдори жуда паст даражада(16-17%). Юқорида айтиб ўтилганларнинг ҳаммаси маҳаллий асаларичиликнинг мукаммал мисоли тимсолида таъсурот уйғотади. Бу ҳудуднинг ички ўзига ҳос асаларичилик тажрибаси ажойиблигига қарамасдан айрим ҳолатларга этибор қаратиш жуда зарур. Бунга мисол асалариларнинг антибиотиклар билан профилактикаси. Тақиқланган моддаларнинг ҳаддан ташқари ишлатилиши ҳолатлари кузатилиши мумкинлиги сабабли эҳтиёт бўлиб ёндашув тавсия эилади. Ҳар бир уя бошига шакaр берилиши қониқарли миқдорда – ўртача ҳар бир уя учун 5 кг. Ташрифимиз давомида ҳеч қандай қалбакилаштириш ҳолатларини учратмадик. Asalari zotlari muayyan iqlim sharoitlarida tabiiy tanlanish tasirida bilan vujudga keladi. Bir naslni boshqasidan farqlash uchun asalarilarning oz’iga xos belgilari; rangi kattaigi hartumining uzunligi ona arining nasldorligi badjahilliligi kasalliklarga chidamlliligi royga moyilligi mum ishlab chiqaruvchanligi kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Etibor bergan bo’lsanggiz yuqorida sanab o’tilgan farqlar orasida eng muhim bo’lgan «asaldorligi» yoki asal ishlab chiqaruvchanligi sanab o’tilmadi. Mening fikrimcha asaldorlikni olingan naslning farqli belgilariga kiritish notug’ri bo’lib, har bir nasl turli sharoitlarda turlicha xususiyatlarni namoyon etadi. Shuning uchun nasl tanlaganda nafaqat yuqorida sanab o’tilgan farqlarni, balki iqlib sharoitini ham hisobga olish zarur. Birinchidan o’z iqlimingizni tanlangan asalarini nasli moslashgan iqlim bilan solishtirish kerak. Agar tanlangan nasl janubiy- qishi qisqaroq davom etadigan iqlimga moslashgan bo’lsa shimoliy hududda undan voz kechgan maqul. Sababi ushbu nasldagi asalrilarning ichaklari ko’p miqdordagi fekal massani uzoq ushlab turishga moslashmagan. MDH hududida tarqalgan asalari nasllariga nazar soladigan bo’sak asosan ikki tur yoki, ikki o’ziga xoslikka bo’lishimiz mumkin. Bu 6 oygacha bo’lgan qattiq qishga chidamli o’rtarus asalarisi va qish davomida ham vaqti-vaqti bilan uchishga odatlangan, erta bahordan yosh arilarni voyaga yetkaza boshlaydigan kulrang tog’ kavkaz asalarisidir. Ma’lumki ikkinchi tur asalarilarga uzoq davom etadigan qish halokatli ta’sir etadi. Yuqorida aytib o’tilganidik har bir nasl va asal olinayotgan sharoit o’ziga hos. Asalarichilik bilan shug’illanganda «floroshunoslik» tushunchasi – yani, misol uchun asalarilarning o’rtarus turi faqat daladan nektar berish davri qisqa lekin ko’p bo’lgan qaysidir bir o’simlik bilan ishlashadi va toki shu o’simlik nektari kelishi tuxtaguncha uchishadi, yoki kavkaz asalarilarn turli hil o’simliklar va asosiy nektarga boy o’simlik bilan bir vaqtda ishlashadi. Albatta bu sohada Kavkaz asalarisi ancha ustunlikka ega. O’rta rus asalarisining barqaror froloshunosligini hisobga olib undan yuqori darajali monoflor asal olishda foidalanish mumkin. Chunki olingan asalda turli hil o’simlik nektarlarining aralashuvi darajasi boshqa tur asalarilarga qaraganda kam miqdorda bo’ladi. Asalarilarning jahildorligi turlariga qarab farq qiladi. Agar asalarichiga tinch va osoyishta ishlash maqul kelsa unda tinchliksevar ari turini tanlagan afzal. Aksincha himoyaga tayyor bo’lib g’azabdor asalarilarni tanlaganda qo’ni-qo’shnilarning ham fikrini bilgan maqsadga muvofiq bo’ladi. Royga moyillik turli nasl turlarida turlicha kuzatiladi. Ko’pchilikning fikricha eng royga moyil o’rtarus asalarisini nasl tanlanishi va moslashish davri mobaynida bu zararli odatdan halos etish mumkin. Kasallikarga chidamliligi – asalarilarnig eng foydali bo’lgan nasliy sifat belgilaridan biridir. Bu sifatga ega o’rta rus asalarisi chirish kasalliklari, pad asalidan zaharlanish, askoferoz va boshqa kasalliklarga chidamliligi bilan boshqa nasldagi asalarilar oldida eng yuqori o’rinda turada. Asalarilar haqida qadimgi Misrliklar ham bilishgan. Ular asalari qutilarini kemalarga solib, gullar ko‘p joylarga eltishgan. Qadimgi Misrliklar asalarichilik bilan shug‘ullanganligini fir’avnlar qabrlaridan topilgan asal solingan idishlar tasdiqdaydi. Qadimgi yozmalarga ko‘ra Ra hudosining (Quyosh hudosi) ko‘z yosh tomchilari yerga tushganida asalarilarga aylanib qolgan ekan. Asal hudolar ichimligi hisoblangan. Shuning uchun asalari uyalarini ehromlarda asrashgan. Qadimgi misrlik zodagon ayollar asaldan pardoz vositasi sifatida foydalanishgan. Asalarilar gulshirasini jig‘ildonida olib kelishini, gulchangi to‘plashini Aristotel o‘rganib chiqqan. Birinchi bo‘lib Aristotel asalarilarni kuzatgan va erkak arilar xech qanday ish bajarmasligini aniqlab, ularni tekinho‘rlar deb atagan. Ari uyasidagi asalni erkak arilardan saqlash uchun, arixona eshikchasiga ishchi ari o‘ta oladigan, erkak ari esa o‘tolmaydigan to‘siqq qo‘yish taklifini kiritgan. XVIII asrda fransuz olimi Reomyur ikki oyna devorli arixona yasab, asalarilar hayotini kuzatgan va ona ari tuxum qo‘yishini, ishchi arilar maxsus oziqa bilan qurtchalarni tarbiya qilishini isbot qilgan. Reomyo‘rning zamondoshi shveysariyalik asalarichi Fransua Gyuber ona ari erkak ari bilan uyadan tashqarida juftlashishini ma’lum qilgan. Keyinchaliq ona arini sun’iy yo‘l bilan urug‘lantirish haqida taklif kiritgan. Birinchi bo‘lib Fransua Gyuber asalarilar mumni asal va gulchangidan ishlab chiqarishlarini aniqlagan. Qadim zamonda asal va mum savdo-sotiqda keng qo‘llanilgan. Asal va mum qarzga, foizga berilgan. Asalari oilalari va asalarichilik sirlari nasldan naslga meros sifatada qoldirilgan. 1814 yili P.I.Prokopovichning qismlarga ajraladigan ramkali uya ixtiro qilishi, asalarilarni nobud qilmay asal ajratib olish imkonini berdi. Keyinchalik P.I.Prokopovich sun’iy mumparda va asalajratkichlarni ixtiro qildi. O‘zbekistonga asalarilar birinchi marta 1872 yilda olib kelingan. Tashabbuskor asalarichilar tomonidan tashkil yyetilgan ko‘rgazmalar mahalliy aholi o‘rtasida asalarichilikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ta’sir etdi. Bu ko‘rgazmalarda asalarichilik usullari va asalarichilikdan olingan mahsulotlar targ‘ib qilindi. Keyinchalik asalarichilar maktabi ochildi, uni yuritish madaniyati oshirildi. Asalarilar ramkali yig‘ma uyalarga kochirildi, endi insonlar asalarilar hayotiga aralashib, ularga o‘z vaqtida zarur sharoit yarata oladigan bo‘ldi. 1926 yilga kelib O‘zbekistonda 1970 asalari oilasi asrab qolindi. 1930 yili O‘zbekiston Qishloq ho‘jaligi vazirligining qaramogida 20080, 1940 yili 37690, 1970 yili 71672 asalari oilasi asralgan. Bulardan tashqari, havaskor asalarichilarda 70000 dan ko‘proq asalari oilasi aniqlangan. 1980 yilga kelib, O‘zbekiston bo‘yicha 190000 asalari oilasi borligi aniqlangan. Manba: mirishkor.uz Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling