Buxgalteriya xisobotini yuritish bo‘limi
|
Yetakchi buxgalter
|
Oliy kasbiy
|
1
|
2 753 290
|
Yetakchi buxgalter lavozimiga oliy iqtisodiy ma’lumotga ega va kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartini bilishi;
- Rus tili va ingiliz tillarini bilishi;
- buxgalteriya sohalarida operatsiyalarni qayta ishlash va ish oqimini tashkil etish tartibini bilishi;
- moliyaviy hisob-kitoblarning shakllari va tartibini bilishi;
- pul, inventarizatsiya va boshqa qiymatlarni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va sarflash tartibini bilishi;
- qarzdorlar va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tartibini bilishi;
- kamomadlar, debitorlik qarzlar va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya balansidan chiqarish tartibini bilishi;
- buxgalteriya balanslari va hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini bilishi;
- auditorlik tekshiruvi va hujjatli tekshiruv qoidalarini bilishi kerak.
|
Soliqlar hisobini yuritish bo‘limi
|
|
Bosh mutaxassis
|
Oliy kasbiy
|
1
|
2 937 010
|
Bosh mutaxassis lavozimiga oliy iqtisodiy (moliyaviy) ma’lumotga ega va soliq organlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi;
- buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik va normativ hujjatlarni bilishi;
- Rus tili va ingiliz tillarini bilishi;
- jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, buxgalteriyada soliq hisobi, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash masalalari bo‘yicha ichki buyruqlar, ko‘rsatmalar, uslubiy va normativ hujjatlarni tuzish tartibini bilishi;
- soliq hisobotlarini tayyorlash tartibini bilishi;
- buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasida hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bilishi kerak.
|
|
Yetakchi buxgalter
|
Oliy kasbiy
|
1
|
2 753 290
|
Yetakchi buxgalter lavozimiga oliy iqtisodiy (moliyaviy) ma’lumotga ega buxgalter yoki soliq organlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis;
- buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik va normativ hujjatlarni bilishi;
- Rus tili va ingiliz tillarini bilishi;
- aksiyadorlik jamiyatining hisobga olish siyosatini bilishi;
- aksiyadorlik jamiyati foydalanadigan kompyuter dasturlarini hisobga olish tizimlarini bilishi;
- soliq hisobotlarini tayyorlash;
- buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasida hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |