Issiqlik almashinuv apparatlari xaqida umumiy ma’lumotlar
Download 32,88 Kb.
|
IMA jarayonlari
dQ=-m1Cp1dt′=m2Cp2dt″
IAA larining issiqlik balansi odatda quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi: Q1+Q2+Q3=QIS yoki q1+q2+q3=100% Bu yerda Qxis–qaynoq issiqlik tashuvchi atrof muhit temperaturasigacha sovutilganda u berishi mumkin bo‘lgan issiqlik mikdori; Q1 – sovuq suyuqlikni isitish uchun sarflangan issiqlik mikdori; Q2 –IAA dan chikayotgan qaynoq suyuqlik bilan issiqlik isrofi; Q3 – atrof muhitga issiqlikni isrof bulishi. Plastinkali issiqlik almashtirgichlar. a – plastinkali havo isitgich; b – suyuq muhitlarga ishlov berish uchun qismlarga ajraladigan plastinkali issiqlik almashtirgich; v – gofrilangan plastinkalar; g – plastinkalar o‘rtasidagi kanallarning profillari; I,II –issiqlik eltuvchining kirishi va chiqishi. Issiqlik almashtirgichlar qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan qilib ishlanadi. Ajraladigan apparatlarda kanallarning germetizatsiyasi sintetik kauchukdan tayyorlangan prokladkalar yordamida ta’minlanadi. Ularni yuzalarni har ikkala tomondan tozalashga zarurat bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ular 20 dan 140 —150°S gacha bo‘lgan temperatura va 2—2,5 MPa bosimga bardosh bera oladi. Qasmlarga ajralmaydigan, plastinkali issiqlik almashtirgichlar payvandlash yo‘li bilan tayyorlanadi. 400 °S gacha bo‘lgan temperaturalar va 3 MPa gacha bo‘lgan bosimda ishlay oladi. Juft qilib payvandlangan plastinkalardan yarim ajraladigan issiqlik almashtirgichlar tayyorlanadi. Bu tipdagi apparatlarga bir nechta payvandlangan plastinkalardan hosil qilingan bloklardan yig‘iladigan blokli apparatlar kiradi. Plastinkali issiqlik almashinish apparatlari suyuqliklarni sovutish va isitishda, sof bug‘lar va bug‘-gaz aralashmalarining bug‘larini kondensatsiyalashda, shuningdek bug‘latish apparatlarining isituvchi kameralari sifatida qo‘llaniladi. Download 32,88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling