1. Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemalari. Reja


Download 34.71 Kb.
bet1/6
Sana09.02.2023
Hajmi34.71 Kb.
#1178962
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammofos ishlab chiqarish jar-hozir.org


1. Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemalari. Reja

Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi
3.Ammofos ishlab chiqarish jarayoning texnologik hisoblari, moddiy va issiqlik balanslari.
1.Ammoniy fosfatlarning xossalari.
2.Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemalari.
Reja:
Ma’lum xomashyo uchun fosfat kislotaning stexiometrik me’yori – ko’rsatilgan reaktsiyalarni va boshlang’ich ekstraksion fosfat kislota eritmasidagi neytrallovchi (CaO, MgO, P2O3) va kislotali (H2SO4) qo’shimchalarning bo’lishini e’tiborga olgan holda belgilanadi.
Tabiiy fosfatni fosfat kislotali parchalashdan olinadigan bo’tqa tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo’ladi: H3PO4 + NH3 = NH4H2PO4
Neytrallanish issiqligining ajralishi hisobiga massaning xarorati 80-90OC gacha ko’tariladi va buning hisobiga ammofosfat bo’tqasi birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan P2O5 miqdori kamaymaydi.
Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida monokalsiyfosfat dikalsiyfosfatga aylanadi:
Ca(H2PO4)2∙H2O + NH3 + H2O = CaHPO4∙2N2O + NH4H2PO4
Ca(H2PO4)2∙H2O + CaSO4 + 2NH3 + 3H2O = 2CaHPO4∙2H2O + (NH4)2SO4
Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida ammofosdagi suvda eriydigan P2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o’zlashadigan P2O5 miqdori sezilarli o’zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish P2O5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o’simliklar qiyin o’zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi: 3CaHPO4∙2H2O + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2HPO4 + 6H2O
NH4H2PO4 + NH3 = (NH4)2HPO4
(NH4)2HPO4 + 3CaHPO4∙2H2O = Ca3(PO4)2 + 2NH4H2PO4 + 6H2O
2CaHPO4∙2H2O + CaSO4 + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2SO4 + 4H2O
Ammofos texnologiyasining qo’shaloq superfosfat texnologiyasidan farqi shundaki, bunda ishlatiladigan ikkilamchi fosfat oz miqdorda bo’ladi, ya’ni qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi ikkilamchi fosfat bilan kiradigan umumiy miqdorining 25% o’rniga ammofos ishlab chiqarishda 10-15% P2O5 ishlatiladi. Ammofos ishlab chiqarishda kislota me’yorining haddan yuqori bo’lishi, xattoki quyi navlardagi fosfatli xomashyolardan olingan EFK ishlatilganda ham ikkilamchi fosfat parchalanish darajasining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Superfosfatlar samaradorligi bilan solishtirilganda ammofos agrokimyoviy samaradorligining yetarli darajada yuqori bo’lishi, ayniqsa quyi navli fosfatli xomashyolar ishlatilishi ammofos ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi.
Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: fosfat unlarini fosfat kislota bilan parchalash; so’ngra 93% sulfat kisotasi bilan 85-90°C haroratda 4 soat davomida parchalash jarayoni olib boriladi. Jarayon tugagandan so’ng filtr lanadi olingan ekstraksion fosfor kislotasini ammiak bilan neytrallash (pH ko’rsatkichi 3,5 va undan yuqori) yoki kislotali bo’tqa olish (pH ko’rsatkichi 2,5 va undan kam); ammoniylangan bo’tqani bug’latish; bo’tqani qo’shimcha ammoniylash (agar lozim bo’lsa); mahsulotni donadorlash va quritish; donachalarni qayta ishlashning standartli bosqichi. Shunday qilib, ammofost ishlab chiqarish bosqichlari (fosfatni parchalash qo’shimcha bosqichi e’tiborga olinmaganda) amalda bug’latilmagan fosfat kislotadan ammofos ishlab chiqarish bosqichlariga o’xshaydi. Uni ishlab chiqarishdagi qator texnologik usullar ham (shu jumladan kislotali fosfat bo’tqasini bug’latish mumkinligi) bir xildir. Ammofosning aniq texnologiyasi EFK ishlab chiqarishda va ikkilamchi fosfat sifatida ishlatiladigan xomashyolar turi bilan belgilanadi.
Ammofos bo’tqasini ammiak bilan neytrallash fosfatli xomashyo parchalanish darajasini yuqori darajada saqlagan holda amalga oshiriladi. Parchalanish koeffitsenti asosan kislota me’yoriga bog’liq bo’ladi. Fosforitlarni undan olingan kislota bilan 250% li me’yorda parchalanganda parchalanish darajasi ≈70% ni tashkil etadi, parchalanish darajasining bunday ko’rsatkichga apatitdan olingan kislota bilan 210% li me’yorda fosforitlarni parchalash orqali erishiladi.
Ammofos texnologiyasi va jarayonning jihozlanishi ko’pincha ammoniylashtirilgan bo’tqa reologik xossalariga bog’liq bo’lib, bu o’z navbatida kislotalilik muhiti ko’rchatkichi, xomashyo turi, fazalar nisbati va jarayon haroratiga bog’liqdir.





Download 34.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling