Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik
-§. Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar
Download 2.62 Mb.
|
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI
9.3-§. Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar
Bunday issiqlik almashish qurilmalari yuqori samarali texnologik uskunalar qatoriga kiradi. Issiqlik tashuvchi agentlarning to'g'ridan-to'g'ri kontakti asosida issiqlik almashinish yuz beradi, bunda qurilma devorining termik qarshiligi bo'lmaydi. Shu sababdan aralashtiruvchi qurilma- larda issiqlik almashish jara-yonlari jadal sur'atlar bilan boradi. Ushbu issiqlik almashgich-lardan texnologik shart-sharoit bo'yicha issiqlik tashuvchi mu-hitlami aralashtirish zarur bo'l-gan holatlarda foydalaniladi. Ko'pincha aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar suv bug'i-ni kondensatsiya qilish, suv va gazlarni (odatda havoni) isitish va sovitish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalar tuzilishiga ko'ra bir necha turga bo'lina-di: barbotajli, tokchali, nasad-kali, ichi bo'sh (suyuqlikni so-chib beradigan). Bug'yoki gaining suyuq holatga о 'tish jarayoni kondensatsiya deyiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida kondensatsiya jarayoni keng tarqalgan. Masa-lan, bug'lanish qurilmalarida vakuum hosil qilish uchun, bug'ning kondensatsiyalanish issiqligidan foydalanib uskuna-larni isitish uchun, har xil siqi- lish haroratli komponentlardan tashkil topgan aralashmalar-ni ajratish uchun kondensatsiya jarayonidan foydalaniladi. Kondensasiya jarayoni olib boriladigan qurilmalar konden-satorlar deyiladi. Sovituvchi agent vazifasini ko'pincha suv, ayrim hollarda havo va boshqa sovuq tashuvchi agentlar baja-radi. Kondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo'ladi. Yuzali kondensatorlarda kondensatsiyalanayotgan bug' va sovituvchi suv o'zaro issiqlik o'tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo'ladi. Aralashtiruvchi kondensatorlarda esa bug' suv bilan to'g'ridan-to'g'ri aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. Bug' va suvning o'zaro harakatiga ko'ra aralashtiruvchi kondensatorlar qarama-qarshi va to'g'ri yo'nalishli bo'ladi. 9.16-rasmda to'g'ri yo'nalishli aralashtiruvchi kondensator ko'rsatilgan. Kondensator qobig'i (1) ga qopqoq (2) dagi pat-rubka (3) orqali kondensatsiyalanishi lozim bo'lgan bug' ki-ritiladi. Sovituvchi suv soplo (4) orqali sochib beradi. Isitil-gan suv kondensat va havo bilan birgalikda patrubka (5) orqali nam-havo nasosi (6) yordamida tashqariga chiqariladi. 9.17-rasmda qarama-qarshi yo'nalishli barometrik kondensator ko'rsatilgan. Qobiqda 5-7 ta tokchalar bo'lib, ularda bug' va suv o'zaro kontaktga uchraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin bo'lib, tokchalar chekkasi-dagi to'siqlar yordamida ushlab turi-ladi. Tokchalarning yuzasi yaxlit yoki g'alvirsimon bo'ladi. Ko'pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug' pastki tok-chaning tagiga beriladi va yuqoriga qarab harakat qiladi. Bug' tokchalar orasida suv bilan aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. Tokchalar o'rtasidagi masofa pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, chunki bug'ning miqdori ham yuqoriga ko'tarilgan sari kamayadi. Kondensatorga bug' va 9.17-rasm. Qarama-qarshi yo'nalishli barometrik kondensator: 1 — kondensator; 2 — tomchi ushlagich; 3 — tokchalar; 4 — barometrik quvur; 5 — barometrik idish. sovituvchi suv bilan birga birmuncha havo ham kirishi mumkin. Havo kondensatorning yuqorigi qismidan tomchi ushla-gich orqali so'rib olinadi. Tomchi ushlagichda havodan suv tomchilari ajratiladi; ajralgan suv tomchilari barometrik quvurga tushadi. Barometrik quvurda kondensatordagi vakuumning qiymatiga to'g'ri keladigan suv ustuni ushlab turiladi. Barometrik quvur tashqaridagi havoning qurilmaga kirmasligiga to'sqinlik qilib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi. Kondensat va suv barometrik idishga tushadi, so'ngra tashqariga chiqarib yuboriladi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling