Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari va qurilmalarini tahlil qilish va hisoblashning umumiy prinsiplari. Reja


Download 35.72 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi35.72 Kb.
#1473531
  1   2   3
Bog'liq
2-маъруза (1)





2-MA’RUZA. ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARINI TAHLIL QILISH VA HISOBLASHNING UMUMIY PRINSIPLARI.


REJA:
2.1. Moddiy balans.
2.2. Energetik balans.
2.3. Jarayon va qurilmalarning jadalligi.
2.4. Qurilmalarning asosiy о‘lchamlarini aniqlash.
2.5. Jarayon va qurilmalarni modellashtirish va optimallashtirish.


Tayanch iboralar: moddiy balans, energetik balans, issiqlik balansi, jarayon jadalligi, model, fizik modellashtirish, matematik modellashtirish, optimallashtirish.


2.1. Moddiy balans.
Qayta ishlanayotgan materiallarning massaviy oqimlarini aniqlashdan maqsad moslama va qurilmalarni hisoblash, hamda zarur energiya miqdorini, issiqlik va massa almashinuv qurilmalarining optimal yuzalarini yoki jarayonning davomiyligini aniqlashdir.
Kinetik qonuniyatlarning tahlili, moslama va qurilmaning minimal о‘lchamlariga oid jarayonning shartlarini baholash va optimal rejimlarini topish imkoniyatini beradi.
Jarayonlar tahlili, moslama va qurilmalar hisobi quyidagi ketma-ketlikda о‘tkaziladi:
- jarayonning moddiy va energetik balanslari tuziladi;
- statika qonuniyatlariga tayanib jarayonning harakat yо‘nalishi va muvozanat shartlari aniqlanadi;
- harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi;
- kinetika qonuniyatlariga tayanib jarayon tezligi topiladi.
Aniqlangan optimal rejim uchun jarayon tezligi va harakatga keltiruvchi kuch kattaliklari asosida qurilmaning asosiy о‘lchamlari: ishchi hajm yoki ishchi maydon yuzasi aniqlanadi. Asosiy о‘lcham yordamida qurilmaning qolgan о‘lchamlari hisoblab topiladi.
Moddiy balans massaning saqlanish qonuniga tayanib tuziladi, ya’ni jarayon о‘tkazilish vaqtida qurilmaga kiritilayotgan material miqdori , undan chiqayotgan mahsulot miqdori ga teng bо‘lishi kerak:
(2.1)
Moddiy balans asosida chiqayotgan mahsulot miqdori topiladi, ya’ni maksimal mahsulot chiqish imkoniyatiga nisbatan foiz hisobida chiqqan tayyor mahsulot miqdori. Odatda, olingan tayyor mahsulot miqdori sarflangan xom-ashyo birligiga hisoblanadi.
Lekin sanoatda qurilmani ishlatish va jarayon borishi davrida qaytarib bо‘lmaydigan moddiy yо‘qotilishlar albatta bо‘ladi. Unda (2.1) tenglama quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi:
(2.2)
bu yerda – yо‘qotilgan modda miqdori.
Odatda, moddiy balans butun jarayon yoki alohida bosqichlari uchun kuzatiladi.



Download 35.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling