Issiqlik nur chiqarishi va nur yutishi. Absolyut qora jism. Kirxgof qonuni


Fotoelementlar va ularning qo`llanilishi


Download 128.5 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1487822
1   2   3
Bog'liq
ISSIQLIK NUR CHIQARISHI VA NUR YUTISHI

4.Fotoelementlar va ularning qo`llanilishi. Fotoeffekt hodisasi asosida yoruglik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi moslamalar fotoelementlar deyiladi. Fotoelement ichida vakuum hosil qilingan va ichki devorining bir qismiga metall (ko`pincha seziy, qadmiy yoki bazi qotishmalar) qatlami, yani fotokatod qoplangan shisha ballondan iborat. Anod vazifasini shisha ichiga o`rnatilgan metall sirtmoq yoki tur bajaradi.
Fotoelement hozirgi zamon tehnikasida juda keng qo`llaniladi. Bulardan eng harakterlilari kinofilmlarni ovozli qilish, harakatlanaiotgan tasvirni uzatish, kishining ishtirokisiz berilgan chizma asosida detallar tayyorlaydigan stanoklar yaratish, fotorelelar va hokazolardir. Masalan, kinoning ovozini chiqarish usulini batafsilroq ko`rib chiqaylik. Kinofil rasmga olinayotgan paytda yozilishi zarur bo`lgan tovush to`lqini tasirida modullashtirilgan yoruglik pliyonka chetida o`ziga mos shaffof bo`lmagan ko`ndalang chiziqchalar hosil qiladi. Endi o`sha plyonkaga yozib olingan tovushni qayta eshittirish uchun fotoelementdan foydalaniladi. Kino namoyish qilinadigan apparatda yoruglik dastasi kinolentaning ovozi yozib olingan chetiga fokuslantiriladi.
Lentaning ikkinchi tomoniga fotoelement joylashtirilgan bo`lib, u kuchaytirgich orqali radiokarnaiga ulangan. Lenta harakatlangan vaqtda uning qirgogidagi shaffofmas ko`ndalang chiziqchalar fotoelementga tushayotgan yoruglikni to`sib, uni ilgari yozib olingan ovoz signallariga mos ravishda o`zgartiradi. Fotoelement bu o`zgaruvchan yoruglik oqimini elektr signallariga aylantirib beradi. Bu signallar ko`paytirilgan radiokarnayga uzatilib u erda ovozga aylantiriladi.
ADABIYOTLAR:
1.Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi, t. 1–3.–M, Nauka, 1989–1992.
2.Sivuxin D.V. Umumiy fizika. Mexanika.–T., О‘qituvchi, 1981.
3.Ahmadjonov O.I. Fizika kursi. 1–3 q.–T., О‘qituvchi, 1988–1989.
4.Safarov A.S. Umumiy fizika kursi. Elektromagnetizm va tо‘lqinlar.–T., О‘qituvchi,1992.
5.Qosimov A., Safarov A. va boshq. Fizika kursi. 1q.–T., О‘zbekiston, 1994.
6.Nazarov U.K. va boshq. Umumiy fizika kursi 1q. –T., О‘zbekiston, 1992.
7.Zaynabiddinov S.Z., Teshaboyev A. Yarimо‘tgazgichlar fizikasi.–T., О‘qituvchi,1999.
8.Bekjonov R.B., Axmadxо‘jayev. Atom fizikasi.–T., О‘qituvchi, 1985.
9.Nu’monxо‘jayev A.S. Fizika kursi 1 k.–О‘qituvchi, 1992.
10.Haydarova M.SH., Nazarov U.K. Fizikadan labaratoriya ishlariyu–T., О‘qituvchi, 1988.
11.Nanostrukturi mogut privesti k sozdaniyu novogo tipa pamyati /Internet // Cdocum.–2003.
12.Nanotexnologii tolkayut mir k revolyusii /Internet sayt Washington Pro File. 01. 2004.
Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling