Исследование в XXI веке №10 (100), часть 2 май, 2023


Download 16.45 Kb.
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi16.45 Kb.
#1702930
TuriИсследование
  1   2
Bog'liq
Yusupova Nasiba Madaminovna



Международный научный журнал
«Новости образования: исследование в XXI веке»

№ 10 (100), часть 2
май, 2023


XXI ASRDA BOLALAR KITOBXONLIGI MUAMMO VA VAZIFALARI




Yusupova Nasiba Madaminovna
Xorazm viloyati Urganch shahar 1-son umumiy
o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi


Annotatsiya: Maqolada bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchi- yoshlarda o‘qish madaniyatini tarkib toptirishda oilaning o`rni va kattalarning faoliyatlari, vazifalari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar: bolalar kitobxonligi, kitobxonlik ko‘nikmasi,, kitobni sevish, ota-ona, oila tarbiyasi, ertak, hikoya, she’rlar, usullar.

Ma‘naviyatining shakllanishida Kitobning o’rni beqiyos. Kitob yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish vositasidir, kitob ularni erkin fikrlashga, dunyoqarashining kengayishiga, go’zal nutq sohibi bo’lishga o’rgatadi. Kitob insonga sodiq do’st, uning ichida barcha ilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kеlajakdan ogoh qilib turadi. Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam bеradigan kuchdir.


Mamlakatimizda o‘quvchilarning kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchi- yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirish, tizimli yondashuv asosida boshlang`ich sinf o‘quvchilarining o‘qish madaniyatini shakllantirishga aloxida axamiyat qaratilmoqda. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tashkiliy-integrativ modelini takomillashtirish, kitob o‘qishga qiziqishni tarbiyalashning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “…jismonan sodg‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy metodologiya asoslarini aniqlashtirish, kitobxonlik ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlarini aniqlashni taqozo etadi.
Yoshlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish masalasi bugun har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ 3271 sonli Qarori qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy

faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ishni esa aynan oiladan, maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanishi o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Ta’lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari g‘oyat muhim muammolardan hisoblanib mazkur muammo xalq pedagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog‘langan holda talqin etilgan. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur keyinroq esa Abdurauf Fitrat va boshqalarning ta’limiy ahloqiy qarashlari kitob va uning ilm olishdagi fikrlari bunga yaqqol dalil bo’la oladi.
Atoqli bolalar adibi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to‘xtalib shunday degan edi “Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to‘g‘ri yo‘lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloq-odobini yo‘lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yuq ekan shuning uchun ham ota- onalarning birinchi vazifasi o‘z farzandida kitobga mehr uyg‘otish deb bilaman. Goxida fan-texnika tufayli adabiyotga e’tibor susayyapti degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go‘zallikga extiyoj tuyg‘usi bor ekan, san’at asarlari ham o‘zining bahosini xech qachon yuqotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni shavq bilan o‘qiydiganlar soni ortib borayotganini ko‘rish quvanarlidir”.
Bolalar kitobxonligining asosiy maqsadi bolalarning yoshlikdan boshlab odamiylik, halollik, haqiqatgo’ylik adolatparvarlik, go’zallik ruhida tarbiyalash chin inson bo’lib yetishishlariga xizmat qilishdan iboratdir.
Shuning uchun ko’pgina olim, shoir va yozuvchilarimiz kitob va kitobxonlikka katta e’tibor qaratadilar. Atoqli adibimiz Abdulla Qahhor: ’’Shavq bilan o’qiladigan kitob go’zallikdir. Kitobning o’qishli bo’lishi muallifning kitobxonga aytadigan to’lamag’izli va juda zarur bo’lgan fikri bo’lganini ko’rsatadi” , deb aytganlarida haq edilar. Bolalar yozuvchisi Samuel Marshak shunday degan: ” Bola har bir kitobda butun olamni ko’rishni istaydi.
Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi tomonidan yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari ko‘p ming nusxada nashr etish yo’lga qo’yilgan. Shu bilan birga, ushbu muhim soha rivoji bilan bog‘liq aholi, xususan, Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligini aniqlandi.
Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, Yoshlarning intеllеktual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining еtuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan. Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yеtkazish, onlayn buyurtma bеrish va manzilga еtkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdеk, aholiga xizmat ko‘rsatishda elеktron kitob shakllaridan kеng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi.
Xulosa qilib aytganda, bolalar kitobxonligida bolalar adabiyoti bolalarni maʼrifatga yetaklaydi. Chunki barcha davrlar bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi.Shuning uchun bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Yurtboshimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibori tufayli barcha ta’lim maskanlaridagi o’tkazilayotgan “Yosh kitobxon”, “Kirobxonlar bayrami”, turli ko’rik- tanlovlari, dam olish maskanlarida ochilayotgan zamonaviy kitob do’konlari va faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonalar yosh avlodni ma’naviy va intellektual ehtiyojini qondirishda, kitobga oshno bo’lishda muhim o’rin tutmoqda. Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat - tafakkurni abadiylashtiradi. Bu borada mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha axborot-kutubxona markazlarida bolalar kitobxonligining rivojlanishiga xizmat qilmoqda
Yosh kitobxonlarga tavsiya qilgan kitoblar orqali kitobxonlar mutolaa uchun zarur adabiyotni tanlashni bilib oladilar, shu bilan birgalikda, ular kitob o‘qish orqali mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri bilan boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bo’lgan bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi.
O’qish matnni ovoz chiqarib o’qish, og’zaki takrorlashni anglatadi. Audio ertaklami tinglashi ham mumkin. Hikoya esa hikoyachining ifodasi orqali turli bo’yoqlar bilan erkin so’zlashi. Bu hikoyachining fantaziyasi va so’z boyligiga bog’liq. Bolalar o’rgangan asarlari asosida qo’g’irchoq teatri, stol teatri, sahnalashtirishlari, rollarga bo’lib ijro etishlari orqali ertak va hikoyalarni mustahkamlashadi. Bundan tashqari ertak qahramonlari suratini chizish, o’z qo’llari bilan kitobchalar tayyorlash bilan integrallashgan holda faoliyat olib borishlari juda samarali natijani beradi. Shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida hususan kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish eng muhim omillardan hisoblanadi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda quyidagi loyihalarni tavsiya qilish mumkin.

  • Muassasadagi kitob burchagini ertak kitoblari bilan to’ldirishda pedagog- tarbiyachiga yordam bering

  • Ota-onalar uchun maslahat “Bola qanday kitob o’qish kerak?”, “Ertak terapiyasi”, - Bolalar bilan birgalikda teatr burchagiga atributlar yaratish

  • Kitobxon oila tanlovi

Bu loyihalaming maqsadi ota-onaga kitob o’qishda oila muhitining o’rni, oilaviy o’qishning qanchalik muhim ekanini tushuntirish. Shunday qilib, kitobga bo’lgan qiziqishni oiladan boshlasak, bolalarni yoshlikdan kitobga oshno qilsak, uning kelgusida barkamol va ma’naviyatli shaxs bo’lib yetishishida mustahkam asos yaratgan, yurtimiz kelajagi uchun munosib yoshlami tarbiyalashda hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

Download 16.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling