Issiqlik texnikasi
Fizik normal sharoit deb, t = O °S va r = 760 mm.sim.ust. = 101325 N/m
Download 152.73 Kb.
|
ideal gaz
Fizik normal sharoit deb, t = O °S va r = 760 mm.sim.ust. = 101325 N/m2 bo‘lgan sharoit qabul qilingan.
Texnikada bosimni o‘lchash uchun manometrlar va vakuummetrlardan foydalaniladi. Agar idishdagi gazning absolyut bosimi ra tashqi muhit bosimi rbar dan yuqori bo‘lsa, ortiqcha yoki manometrik bosim rman manometr yordamida o‘lchanadi. Idishdagi gazning bosimi ra tashqi muhit bosimi rbar dan past bo‘lsa, kam yoki vakuum bosim rvakvakuummetr yordamida o‘lchanadi. SHunday qilib, absolyut (mutloq) bosim asosan quyidagi munosabatda aniqlanadi: ra> rbar; ra - rbar + rman(1.4) ra< rbar ; ra = rbar - rvak (1.5) rmanva rvak bosimlar quyidagi tengliklar orqali aniqlanadi: rman = rabs - rbar = gph (1.6) rvak = rbar - rabe = gph (1.7) bu erda, g - erkin tushish tezlanishi; r - suyuqlik zichligi; h - asbobdagi suyuqlik sathining farqi. Harorat - jismning qizitilganlik darajasini ifodalaydi va turli harorat shkalalarida o‘lchanadi. Hozirgi vaqtda asosan uchta harorat shkalalaridan foydalanilmokda. - absolyut yoki termodinamika harorati ( Kelvin ) shkalasi -°K; - yuz gradusli yoki Selsii shkalasi - 0S; - Farengeyt shkalasi – 0F. Issiqlik texnikasi hisob-kitoblarida asosan Kelvin graduslari ishlatiladi. 1848 yilda ingliz olimi Kelvin taklif etgan ushbu harorat shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to‘xtaydigan harorat qabul qilingan, bu harorat absolyut (mutloq) nol deyiladi va Selsiy haroratlar shkalasining -273,15 0S ga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, Selsiy shkalasining noli sifatida suvning muzlash harorati qabul qilingan. Selsiy shkalasining bo‘lingan oraliqlari (graduslari) Kelvin shkalasiga to‘g‘ri keladi (1 0K = 1 0S ). Bu ikki shkalalarda o‘lchangan haroratlar o‘zaro quyidagicha bog‘langan, T = t + 273,15 K. Farengeyt shkalasi bo‘yicha muzning erish harorati va suvni qaynash harorati fizik normal sharoitda 32 va 212 0F ga teng. Farengeyt shkalasi va Selsiy shkalasi o‘zaro quyidagi tenglik orqali bog‘langan, T=1,8 t + 32 0F Download 152.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling