Issiqlik energetikasi
Qarshilik termometrlarining to‟zilishi
Download 336.76 Kb.
|
1-маърўза Кириш-fayllar.org
8.2. Qarshilik termometrlarining to‟zilishi
Qarshilik termometrlari termoelement va tashqi himoya armaturadan tuzilgan. Metall qarshilik termometrlarining sezgir elementi, odatda, shisha, kvars, keramika, smola yoki plastmassadan qilingan karkasga o‟ralgan sim yoki lentadan iborat. Sezgir element termometr o‟zining qisqichlariga o‟lchov asbobiga boradigan simlar ulangan. Mis qarshilik termometrlarining sezgir elementi 0,1 mm diametrli karkasga bir necha qavat o‟ralgan, izolyatsiya qilingan mis simlardan tashkil topgan. Sim qavatlari uzaro va karkas laki bilan maxkamlanadi. Simning ikkala uchga 1 – 1,5 mm diametrli mis quloqchalar kavsharlanadi. Sezgir element himoya qobig‟iga joylashtiriladi. Karkasliklardan tashqari bu termometrlarning karkassiz sezgir elementlari ham chiqariladi. Sezgir element 1 izolyatsiya qilingan 0,08 mm diametrli simdan induktivliksiz karkassiz uramga ega bo‟lgan holda yasaladi (8.1-rasm). 51
ftorpastli plyonka 2 bilan qoplanadi. Sezgir element yupqa devorli himoya metal qobiqqa joylashtiriladi, unga keramik kukun sepiladi va germetizatsiyalanadi. Sim uchlari 3 quloqchalarga kavsharlanadi, ular termometr uchi qisqichlariga ulanadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan qarshilik termometrlarining turlari, asosiy parametrlari va o‟lchamlari GOST 6651-78 bilan reglamentlashtiriladi. Qarshilik termometrlarining to‟zilish varianti 8.2-rasmda keltirilgan. Qarshilik termometrlarining sim 1 dan qilingan sezgir elementi turt kanalli keramik karkas 2 ga joylashtirilgan. Sezgir element himoya qobig‟i 3 га joylashtirilgan va u keramik vtulka 4 bilan zichlashtirilgan. Sezgir elementning quloqchalari 5 izolyatsion keramik truba 6 orqali utadi. Shularning hammasi o‟lchash ob„ektida rezbali shtutser 8 yordamida o‟rnatilgan himoya g‟ilofi 7 da joylashgan. Termometr ulaydigan uch 9, simlarni ulash vinti 11 lar himoya g‟ilofi ichida joylashgan. 8.2-rasm, a da sterjenli termorezistor ko‟rsatilgan. U quloqchalar 3 kavsharlangan kontaktli qalpoqchalar 2 ga ega bo‟lgan silindr 1 dan tashkil topgan. Silindr emal buyoq bilan qoplangan, uning yuqori qismida shisha izolyator 6 bor. Munchoqli termorezistorlarning (8.3-rasm, b) yarim o‟tkazgich elementi 1 diametri 0,5 mmli shisha qobiq 4 bilan himoya qilingan sharcha shakliga ega. Sharchaga 0,05 mm diametrli platina simdan qilingan va nikelli quloqchalar 3 bilan ulangan elektrodlar 2 joylashgan. Past haroratlarni o‟lchash uchun muljallangan germaniyli termometrlar mis gilzadan (8.3-rasm, v) iborat bo‟lib, gazsimon geliy bilan to‟ldirilgan va germetik tiqin 2 bilan yopilgan. Gilza ichida surma bilan legirlangan germaniy 3 ning monokristali joylashgan. Kristall 4 ga oltin o‟tkazgich yopishtirilgan bo‟lib, ularga 52
Bunday termometrlar 1,5 dan 50 K gacha haroratlarni o‟lchashda qo‟llaniladi. Download 336.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling