Issiqlik va elektr energiya iste’molchilari


O’zbekiston energetikasi rivoji


Download 158.07 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi158.07 Kb.
#1002286
1   2   3   4   5
Bog'liq
EET

6. O’zbekiston energetikasi rivoji
Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-yillarida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar qurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir. 30-yillarda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM kurildi. 30-y. larning ikkinchi yarmida Qizilqiya koʻmir koni negizida kuvvati 48 MVt boʻlgan Kuvasoy davlat issiklik elektr stsiyasi (DIES) kurilishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939-yil oxirida ishga tushirildi. 1936-yil da Toshkent IEM kurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939-yil da ishga tushirildi. 50-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi. Angren DIES katta (50 MVt) quvvatli turbinalar oʻrnatilgan yuqori bosimli bugʻ koʻrsatkichlariga moʻljallab qurilgan birinchi elektr stansiya boʻldi. Ayni paytda koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalar ham (Quvasoy DIES, Toshkent va Fargʻona IEM) qurildi.
7. Elektr energiyani ishlab chiqarish
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste'molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat . Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi. Birinchi yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining joylashishi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati elektr energiyani oʻzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp talab qilinadigan joylarda elektr stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan yoqilgʻiga moʻljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: — yoqilgʻining maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; —xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga.



Download 158.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling