Issiqlik texnikasi


Download 424.56 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi424.56 Kb.
#1226759
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

“ISSIQLIK TEXNIKASI”


fanidan

MUSTAQIL ISH

MAVZU: KOMPRESSORLAR VA ULARNING TURLARI


BAJARDI: ___________________ _____________
QABUL QILDI: ______________ B.M.TOSHMAMATOV

QARSHI-2023





T/r

MUNDARIJA

bet




KIRISH

3

1.1

Ishlab chiqarish va maishiy xayotda energetika

5

1.2

Yoqilg‘i energetika resurslari

9

1.3

O’zbekiston yoqilg’i-energetik resurslari, yoqilg‘i-energetik resurslarning axamiyati, mohiyati.

15




XULOSA

20




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

21









KIRISH



Energetika kishilik jamiyatining faoliyati sferasi bo`lib-muhim bir tizimni tashkil etadi. Bu tizim o`rab turgan muhitni bir tizimi bo`lib, har xil xalq xo’jaligi tarmoqlarining bir qismi deb - shunday katta yagona (tabiiy) va sun'iy (inson tomonidan yaratilgan) tizimlar yig`indisi bo`lib, ularning elektr energiya ishlab chiqarishi, o`zgartirish (bir qiymatdan yoki boshqa bir qiymatga almashtirish) taqsimlanish, issiqlik energiyasini ishlab chiqishi va is’temolchilarga etkazib berishi hamda xalq xo’jaligida energetikaning barcha turdagi resurslaridan foydalanish tizimlari tushiniladi. Energetika kishilik hayotida muhim o`rin to`tadi. Uning taraqqiyoti darajasi jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ilmiy-texnik progressda (taraqqiyotda) namoyon bo`ladi.
Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, Q.R.Allayev, professorlar: R.R.Avezov, N.R.Avezova, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullaev, A.B.Vardyashvili, G’.N.Uzoqov larning xizmatlari beqiyosdir.
Energetika sektori korxonalarining samaradorligini oshirish, shuningdek, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 2030 yilgacha ikki baravar oshirish maqsadida quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi:
Davlat tomonidan tartibga solish va xo‘jalik faoliyati funksiyalarini chegaralash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etish, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.
Aniq tashkiliy vakolatlarni, tiklanadigan energiyani rivojlantirishda ishtirok etadigan tuzilmalarning roli va javobgarligini, tiklanadigan energiyani rivojlantirishni moliyalashtirish mexanizmlarini (mablag‘lar, imtiyozlar, imtiyozli qarzlar, kredit liniyalari), tiklanadigan energiya tarmoqlarining salohiyati va moslashuvchanligini oshirishni nazarda tutadigan tiklanadigan energiyadan foydalanish strategiyasi.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini va energiya hosil qiluvchi quvvatlarni maqbullashtirishni, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlashni, energiyaning tiklanadigan manbalari o‘rnatilishini, tarmoqlarda va maishiy sektorda ilg‘or resurslarni va energiyani tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish uchun rag‘batlar berilishini nazarda tutadigan energiya samaradorligini oshirish strategiyasi.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarni ommaviy joriy etish energiya sig‘imini pasaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish hisobiga iqtisodiyotga yuklamani pasaytirish hamda issiqxona gazlarini va boshqa zararli iflosliklarni atmosferaga chiqarishni kamaytirish hisobiga ekologik vaziyatni yaxshilashni ta’minlash imkonini beradi.
Energiya sig‘imli tarmoqlar va sektorlarning energiya samaradorligini oshirishning maxsus tarmoq dasturlari, energiya samaradorligi standartlarini kengaytirish rejasini va markirovkalash dasturlarini ishlab chiqish, xalqaro standart bo‘yicha energetik menejment tizimini joriy etish, xususiy energiya servis kompaniyalarining energiya samaradorligiga ko‘maklashish uchun normativ qoidalarni ishlab chiqish.
Energetika sektorini isloh qilish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi integratsiyalashtirilgan milliy energetika strategiyasi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish yoki taqsimlovchi elektr kichik stansiyalarini to‘liq davlat tasarrufidan chiqarish, xalqaro bozorlardagi vaziyatni hisobga olgan holda energetika resurslariga narx belgilashni takomillashtirish, shuningdek, energiya resurslari narxlarini bosqichma-bosqich jahon narxlariga yaqinlashtirish.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilardan foydalanish texnologiyalarini joriy etish atmosferaga zararli tashlamalar chiqarilishini kamaytirishni va elektr energiyasi ishlab chiqarishda qimmatroq issiqlikni iste’mol qilishni qisqartirishni ta’minlaydi.

Download 424.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling