Issiq va yaxna ichimliklarning ovqatlanishdagi ahamiyati, tayyorlash jarayoni, sifatiga qo‘yiladigan talablar. Kirish


Download 111 Kb.
bet4/6
Sana29.09.2023
Hajmi111 Kb.
#1690035
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ISSIQ VA YAXNA ICHIMLIKLARNING OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI, TAYYORLASH JARAYONI, SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

3 Tamaddi taomlar turlari
ʻMastavaʻʻ (fors, most — qatiq va ob — suv) — suyuq taom. Aslida . suzma, qatiqdan olingan zardobga guruch solib qaynatib tayyorlangan. Hozir . sabzi, piyoz, guruch va boshqa masalliqlardan tayyorlanadi. Masalligʻi va tayyorlash usuliga koʻra, qaynatma , qovurma, olchali , qiymali , xoʻrda . (guruch oʻrniga oqshoq solinadi) kabi turlari bor. asosiy turi qoʻy goʻshti qiymasidan qaynatma usulida tayyorlanadi: piyoz, murch aralashtirilgan qiymali kichik kiftalar yasaladi. Qozonda kertilgan goʻshtdan ajratilgan suyak qaynatiladi, pishgach, suyaklar suzib olinib, shoʻrvasiga guruch va dumaloklangan kiftalar solib mildiratib qaynatiladi. Piyoz, pomidor, kubik shaklida mayda qilib toʻgʻralgan sabzi, kartoshka yoki sholgom solsa ham boʻladi. kosalarga suziladi, kashnich va murch sepib dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq beriladi.
1.Go’shtni mayda qilib, sabzi va kartoshkani mayda kubcha qilib, piyoz va pomidorni halqasimon qilib to’g’raladi.
2.Qozonga o’simlik yog’i solinib dog’lanadi, so’ngra yog’da qizarguncha go’sht qovuriladi.
3.Piyoz bilan pomidorni solib qovurishni davom ettiriladi.
4.Pomidor ezilgach, sabzi va kartoshkani solib qovuriladi, sabzi yumshaganidan keyin suv quyiladi.
5.Sho’rvasi yaxshi pishganda tuzini rostlab, yuvilgan guruch solinadi va u ezilmasdan oldin olovni o’chiriladi.
6.Pishgan mastavani 5-6 daqiqa «dam edirib» kosalarga suzib, dasturxonga tortiladi.
7.Dasturxonga tortishda yuziga to’g’ralgan ko’katlar, bir osh qoshiq qatiq, ustiga murch sepiladi. Qatiq va murchni alohida berish ham mumkin.
Masalliqlar: Mol go'shti - 300 gr, kartoshka - 1-2 dona, sabzi - 1-2 dona, piyoz - 1-2 dona, pomidor - 1-2 dona, kungaboqar yog'i - 100-150 gr, bulg'or qalampir - 1-2 dona, guruch - 100 gr, tuz - ta'bga ko'ra, ko'kat - ta'bga ko'ra, ziravor - ta'bga ko'r
Tayyorlash usuli: Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidantayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin
Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.
Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.



Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling