Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari reja Umumiy tushunchalar Issiqlik o'tkazuvchanlik


-§. Regenerate issiqlik almashgichlar


Download 2.62 Mb.
bet20/20
Sana05.09.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1673074
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI

9.4-§. Regenerate issiqlik almashgichlar
Bunday qurilmalar birorta issiqlik tashuvchini oldin bo-shqa issiqlik tashuvchi ta'sirida isitilgan qattiq jism bilan
navbatma-navbat kontakt qilishiga asoslangan. Qattiq jism (nasadka) qo'zg'almas va harakatlanuvchi ho-latda bo'lib, davriy ravishda issiqlik tashuvchilar ta'sirida isiydi yoki so-viydi. Nasadka sifatida o'tga chi-damli g'ishtlar, metall plastinalari va sharlar, alyuminiy folgasi va boshqa materiallar ishlatiladi.
Qo'zg'almas nasadkali regenera­te issiqlik almashgichning shakli 9.18-rasmda ko'rsatilgan. Issiqlik ta­shuvchilar kiradigan yo'nalishdagi (3) va (4) klapanlarning shaklda ko'rsatilgan holatida, o'ng kamera (2) ga qizdirilgan issiqlik tashuvchi (P) yuboriladi va nasadkaning qizi-shi yuz beradi; shu paytning o'zida chap kamera (1) ga sovuq issiqlik tashuvchi (I) yuboriladi, bunda uning avval qizdirilgan nasadka ta'sirida isitish yuz beradi. Ma'lum vaqt o'tgandan so'ng klapanlar qarama-qarshi tomonga o'zgartiriladi,
b unda issiqlik almashinish teskari yo'nalishda boradi. Issiqlik tashuvchi agentlar yo'nalishidagi klapanlar holatining o'zga-rishi avtomatik ravishda bajariladi.
Regenerativ issiqlik almashgichlarning bir qator kamchi-liklari bor: qo'shimcha chang tozalaydigan qurilmalarni o'rna-tish talab qilinadi; gazlarni isitadigan va sovitadigan kamera-larning qismlari emirilishga uchraydi.
NAZORAT SAVOLLARI VA TOPSHIRIQLARI

  1. Qanday issiqlik almashish qurilmalari mavjud?

  1. Yuzali issiqlik almashgichlarning qanaqa konstruksiyalarini bilasiz? Ularni qo'llash chegaralari va ishlash tamoyillarini tushuntiring.

  2. Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar qanday holatda qo'llani-ladi? Ularni tasniflang va ishlash tamoyillarini tushuntirib bering.

4. Regenerativ issiqlik almashgichlarning qanaqa afzallik va kamchiliklari mavjud?
10-bob. BUG'LATISH
Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling