Issiqxona effekti Atmosferadagi uglerod dioksid (CO2) va issiqxona effekti. Ozon qatlamini yemirilishi


Download 159.5 Kb.
bet3/5
Sana28.02.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1237344
1   2   3   4   5
Bog'liq
Atrof-muhitning global ekologik muammolari

Kislotali yomg‘irlar
Atmosferaga ajratmalar manbalari. Bir necha yillar avval «kislotali yog‘inlar» va «kislotali yomg‘irlar» iborasi faqat ekolog olimlargagina ma’lum edi. Afsuski, so‘nggi 15-20 yil davomida bu iboralar kundalik hayotimizga kirib keldi hamda havotirlik va tashvish tug‘dirmoqda.
Vaziyat nazoratsiz rivojlanganida kislotali yog‘inlar sezilarli iqtisodiy va ijtimoiy harajatlarga olib kelishi mumkin. Atmosferada kislota hosil bo‘lishining muayyan qismi tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq, lekin ular tuproqlar va suv kislotaliligini oshirishda tezlik bo‘yicha ham, xajmi bo‘yicha ham inson yil avval paydo bo‘lgan edi. Ingliz kimyogari Robert Anges Smit sanoat shahri Manch faoliyati natijasi bilan tenglasha olmaydi.
«Kislotali yomg‘ir» tushunchasi 130 ester va uning atrofida «uch xil havo» borligini aniqladi. Bular: uzoq dalalardagi ammoniy karbonatli (NH4)2CO3 havo; shahar atrofida ammoniy sulfatli (NH4)2SO4 havo; shaharning o‘zida sulfat kislotali H2SO4 yoki ammoniy bisulfatli NH4HSO4 havo. 1872-yilda «Havo va yomg‘ir» kitobida u «kislotali yomg‘ir» haqida yozdi va unda bir qator hodisalarni (ko‘mirni yoqish, organik materiallarni chirishi, shamollar yo‘nalishi, dengizga yaqinlik, joydagi yog‘inlar miqdorini) ko‘rib chiqdi. Smit ko‘rsatdiki, shahardagi kislotali (nordon) havo matolardagi bo‘yoqlarni rangsizlantiradi va metallar yuzasini yemiradi; kislotali yomg‘ir suvi o‘simliklar va materiallarga ziyon yetqazadi; mishyak, mis va boshqa metallar sanoat hududlarida yomg‘irlar bilan yer yuziga tushadi.
1950-yillardan sung atmosferaga ajratmalar miqdori keskin ortdi. Bu hodisa 1960-yillarga kelib Yevropa va Shimoliy Amerikaning bir qator mamlakatlari uchun katta muammo bo‘lib qoldi. Xuddi shu vaqtda atrof-mhit ifloslanishi bo‘yicha birinchi maqolalar chiqdi, ularda asosiy ifloslantiruvchilar oltinguturt oksidlari (SOX) va azot oksidlari (NOX) deb xisoblanib, bu oksidlarning hosil bo‘lishini foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘lashgan. Bu moddalar hosil bo‘lgan joyidan shamol orqali yuzlab kilometrlarga tarqaladi, so‘ngra ular atmosferadan yomg‘irlar, tumanlar va qorlar bilan yuviladi. 1968 yilda Uden Skandinaviya mamlakatlari ustidagi yog‘inlar yanada kislotali bo‘lib borayotganini, oltingugurt birikmalarining katta miqdori Markaziy Yevropa va Buyuk Britaniyaning sanoat hududlari ajratmalari sifatida atmosferaga chiqayotganini isbot qildi. Ko‘rinadigan va seziladigan zarrachalarni, masalan qurum va qum changini, shamollar uzoq masofalarga olib ketishi o‘sha vaqtda yangilik emas edi. 1755 yildayok Sahroi Kabirning kizil kum changi mamlakatlar va kit’alar ustidan uzoq masofani shamol orqali bosib o‘tib Angliyaga yetganligi kuzatilgan. 1881 yilda Norvegiyalik olimlar mamlakatning ba’zi hududlaridagi qorning kul rang tusga kirganiligi sababi Angliyadan shamollar olib kelgan havoda ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligi bilan tushuntirishidi. Shunisi qiziqki, 1950 yilda Atlantika okeanining narigi tomonida, Kanadaning Alberta provinsiyasida sodir bo‘lgan ulkan o‘rmon yong‘inining tutunini Yevropada sezishgan.
Atmosferaga chiqarilayotgan har qanday modda ifloslantiruvchi xisoblanadi, faqatgina suvning tabiatda aylanishida ishtiroq etuvchi suv bundan mustasno.Atrof-muhit komponentlari bir-biriga dialetik bog‘langanligi tufayli insonning xo‘jalik faoliyati natijasida ifloslangan atmosfera o‘z navbatida tabiatning boshqa komponentlariga ham ta’sir etib, inson, hayvonlar va o‘simliklar organizmida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli biz atmosfera ifloslanishini inson organizmiga, hayvonlar va o‘simliklarga salbiy ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
1. Havoning ifloslanishi kishi organizmga salbiy ta’sir etib, ular salomatligining yomonlashishiga sabab bulmoqda. Ayniqsa, oltingugurt oksidi, uglerod oksidi, uglerod sulfid, vodorod sulfid, ftor brikmalari, azot oksidlari, har xil sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar va qishloq xo‘jalik pestitsidlari kishi organizmida har xil kasalliklarni vujudga keltiradi.
2. Atmosfera ifloslanishi o‘simliklarning va kishlok xo‘jalik ekinlarining normal o‘sishiga ham salbiy ta’sir etadi. Sanoat markazlaridan ko‘tarilgan har xil zaharli chang va gazlar yana qaytib qishloq xo‘jaliik ekinlariga tushadi, ular modda almashinishini buzadi, natijada ekinlar, o‘simliklar kasallanib kam hosil beradi yoki quriy boshlaydi.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham salbiy ta’sir etadi. Hayvonlar atmosferadagi havodan nafas olganda hamda o‘simliklar bilan ovqatlanganda uning organizmi zaharli chang (ftor, qo‘rg‘oshin, surma va boshqa) va har xil gazlar bilan zaharlanadi. Hozir hayvonlar orasida "sanoat flyufoz" kasali keng tarqalib, o‘simlik suv va yem-xashak to‘planib qolgan ftor moddasi tufayli vujudga kelgan.
4. Atmosferaning ifloslanishi tunuka tomlar zanglashini, binolar va boshqa inshoatlarning nurashini, korroziyaga uchrashini ham tezlashtiradi. Shu sababli havo ko‘prok ifloslangan shaharlarda korroziya jarayoni qishloqlarga nisbatan 100 marta ortiqdir.
Suvlarning ifloslanishi uning fizikaviy, organoleptik hususiyatlarining o‘zgarishida (tiniqligining yo‘qolishi, hidni, rangi, mazasining o‘zgarishi), tarkibida sulfatlar, xloridlar, nitratlar, toksik og‘ir metallar, havoning eritilgan kislorodni miqdorining pasayishi, radioaktiv elementlar, kasalik ko‘zg‘atuvchi bakteriyalarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Suvning 3 turdagi ifloslantiruvchilari mavjud: kimyoviy, biologik, fizikaviy ifloslantiruvchilar.


Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling