Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish usullari elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemalari
Download 30.62 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu2
Mavzu:Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish usullari. elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemalari. 1.Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish jarayoni. 2.Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish usullari. 3.Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sxemasi: elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarish sxemalari; issiqlik stansiyalarida issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sxemalari. Turli ko‘rinishdagi energiyalarni (ximyoviy, nur tarqatuvchi, elektr va boshqalar) issiqlik energiyasiga aylantirish, texnologik uskunalarda maksimal termodinamik to‘la o‘zgartirish sharoitlari hosil qilish yo‘li bilan olib boriladi. Bunda ishchi jism-issiqlik energiyani tashuvchi hosil qilinadi. Uning yordamida issiqlik energiyasi iste’molchiga yetkazib beriladi. Odatda issiqlik energiyasini tashuvchi ishchi jism sifatida suyuqlik va gazlar xizmat qiladi. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlarida issiqlik tashuvchi sifatida suv, suv bug‘i, havo shuningdek past haroratda kaynovchi organik suyuqliklar frion, ammiak va boshqalardan foydalaniladi. Berilgan potensialga ega issiqlik energiyasi, organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasidan; yader yoqilg‘ining parchalanishi natijasida ajralgan energiyani; elektr energiyasini; quyosh energiyasini; geotermal energiyani qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Yuqorida keltirilganlarga muvofiq issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning quyidagi usullari mavjud: 1) Oksidlanuvchi muhitda organik yoqilg‘ini yoqish usuli. Uning asosida suv yoki suv bug‘iga issiqligi uzatilayotgan, yuqori haroratli gazsimon mahsulotni hosil kiluvchi ekzotermik ximyoviy reaksiya yotadi. Suv va suv bug‘idan issiqlik tashuvchi sifatida foydalanish qulaydir; 2) O‘z-o‘zini boshqaruvchi zanjirli yader reaksiyasiga asoslangan usul. Bu usulda xam odatda issiqlik tashuvchi sifatida suv va suv bug‘i ishlatiladi. Kelajakda issiqlik tashuvchi sifatida geliydan xam foydalanish mumkin. 3) Elektr energiyasini yuqori elektr qarshilikga ega bo‘lgan qizdirgichni qizdirib, uning issiqligini issiqlik o‘tqazish yo‘li bilan issiqlik tashuvchiga berib, issiqlik energiyasi olish uslubi; 4) Maxsus uskunalarda quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish uslubi. quyosh energiyasi gelio qabul qilgichlarda olinib, ulardan suv yoki havoga beriladi; 5) Geotermal suvlardan issiqlik almashtirgichlarda issiqlik ishchi moddaga berishiga asoslangan uslub. Issiqlik almashtirgichlarda iste’molchilarga yuborilayotgan issiqlik tashuvchi geotermal suv energiyasi bergan haroratgacha qizdiriladi; 6) Past energetik potensialga ega issiqlik tashuvchini issiqlik energiyasini yukori potensialli issiqlik energiyasiga qayta ishlash uslubi. Bunda boshqa turdagi energiya (masalan, issiqlik nasoslarida elektr energiya) sarf bo‘ladi. Download 30.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling