Shunday qilib, shaxsning jinoiy xatti-harakati muayyan jinoiy ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi xususiyatlari tizimi orqali hosil bo’ladi:
shaxsning jinoyatga berilganlik darajasi;
asosan jinoiy harakatlari qaratilgan obyekti;
jinoiy motivlarining ustunligi;
g) jinoyat sodir etishning barqaror, yaxshi ishlangan usullari;
ruhiy o’zini boshqarishning umumiy nuqsonlari (anomaliyalari).
Jinoiylashuvning ushbu barcha tarkibiy qismlari, garchi kelib chiqishi
turlicha bo’lsa-da, o’zaro bog’liqdir. Individning jinoiy harakatlari uchun asosiy turtki vazifasini umumijtimoiy (makromuhit) va mikromuhitdagi sharoitlar bajaradi. Mikromuhit sharoitlari orasida esa shaxsning jamiyatda tarbiya olayotgan dastlabki davrlaridagi jinoyatchilar muhiti, jinoiy submadaniyat eng katta ahamiyatga ega. Jinoyatchining jinoiy muhitga, jinoiy submadaniyatga «mosligi» ham uning muhim tipologik xususiyatlaridan biridir.
Jinoiy submadaniyat nafaqat jinoyatchilarning jinoiy jipsligi omili, balki jinoiy tajribani yangi avlodlarga berish, salbiy ijtimoiylashuv vositasi hamdir.
Yengish qiyin bo’lgan jinoiy submadaniyatning ijtimoiy xavfi jinoyatchilar muhitining jipsligida, jinoiy romantika muhitining yaratilishida bo’lib, u yoshlarning ijtimoiy beqaror qismini o’ziga tortadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, jinoiy yo’nalganlik ijtimoiy boshqaruv va ijtimoiy nazoratdagi kamchiliklar, jinoiy tajovuz obyektlarining ko’payishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi jiddiy nuqsonlar, hokimiyat tepasidagi amaldorlarning korrupsiyaga berilganligi, umumijtimoiy va huquqiy ijtimoiylashuvning kamchiliklari bilan bog’liq. Barcha jinoiy tiplar jinoyatchilarning asosan uchta «klassik» tipi – zo’ravonlik bilan, g’arazli niyatda hamda g’araz va zo’ravonlik bilan jinoyat sodir etadigan shaxslar tiplariga mos tushadi. Ularda jinoyatchi shaxsining jinoiy qadriyatlari va axloqiy xususiyatlari birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |