Kurs ishining predmeti: Jinoyatchi shaxsining psixologuk xususiyatlari.
Kurs ishining obyekti. Jinoyatchi shaxsiga aloqador adabiyotlarni ko’rib chiqish.
Kurs ishining vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish;
tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash;
jinoyatchining ijtimoiy-psixologik qiyofasini yoritib berish;
zarur ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga mo’ljallangan o’yin mashqlari ishlab chiqish;
zarur kasbiy va ijtimoiy malakalarni egallashda jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalash metodlarini qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Kurs ishining metodlari. Kontent analiz
Kurs ishining nazariy ahamiyati.
Tadqiqot ishida jinoyatchining ijtimoiy psixologik xususiyatlari muammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar yuzasidan to’plangan materiallar yuridik psixologiya, umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostik, psixokorreksiya, sosial trening va amaliyot
sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Ishda jinoyatchi shaxs tipologiyasi, belgilari bo’yicha metodikalar va yaratilgan usullar tizimi amaliy psixologlarning jinoyatga moyilligi mavjud shaxsda zarur ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish bo’yicha faoliyatlariga tadbiq etilishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob olti paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo’llanilgan metodikalar, yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
I-BOB . Jinoyatchi shaxsi psixologiyasini o’rganishning nazariy axamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |