Issiqxona
Download 63.08 Kb.
|
ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barg bitlari (Aphididae) oilasi.
Olma yashil biti (Aphis pomi Deg.)
(Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) Olma yashil biti tengqanotlilar turkumiga, bitlar oilasiga mansub hasharot. Bu zararkunanda olma ekiladigan hamma joyda keng tarqalgan. Olmadan tashqari, nok, behi, do‘lana va boshqa ayrim meva daraxtlariga ham zarar yetkazadi. Voyaga yetgan bit, uning lichinkasi daraxtlarning kurtagi, bargi, guli va yosh novdalari shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Zararlangan barg qorayib, to‘kilib ketadi, novdalar qing‘ir-qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo‘lib, normal rivojlanmaydi va ko‘pincha meva biti shirasining yopishqoq axlati bilan ifloslanadi. Qanotsiz urg‘ochi bitning kattaligi 2 mm, yashil, pushti rangda, ba’zan qoramtir bo‘lib, shira naychalari va dumchasi qora tusda, lichinkasi sarg‘ish rangdan to‘q yashil ranggacha, ko‘zlari qizil bo‘ladi.Tuxumining kattaligi 0,5 mm, qora tusda. Ko‘pchilik o‘simlik bitlari singari, yashil bitning erkaklari ham bahorda va yozda uchramaydi. Bu paytda urg‘ochisi erkagi bilan qo‘shilmaydi. Bunday urg‘ochi bitlar partenogenetik yo‘l bilan rivojlanadi. Bitlarning tuxumi daraxtlar novdasida, kurtaklari asosidagi har xil bo‘rtiqchalarda qishlaydi. Erta bahorda tuxumidan lichinka chiqib, oziqlana boshlaydi. Bu lichinkalar 10–15 kun davomida 4 marta po‘st tashlab, qanotli partenogenetik imagoga aylanadi. Har bir imago 80–100 tagacha tirik lichinka tu g‘adi. Bitlar o‘simliklar vegetatsiyasi davrida 15–19 martagacha nasl beradi. Sentabr-oktabr oylarida urg‘ochi va erkak lichinkalari tug‘iladi. Voyaga yetgan urg‘ochi bitlar urug‘langach, 2 – 5 tadan qishlovchi tuxum qo‘yadi. Xonqizi qo‘ng‘izlari, oltinko‘z qo‘ng‘iz lichinkalari va sirfid pashshasi lichinkalari yashil olma biti bilan oziqlanib, ularni kamaytirib turadi. Barg bitlari (Aphididae) oilasi. Barg bitlari ko‘chatzorlardagi nihollarga va bog‘lardagi yosh daraxtlarga ko‘p zarar yetkazadi. Ular bargning, surx novdalarining o‘suv nuqtasidagi shirani so‘rib oziqlanadi. Natijada barglar qovjirab, shaklini yo‘qotadi va muddatidan oldin to‘kilib ketadi. O‘suv nuqtasi shikastlangan novdalar rivojlanishdan to‘xtaydi. Ba’zi bitlar begona o‘tlarda ham hayot kechiradi. Olma bitlari, ayniqsa, bahorda ko‘payadi. Yoz chillasida ancha kamayib, kuzga borib yana ko‘payadi. Olma bitiga qarshi kurash choralari zararkunandaning xavfli sonini va zararkunanda bilan foydali hasharotlar o‘rtasidagi nisbatni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Olmazorlarga foydali hasharotlar jalb qilinsa va ular qirilsa, olma bitlarining soni ancha kamayadi. Daraxtlar gullagandan keyin har 100 novdada 10 ta olma biti to‘plami borligi kuzatilsa, ularga qarshi kurash olib boriladi. Biroq shunda ham entomofaglar sonini hisobga olish zarur. Agar afidofaglar bilan bitlarning nisbati 1:20, 1:30 bo‘lsa, kimyoviy kurash vositalaridan voz kechiladi. Daraxtlar vegetatsiyasi davrida olma yashil bitiga qarshi kurashda qo‘llashga ruxsat etilgan preparatlar ilovada jadval ko‘rinishida berilgan. Download 63.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling