Isroil davlat o'qitish tizimi Reja


Download 22.95 Kb.
bet2/4
Sana02.02.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1147792
1   2   3   4
Bog'liq
Isroil davlat o\'qitish tizimi

Ta'limga munosabat
Isroildagi ta'lim tizimi boshqa Yevropa davlatlari bilan solishtirganda katta farq qilmaydi – ko‘p davlatlardagi kabi boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta'lim. Lekin xalq va davlatning ta'limga bo‘lgan munosabatini odatiy deb atash biroz noto‘g‘ri. Buni «kvartet munosabat» deb ham nomlash mumkin: davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, o‘qituvchi kuchli ishtiyoq bilan bilim beradi, ota-ona bola muntazam band bo‘lishida bosh-qosh. Natijada o‘quvchi maqsad sari intilib ta'lim oladi.
Asosiy e'tiborni oliy ta'lim tizimiga qaratamiz. Isroil universitetlarining diplomi nufuzli hisoblanib, Yevropa va Amerikada qadrlanadi. Mamlakatda ham bakalavr diplomiga ega bitiruvchilar ish topishda deyarli muammoga duch kelmaydilar – oliy ma'lumotlilarning 95 foizi ish bilan ta'minlanadi. Texnologiya va muhandislik sohasidagi mutaxassislarning ayniqsa bozori chaqqon: ular ish izlab yurishlari shart emas, ish beruvchilarning o‘zlari kadrlar uchun kurash olib borishadi.
O‘ziga xos jihatlari
Isroilda, Yevropadan farqli o‘laroq, 18 yoshga qadar oliygohga o‘qishga kirishning iloji yo‘q. Deyarli barcha talabalar universitetga qadar harbiy xizmatni o‘taydi. Odatda xizmat qizlar uchun 2 yil, o‘g‘il bolalar uchun 3 yilni tashkil etadi. Bu ta'limda juda muhim omil sanaladi.
Kirish imtihonlarida xorijiy til bo‘yicha testlarda yuqori ball to‘plagan talabalar o‘qish mobaynida o‘sha fan ma'ruzalaridan ozod etilishi mumkin.
Ibroniy tilini bilish oliygohda ta'lim olayotgan barcha mahalliy talabalar uchun majburiy hisoblanadi.
Isroilda talabalar MDH davlatlaridagi kabi semestrlar yakunida fanlarni yopish uchun o‘qishmaydi – ular o‘zlari tanlagan sohalari bo‘yicha o‘qish paytidanoq ilmiy izlanishlar olib borishadi, aksariyati o‘z startap loyihasini yo‘lga qo‘yish uchun davlat tomonidan moddiy rag‘bat olishadi. Shu tariqa, nazariy va amaliy bilimlar bir nuqtada uyg‘unlashadi.
Universitetda nomutaxassislik fanlari o‘rgatiladimi?
Ta'lim oluvchilar nafaqat oliygohlarda, balki maktab davridan boshlab o‘zlari xohlagan fanlarni tanlab o‘rganishlari mumkin. Universitetlarda birinchi o‘quv yilidanoq asosiy e'tibor mutaxassislik fanlariga qaratiladi, ya'ni, majburiy ravishda o‘qitiladigan nomutaxassislik fanlari talabalar vaqtini o‘g‘irlamaydi. Umumiy bilimlar o‘rniga sohaning tor doirasidagi fanlar chuqur o‘rganiladi.

Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling