Issiqlikdan kengayish
-1 jadval. Turli moddalar uchun issiqlikdan kengayish koeffitsientining
Download 36.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Labaratoriya
20-1 jadval. Turli moddalar uchun issiqlikdan kengayish koeffitsientining
o’rtacha qiymati 20-5 tenglamani keltirib chiqarishda biz chiziqiy kengayish koeffitsienti yo’nalishga bog’liq emas deb oldik (bu tasavvur ko’pgina materiallar uchun taxminan to’g’ri va u bu kitobda xisoblashlarda qo’llaniladi). SHunga o’xshash xulosalar yuzaning kengayish koeffitsienti chiziqiy kengayish koeffitsientidan ikki marta katta ekanligini ko’rsatadi. 20-1 misol. Tirqishni kengaytirish mumkinmi? Aytaylik biz dumaloq tirqishga ega po’lat ob`ektga egamiz. Ob`ekt temperaturasi oshsa, metall kengayadi. Tirqishning diametri oshadimi yoki qisqaradimi? Temperaturaning qandaydir oshishida ob`ektning qandaydir qismi o’lchamining oshishi ob`ektning dastlabki o’lchamiga proportsionaldir (20-2 tenglamaga muvofiq). Ob`ekt sifatida 1 sm diametrli tirqishga ega bo’lgan po’lat lineykani ko’rib chiqamiz. Tirqishning markazi lineykaning 3,5 sm ga to’g’ri keladi. yechish: 1.Ob`ekt sifatida 1 sm diametrli tirqishga ega bo’lgan po’lat lineykani ko’rib chiqamiz. Tirqishning markazi lineykaning 3,5 sm ga to’g’ri keladi: Agar po’lat lineykada 1 sm diametrli tirqish markazi 3,5 sm ni ko’rsatsa, u xolda tirqishning chetlari 3 sm va 4 sm ni ko’rsatishi kerak. 2. Agar lineyka temperaturasi berilgan miqdorda oshsa, lineyka bir tekis kengayadi: Lineykaning 3sm va 4 sm chiziqlari orasidagi masofa oshadi. 4.Lineyka kengayayotganida tirqish chetlari 3sm va 4 sm chiziqlarga tekkan xolda qoladi. Agar 3sm va 4 sm chiziqlar orasidagi masofa oshsa, tirqish diametri oshadi. Tekshirish. Agar tirqish 1 sm li shtamp yordamida qilingan bo’lsa va bunda teshilgan material 1 sm diametrli po’lat disk bo’lsin. Agar disk temperaturasini lineykaning oshgan temperaturasigacha oshirsak, u xolda disk tirqishga ideal mos keladi. Quyida qizdirishda tirqish kengayishini namoyish etish uchun qo’shimcha qurilma 1 rasmda namoyish etilgan. 1 rasm. SHar va xalqa xona temperaturasida bo’lib, shar xalqadan o’tishi uchun ancha kattalik qilmoqda. Xalqa qizdirishda kengayadi, shar xona temperaturasida qolganida, tirqish orqali o’tishi mumkin. (Richard Megna G` Fundamental surat) Ko’pgina materiallar qizdirishda kengayib, sovutishda siqiladilar. Biroq suv bundan mustasnodir. 2 rasm 1 g suv egallagan xajmning temperaturaga bog’liqligini ko’rsatadi. 4,0 0 S da minimal xajm va albatta maksimal zichlikka ega. SHunday qilib, suv 4,0 0 S da sovutilsa, u siqilishdan ko’ra kengayadi, Suvning bu xossasi kollar ekologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. 4,0 0 S dan yuqori temperaturalarda ko’ldagi suv zichroq bo’lib qoladi, u sovutilishi bilan pastga tushadi. Suv 4,0 0 S dan sovuganida kamroq zich bo’lib qoladi va yuqoriga ko’tariladi. Bu xolat ko’l yuzasining birinchi yaxlashining sababi bo’ladi. Muzlaganida suv ham kengayadi. Muzning zichligi suv zichligidan kichikroqligidan, u sirtda qoladi va ostidagi suvni izolyatsiya qilish vazifasini bajaradi. Agar suv ko’pchilik moddalar sifatida o’zini tutganida edi, muz cho’kib, ko’proq suvni sirtga ko’taradi va u muzlar edi. Agar ko’l tubidan boshlab tepasigacha muzlaganida edi, qish bo’yi muzlab turish ehtimolligi katta bo’lar edi. 2 rasm. Atmosfera bosimidagi 1 g suvning xajmining temperaturaga bog’liqligi. Maksimal zichlikka mos kelgan minimal xajm 4,0 0 S ga to’g’ri keladi. Egi chiziqdagi 0 0 S dan past temperatura o’ta sovugan suv uchun ko’rsatilgan. (O’ta sovugan suv- bu qotish nuqtasidan tashqaridagi normal muzlash temperaturasidan pastda sovutilgan suvdir). Download 36.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling