Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish usullari elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemalari


Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning prinsipial sxemalari


Download 30.62 Kb.
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1784801
1   2
Bog'liq
Mavzu2

Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning prinsipial sxemalari.
Organik yoqilg‘ini yoqish yo‘li bilan issiqlik energiyasi olishning
2 asosiy sxemasi ma’lum:
1. Faqat issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sxemasi.
2. Issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemasi. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bunda issiqlik tashuvchi suv yoki suv bug‘i bo‘lishi mumkin.
Uskunaning asosiy elementi yoqilg‘i yondirilayotgan, bug‘ yoki suv qizdirib beruvchi uskunadir. Yoqilg‘i yonish natijasida hosil bo‘lgan yuqori haroratli yonish mahsulotlari o‘z issiqligini uskunaning issiqlik almashuvchi qismiga beradi; uskunadagi jarayonning asosiy vazifasi-suvni bug‘ga aylantirish yoki uni berilgan haroratgacha kizdirish.
Uskuna, o‘txona yoki radiatsion kism 2 va konvektiv 3 dan iborat. O‘txonada havo bilan yoqilg‘i aralashmasi yonishi natijasida, yuqori haroratga ega yonish mahsulotlari vujudga keladi va bu muxsulotlarga ega bo‘lgan energiya uskunaning bug‘lantirish yuzasiga radiatsiya orqali uzatiladi. Yoqilg‘i kamerada yokilganda havo va yoqilg‘i o‘tqich 4 orqali o‘txonaga beriladi.
O‘txonada 2 qisman sovigan yonish mahsulotlari tutun so‘rgich 11 ta’sirida konvektiv qism 3 ga so‘riladi. So‘ngra u kul tutkich tizimlarida kul zarrachalaridan tozalanib o‘tadi va muri 12 orqali atrof muhitga chiqariladi.
Sho‘x (nakip) hosil qiluvchi tuzlardan tozalangan suv ekonomayzer 8 da kizdiriladi va uskunaning bug‘ hosil kiluvchi konturi 14 ga beriladi. Bu kontur quvurlarnining yuqorigi qismi uskunaning yuqorigi barabani 5 ga, pastki qismi esa kollektorlar 23 ga yoki pastki barabanga ulanadi. Bug‘ hosil kiluvchi konturda suv qizishi natijasida, bug‘ va suv aralashmasi hosil bo‘ladi va u suvning tabiiy sirkulyatsiyasi natijasida kontur bo‘ylab baraban 5 ga ko‘tariladi. U yerda bug‘ va suv aralashmasi suv va bug‘ga ajraladi.
To‘yinish haroratidan yuqori haroratga ega bo‘lgan bug‘, bug‘ qizdirgich 7 ga yuborilib, undan iste’molchiga jo‘natiladi. Uskunaning konvektiv qismida bug‘ qizdirgich 7 va ekonomazer 8 dan tashqari, konvektiv qizdirish yuzalari va havo qizdirgich joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Havo qizdirgich uskuna o‘txonasidagi harorat darajasini ko‘tarish va yonish jarayonini yaxshilash maqsadida va yanada axamiyatlirog‘i atmosferaga chiqayotgan yonish mahsulotlari haroratini pasaytirish, o‘tkichga berilayotgan havoni kizdirish uchun o‘rnatiladi. Yonish mahsulotlaridan uskunaning issiqlik qabul qiluvchi yuzalariga berilayotgan issiqlik miqdori qancha katta bo‘lsa, yoqilg‘ining kimyoviy energiyasidan foydalanish samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.

Soatiga 100 tonnadan ortik bug‘ ishlab chiqaruvchi uskunalarda samaradorlik 90-93% ni, soatiga 20 tonna bug‘ ishlab chiqaruvchi uskunalarda samaradorlik 60-80% ni tashkil etadi.Energiya resurslari — issiqlik energiyasi, elektroenergiya va tabiiy gaz qiymati kommunal xizmatlar tannarxining asosiy qismini tashkil etadi. Respublikamizda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasining qiymati umumiy kommunal xizmatlari qiymatining 35-40 foizini tashkil etmoqda.


Issiqlik energiyasi ta’minotida issiqlik ta’minoti tizimini yuqori sifatli qilib loyihalashtirish, qurish va ishlatish orqali ishlab chiqarish xarajatlari va yoqilg‘ini maksimal darajada tejashga erishish mumkin. Ammo hozirgi kunda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari tizimning texnik iqtisodiy asoslari va loyiha quwatida belgilangan ko‘rsatgichga nisbatan 25-30 % ga ko‘p sarflanmoqda.
Tizimda me’yordan ortiq sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yilishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: — qozonxonalarning foydalilik koeffitsentining belgilanganidan past ko‘rsatkichlarda ishlatilmoqda. Bunga asosan tarmoqda eski
texnologiyalar asosida, sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, yoqilg‘i iste’mol qilish darajasi yuqori bo‘lgan qozonxona uskunalaridan foydalanilayotganligi, ularning eskirish darajasi yuqoriligi va texnik nuqsonlar mavjudligi sabab bo'lmoqda; — quvur va uzatish jihozlarini himoya qobig‘i (izolyatsiya) bilan qoplash ishlarining sifatsiz bajarilganligi va texnologik xatolarga yo‘l qo‘yilganligi sababli uzatish tarmoqlarida issiqlik energiyasini me’yorga nisbatan ko‘p yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilishi; — isitish tizimida uylarni bir maromda issiqlik bilan ta’minlash balansining buzilishi. Binolarda isitish tizimini kapital va joriy ta’mirlash jarayonlarida loyihada belgilangan quwatini ta’minlovchi o‘tkazgich va jihozlarni kattaroqlariga almashtirish; — issiq suvdan tejamkorlik bilan foydalanmaslik. Issiq suv haroratining me’yorga nisbatan pastligi, uzatish tizimlarining yetarli darajada issiqlikni chiqarmaydigan himoya qobig‘i bilan qoplanmaganligi sababli uzatish tizimidagi suvning sovib qolishi va iste’molchilarning issiq suvdan foydalanishda suvni yetarli haroratga yetgunga qadar oqizib qo‘yishlari.
— binolar devorlari hamda jihozlarining (deraza romlari, eshiklar) eskirishi tufayli issiqlikni ushlab qolish qobiliyatining pasayishi;
— shamollatish jihozlarining eskirishi oqibatida xonaga kiruvchi sovuq havoni isitish uchun me’yordan ortiqcha energiya sarflash;
— turaijoy hududida faoliyat ko‘rsatayotgan isitish tizimiga yangi qurilgan binolarni ulanishi, tizimning loyiha quwatidan ortiqcha iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishi va boshqalar. O’tgan asrning 90-yillariga qadar markazlashgan qozonxona orqali binolarni isitish tizimi eng samarali texnologiya hisoblangan.
Bu tizimning samarali tomonlari: ishlab chiqarilgan issiqlik tannarxining arzonligi, har xil turdagi va turli sifat ko'rsatkichiga ega bo‘lgan yoqilg‘ilardan foydalanishga moslashganligi, yoqilg‘ini markazlashgan holda bir manzilga yetkazib berilishi, ishlab chiqarish va omborxona binolari hajmining chegaralanganligi, ishchixodimlar sonining kamligi, yong‘in xavfsizligi -choralarining yuqoriligi hisoblangan. Ammo markazlashgan qozonxona tizimining o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ularni hisobga olmaslikning iloji yo‘q. Bunday kamchiliklar qatoriga issiqlik ta’minoti tizimining katta hududni qamrab olishi va o‘nlab kilometr uzunlikdagi issiqlik trassalarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarining yuqoriligi, issiq suv uzatish tizimida to‘rt yoiakli (isitish tizimi uchun issiqlik uzatuvchi, iste’molchilarga issiq suv uzatuvchi va ulardan qozonxonalarga qaytuvchi) quvurlardan foydalanishda ko‘p sonli nasoslardan foydalangan holda katta bosim ostida uzatish, texnik nazorat qilish, uzluksiz faoliyatini ta’minlash va ta’mirlash xarajatlarining kattaligi issiqlik quwati tannarxining oshib ketishiga olib keladi.
Hozirgi kun amaliyoti katta hajmli qozonxonalardan foydalanish har doim ham samarali emasligini ko‘rsatmoqda. Barcha sohalar kabi issiqlik ta’minotida ham zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, uzoq masofada joylashgan turaijoylarni isitishda lokal tarmoqlardan faydalanish katta samara bermoqda. So‘nggi yillarda shaharlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tegishli bir yoki bir nechta turaijoy binolari uchun alohida kichik qozonxonalardan foydalanish amaliyotga qo‘llanilmoqda. Albatta, bunday lokal isitish tizimiga o‘tishdan oldin texnik-iqtisodiy imkoniyatlarni tahlil qilib ko‘rish va real iqtisodiy samara berishiga ishonch hosil qilish lozim. Maxsus muhandislik -loyihalash xizmati tomonidan tahlil qilinmagan isitish tizimi doimo yuqori iqtisodiy samara beradi degan xulosaga kelish qiyin. Birinchidan, lokal tarmoq asosan gaz va elektr energiyasi quwatida ishlaydi. Shahar hududidagi barcha turarjoylarda bunday yoqilg‘i tarmog‘i mavjud emas, ikkinchidan, turaijoy binosining joylashgan hududidan kelib chiqib havoga chiqariladigan tutunlar ekologiyaga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Binolarni isitishda qanday tizimdan foydalanishdan qat’iy nazar yoqilg‘ini iqtisod qiluvchi va foydalilik koeffitsenti yuqori bo‘lgan (yoqilg‘ining yonish jarayonida hosil bo‘layotgan issiqlikni maksimal darajada isitish tizimidagi suvga o‘tkazib beruvchi) qozonxonalardan foydalanishgina issiqlik quwati tannarxini arzonlashishiga olib keladi.
Respublika bo‘yicha shahar aholisi taxminan 14435,9 ming Gkal issiqlik energiyasini ishlatadi, bu ko‘rsatgichning asosiy ulushi Toshkent shahriga 8083,3 ming Gkal.ga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasining bir kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori 1.6 Gkal ga, Toshkent shahri bo‘yicha esa 3,8 Gkal ga tengdir.
Kommunal xo‘jaligi tizimida energiyadan samarali foydalanishni joriy etish masalasiga Respublikamiz Hukumati tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelmoqda va sohaga energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi «Kommunal xo‘jaligida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 241-sonli Qarori; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi «Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning ma’naviy eskirgan va tejamsiz bug‘ qozoni agregatlarini 2007-2008-yillarda respublika mintaqalari bo‘yicha almashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 7-sonli Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi « O’zbekiston Respublikasi uy-joy fondini sovuq va issiq suv hisoblagich asbob-uskunalari bilan jihozlash, investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-553 sonli Qarorlari aynan shu dolzarb masalani hal etishga qaratilgan. Amalga oshirilayotgan mazkur tadbirlarning pirovard maqsadi uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida energiyani tejash, ya’ni energiya resurslari va suvni ishlab chiqarish, uzatish hamda iste’mol xarajatlarini kamaytirish va shuning hisobiga tarmoqniig zarar ko‘rmasdan ishlashga o‘tish shartlarini aholi uchun yumshatishdir ya’ni narxini arzonlashtirishdir. Ushbu vazifani hal qilish maqsadida Respublikam izda 2010-yilgacha b o ‘lgan davrga mo‘ljallangan energiyani tejash dasturi ishlab chiqildi. Dastlabki tadqiqotlar va ayrim mintaqalar monitoringi respublikamizning bir qator mintaqalarida resurslarni tejash imkoniyatlari: issiqlik bo‘yicha 30-60 %, ichimlik suvi bo‘yicha 20-40 %, gaz bo‘yicha 10-30 % ni tashkil etishini ko‘rsatdi. Energiya resurslarini tejashga oid eng maqbul takliflar quyidagilardan iborat: ishlab turgan qozonxonalar va nasos stantsiyalarini zamonaviylashtirib, ularga foydali ishlash koeffitsienti
(FIK) 92 % dan kam bo‘lmagan yuqori unumli uskunalar o‘matish; noan’anaviy energiya manbalari (issiqlik nasoslari, biogaz, geotermal suv, quyosh energiyasi, shamol energiyasi va boshqalar)dan foydalanish; uy-joy fondida foydalanilayotgan binolarning devor panellarini penopoliuritan purkash yo‘li bilan sovuq o‘tkazmaydigan qilish; tomlar, yerto‘lalar va zina xonalarining muzlab qolish sabablarini izlab topish hamda sovuq o‘tkazmaydigan qilish; issiqlik nobudgarchiligini 2-3 barobar kamaytirish imkonini beruvchi penopoliuretan qoplamali quvurlardan foydalanib yangi issiqlik magistrallari yotqizish yoki eskilarini to'liq tamirlash; binolarning tashqi devor to‘sinlarini qattiq plitalar va egiluvchan matolar yordamida sovuq o ‘tkazmaydigan qilish; deraza va eshiklarni yangilash, natijada issiqlik energiyasi 20-40 % tejaladi; ichiga metall qoplangan plastmassa quvurlardan foydalanib yangi ichimlik suvi tarmoqlari qurish yoki eskilarini to'liq tamirlash resurslarni 40 % gacha tejaydi; issiqlik va gazdan foydalanish hisoblagichlarini o‘rnatish, issiqlik ta’minoti tizimlarini tejamli boshqarish usullariga o‘tkazish, jahon sifat talablariga javob beruvchi zamonaviy gaz uskunalaridan foydalanish, bu esa o‘z navbatida 40 % gacha tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Ushbu energiya resurslarini tejash tadbirlarini mablag1 bilan ta’minlashni uy-joy egalarining to ‘lovlari bilan bir qatorda, kutilayotgan resurslar iqtisodi hisobidan, bevosita chet el sarmoyalari, tijorat banklarining imtiyozli kreditlari evaziga amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Energiyani tejash va energiyani iste’mol qilish jarayonida qatnashuvchi barcha ishtirokchilarning asosiy vazifasi resurslarga bo‘lgan talabni boshqarishning hamma mexanizmlaridan har tomonlama foydalanishdan hamda energiya resurslarining tejalishini rag‘batlantirishdan iborat. Bunda ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie, energiya va resurslar iste’molchilari katta rol o‘ynashlari kerak. Kelgusidagi uy-joy kommunal xizmatlarga bo'lgan talabni aniqlash uchun mavjud quwatlar va moddiy bazadan foydalanish samaradorligini, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jalik xizmatlari foydalanuvchilari ehtiyojlariga qanchalik to‘liq javob berishini ko‘rib chiqish zarur.
Har bir tarmoqda o‘zining muammolari bo‘lishiga qaramay, tizimda umumiy tusdagi qiyinchiliklar mavjud — bu qiyinchiliklarga tarmoqda ishning yomon tashkil etilishini, xizmat ko‘rsatish saviyasi pastligini, mablag4 bilan taminlash manbalaridan o‘ta bog‘liqlikni, iste’molchilar talablari bilan yetarlicha hisoblashmaslikni, shuningdek atrof-muhitga munosabatda ma’suliyatning etarli emasligini keltirish mumkin. Ko‘rsatkichlardagi farq katta bo‘lgani bois, uy-joy kommunal xo‘jalik xizmatlari samaradorligini oshirish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foyda va naf bir xil bo‘lmaydi. Ammo, umuman tarmoq bo‘yicha katta ijobiy potentsial mavjudligi tufayli islohotlar zarur va o‘zini oqlaydigan qilib qo‘ymoqda. Islohotlar natijasida uch turdagi foydani kutish mumkin: subsidiyalar kamayishi, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning texnik qulayliklarga ega bo‘lishi va istemolchilarga samara keltirishi. Uy-joy kommunal xizmatlarni takomillashtirish natijasida ko'riladigan foydalar sof samarasizlik va moliyaviy yo‘qotishlarning kamayishi bilangina cheklanib qolmaydi. Unumdorlikning o‘sishi va narx belgilashning mukammalroq tizimi mavjud ehtiyojni hisobga olgan holda uy-joy kommunal xo‘jaligi samaraliroq ishlashi uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishga va raqobat rivojlanishiga yordam beradi.
Respublikamizda 2001-yilda aholiga issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi markazlashgan 470 ta korxona faoliyat ko‘rsatib, yil davomidajami 54,7 mln. Gkal issiqlik yetkazib berilgan bo‘lsa, 2006- yilda korxonalar soni 395 taga, yetkazib berilayotgan issiqlik quwati 47,1 Gkal.ga kamaygan. Buningsababi, birinchidan, issiqlik yetkazib beruvchi korxonalarni birlashtirish va foydalilik koeffitsenti past bo‘lgan qozonxonalardan voz kechish bo‘lsa, ikkinchidan, yuqori texnologiyalarni qo‘llash (quyosh energiyasi va boshqa energiya manbalaridan) va kichik-lokal qozonxonalardan foydalanishdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi «Kommunal xo‘jaligida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 241-sonli Qarori hamda 2006-yil 17-yanvardagi «Respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning ma’naviy eskirgan va tejamsiz bug‘ qozonli agregatlarini 2007-2008-yillarda respublika mintaqalari bo‘yicha almashtirish dasturini tasdiqlash to ‘g‘risida»gi 7-sonli Qaroriga muvofiq katta ishlar amalga oshirilmoqda va pirovard natijada yoqilg‘ini tejovchi uskunalar o‘ratilib, ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasidan samaraliroq foydalanishga erishilmoqda.
Masalan: 2002-yilda 464 ta korxona tom onidan jami 46,3 mln. Gkal issiqlik energiyasi olingan bo‘lsa, shundan 29,7 mln. Gkal issiqlik o‘z iste’molchilariga yetkazib berilgan. 2008-yilda esa 438 ta korxona tomonidan jami 55,4 mln. Gkal issiqlik energiyasi olingan, va shundan 52,3 mln.Gkal issiqlik iste’­ molchilariga yetkazib berilgan yoki 2002-yilga nisbatan 2008- yilda ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini iste’molchilarga yetkazib berish 32,4 %ga ko‘paygan.
Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling