Issiqxona
Download 63.08 Kb.
|
ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliforniya qalqondori (Quadruspidiotus perniciosus Comst)
Binafsharang qalqondor (Parlatoria aleae Colve.) (Diaspididae– qalqonlilaroilasi, Homoptera– tengqanotlilar
turkumi) Qalqondor urg‘ochisining kattaligi 1–1,3 mm, binafsha tusda, qorin bo‘g‘inlari aniq ko‘rinib turadi, qalqonining uzunligi 2–2,5 mm. Erkagining qanoti bor, qizg‘ish-binafsha tusda, kattaligi 1 mm, qalqoni oqish tusda bo‘lib, cho‘zinchoq yapaloq ko‘rinishda. Urug‘langan urg‘ochi tusli qalqondor qalqoncha ostida novda po‘stlog‘iga yopishib qishlaydi. Qishki sovuqqa ancha chidamli, ular faqat –29°C da yoppasiga qirilib ketishi mumkin. Erta bahorda, o‘rtacha harorat +10, +11°C ga yetganda, qishlab chiqqan urg‘ochilari tuxum qo‘ya boshlaydi. Tuxumi cho‘zinchoq – oval shaklda, binafsha tusda bo‘ladi. Bitta urg‘ochisi 70 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumining embrional rivojlanishi 5–13 kun davom etadi. Lichinkalari «daydi» lichinkalar deyiladi, chunki ular tuxumdan chiqqach, daraxtning butun tanasi, hatto bargi va mevalarigacha tarqalib ketadi. Ma’lum joyga o‘rnashib olgan lichinkalar zo‘r berib shira so‘rib, daraxtni zararlay boshlaydi, po‘st tashlashi oqibatida o‘ziga qalqoncha yasaydi. Urg‘ochi lichinka birinchi marta 20 kun o‘tgach, ikkinchi marta birinchisidan 8–10 kun oralatib po‘st tashlab, keyin imagoga aylanadi. Rivojlanishi davomida ikki marta nasl beradi. Har bir naslining rivojlanishi 50–60 kun davom etadi. Qalqondorlarga qarshi kurashda erta bahorda daraxtlar kurtak yozguncha, havo harorati +4°C dan past bo‘lmaganda 60% li nitrofen pastasi (30–60 kg/ga hisobidan) yoki №30 preparati, 76% neft moy emulsiyasi preparatlari (40–100 l/ga hisobidan) bilan ishlov berish yaxshi natija beradi. Qishlov davrida qalqondorlarni qirib tashlash uchun 2-yilda bir marta daraxtlarga quyidagi emulsiyalardan birortasini purkash kerak. Kaliforniya qalqondori (Quadruspidiotus perniciosus Comst) Download 63.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling