Mavzu: Bug’- gaz turbinalarini o’rganish.
Reja:
1. Bug’ turbinasining tasnifi vs tuzilishi.
2. Bug’ turbinasining ishlash tartibi va unda kechadigan
termodinamik jarayonlar.
3. Bug’ turbinasidagi isroflar.
4. Bug’ turbinasining quvvati va F.I.K.
5. Gaz turbinasining tasnifi, tuzilishi va ishlash tartibi.
6. Issiqlik P=CONSTda uzatiladigan gaz turbinasi qurilmasi.
BUG’ TURBINASINING TASNIFI VA TUZILISHI.
Bug’ning issiqlik energiyasini bosqichma-bosqich mexanik
energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi bug’ turbinasi
deyiladi. Hosil qilingan energiya boshqa turdagi energiyaga yoki
mexanik energiyaga (ishga) aylantiriladi.Bug’ turbinasida bug’
energiyasining mexanikaviy ishga
aylantirish jarayoni ikki
bosqichda amalga oshiriladi:
1) bug’ning potentsial energiyasini
kinetik energiyaga
aylantirish;
2)
olingan
kinetik
energiyani
turbinaning
mexanikaviy ishiga aylantirish.
Turbinaning bug’ oqib o’tish qismi ikkita asosiy qismdan:
birinchi qismi - soklo apparati 1,
ikkinchi qismi- turbinaning
vali 4 ga o’rnatilgan disk 3 dan tashkil topgan.
Diskning
aylanasi bo’ylab ish parraklari 2 mahkamlanagan,
ular kanallar
hosil qiladi, (1.1 -rasm)