Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 1074 tibbiyot sohasida ijtimoiy -psixologik bilimlarni o’rni va ahamiyati
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqQuvondiqov Dilshod O’tkir o’g’li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raximova Roxat Boysoatovna TTA pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Ahmadova Sevinch Baxtiyor qizi
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
Международный научный журнал № 9(100), часть 3 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 1074 TIBBIYOT SOHASIDA IJTIMOIY -PSIXOLOGIK BILIMLARNI O’RNI VA AHAMIYATI Raximova Roxat Boysoatovna TTA pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Ahmadova Sevinch Baxtiyor qizi TTA 1-son davolash ishi fakulteti 213 Aguruh talabasi Quvondiqov Dilshod O’tkir o’g’li TTA 1-son davolash ishi fakulteti 213 Aguruh talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada tibbiyot va psixologiya fanlarining rivojlanish tarixi, o’zaro aloqadorligi, tibbiyot psixologiyasining tarkibiy qismlari,tibbiyotda ijtimoiy psixologik bilimlarning o’rni, bugungi kunda inson ruhiyatida tibbiyot psixologiyasining o’rni va ahamiyati haqida misollar keltirilgan. Kalit so’zlar: tibbiyot, psixopatologiya, patopsixologiya, shifokor siri, idrok, temperament. Аннотация: В данной статье представлены примеры из истории развития медицины и психологии, их взаимосвязь, составляющие медицинской психологии, роль социально-психологического знания в медицине, роль и значение медицинской психологии в психике человека на сегодняшний день. Ключевые слова: медицина, психопатология, патопсихология, врачебная тайна, восприятие, темперамент. Annotation: This article presents examples from the history of the development of medicine and psychology, their relationship, components of medical psychology, the role of socio-psychological knowledge in medicine, the role and significance of medical psychology in the human psyche today. Key words: medicine, psychopathology, pathopsychology, medical secrecy, perception, temperament. Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi.Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi. Международный научный журнал № 9(100), часть 3 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 1075 Tibbiyot psixologiyasiga bag‘ishlangan dastlabki darslik XX asming boshlarida mashhur nemis psixiatri va psixologi Ernst Krechmer tomonidan yaratildi. Uning tavsiyasi bilan tibbiyot psixologiyasi birinchi bor Yevropada alohida fan sifatida o‘qitila boshlandi. Keyinchalik tibbiyot psixologiyasiga oid bir qancha darsliklar yaratildi va bu fan dunyoning barcha universitetlarida, tibbiyot institutladda o‘qitila boshlandi. Ta’kidlash lozimki, «tibbiyot» so‘zi juda keng qamrovga ega bo‘lgan atamadir va tabiyki psixolog tibbiyotning deyarli barcha sohasida faoliyat ko'rsatadi. Ayniqsa, klinikada faoliyat ko‘rsatuvchi psixolog bevosita bemorlar bilan ishlaydi, kasallik klinikasini o‘rganadi va vrach kabi bemorlarni davolaydi. Shuning uchun aksariyat davlatlarda «Tibbiyot psixologiyasi» fani «Klinik psixologiya» deb ataladi. Rus olimlari Sechenov va Pavlov tibbiyot psixologiyasini taraqqiy etishiga katta xissa qo'shdilar. Sharqda Ibn Sinoga qadar ham bir qator olimlar barcha fanlar qatori psixologiyaga ham e'tibor berganlar Tibbiyot psixologiyasi - umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo'lib kasalliklarning kelib chiqishida psixikaning o'rni va ahamiyatini o'rganadi. Tibbiyot psixologiyasi, tom ma’noda, bеmor psixologiyasini o‘rganuvchi fandir. Lеkin bu ta’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab bеra olmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom kishilarda kasallikni kеltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillarni o‘rganadi hamda ularning sabablarini izlaydi. Tibbiyot psixologiyasi chеgara bilmas, kеng qamrovli fandir. U uzoq tarixga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanish bosqichida bir nеchta davrlarni bosib o‘tdi. Tibbiyot psixologiyasining maqsadi bemorga uning shaxsiga oid individual xususiyatlarini hisobga olgan holda shubhasiz terapevtik samara beradigan usullarni topib yondoshishdir. Tibbiyot psixologiyasi quyidagilarni o'rganadi: 1) Kasalliklarni psixik ko'rinishini. 2) Kasalliklarni kelib chiqishi va o'tishida psixikaning qanday rol o'ynashini. 3) Ularni davolashda psixikaning rolini. 4) Kasalliklarni oldini olish va sog'liqni mustahkamlashda psixikani qanday rol o'ynashini. Turli kasalliklarni davolashda psixikaning roli juda katta, kasallikni davolashda kasallarga psixik ta'sirning ahamiyati allaqachon isbotlangan. Kasallarga davo maqsadida reja asosida muntazam psixik ta'sir ko'rsatib borish psixoterapeya deb ataladi. Kasalliklarni olidini olish sog'liqni saqlash va mustahkamlashda psixikaning rolini alohida fanlar psixigigiyena va psixoprofilaktika o'rganadi. Tibbiyot psixologiyasi bir - biriga yaqin, ammo bir - biridan farq qiladigan 2 tushunchani - psixopotologiya va patopsixologiyani (patalogik psixologiyani) o'z ichiga oladi Psixopatologiya bu-avvalo ruxiy kasalliklarda, shuningdek boshqa kasalliklarda ham psixikada ro'y beradigan jami o'zgarishlardir. Международный научный журнал № 9(100), часть 3 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 1076 Patopsixologiya psixologiyaning ana shu o'zgarishlarini o'rganadigan sohasi yoki kasal odam psixikasi to'g'risidagi ta'limotdir. Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi: 1) bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o'zaro munosabatlarni; 2) psixoprofilaktika, psixogigiyena va deontologiya muammolarini; 3) shifokor siri va etikasini; 4) yosh bilan bog‘liq tibbiypsixologik muammolarni; 5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong va ularning xususiyatlarini; 6)psixologik tekshirish usullarini. Shuningdek, ushbu fan psixogen va organik kasalliklarda kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlarning etiologiyasi, klinikasi va diagnostikasini o‘rganib, davolash choralarini ishlab chiqadi. Tibbiy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu psixosomatik sindromlarni o‘rganishdir. Tibbiyot psixologiyasini boshqa tibbiyot fanlaridan ajratib o‘rganish xato bo‘lar edi. Har qanday kasallik asosiy davolash choralaridan tashqari, bemorga ruhiy ta’sir qilishni ham taqozo etadi. Masalan, operatsiyaga tayyorlanayotgan bemorni jarroh yaxshi so‘zlar bilan tinchlantiradi, operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tishiga ishontiradi, operatsiyadan keyin sog‘ayib oyoqqa turib ketishiga unda ishonch uyg‘otadi. Operatsiyadan keyin ham bemor bilan suhbatlashish asosan, uning ruhini ko'tarishga, asabini tinchlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu ish bilan albatta, jarrohning o‘zi va boshqa tibbiyot xodimlari shug:ullanadi. Homilador ayolning tug‘ish paytidagi ruhiy holati, ayniqsa, e’tiborni talab qiladi. Qo'rquvdan to’lg‘oqning qaytib ketish hollari ham ko‘p uchraydi. Tug‘ayotgan ayoldagi qo'rquvni uni shirin so‘z bilan tinchlantirib, yo‘qotish mumkin. Yoki teri-tanosil kasalliklarini olaylik. Qattiq asabiy zo'riqishdan keyin terida paydo bo‘ladigan qichimalarni kuchli gormonal surtmalarni ishlatib ham yo‘qotish qiyin yoki mumkin emas. Lekin platseboterapiya va psixoterapiya usullarini qo’llab bemorni oylab, ba’zan yillab davom etayotgan qichima dardidan xalos etish mumkin. Ma’lumki, qattiq hissiy zo‘riqishdan keyin qand kasalligi, xafaqon kasalligi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir kasalliklar rivojlanadi. Hatto oshqozon-ichak yara kasalligi, qon kasalliklari ba’zan ruhiy zo‘riqishlardan keyin paydo bo’ladi. Odam organizmida sodir bo’ladigan har qanday kasalliklarda ruhiy ta’sir albatta ishtirok etadi. Bu esa har bir vrachning psixologiyani mukammal egallashini talab qiladi. Bemorning ruhiyati sog‘lom odamnikidan farq qiladi. Har kim betoblikka turlicha munosabatda boladi. Kimdir qattiq siqiladi va o‘z ahvolini o‘zi og;irlashtiradi, boshqa birov tuzalishdan umidini uzib, taqdirga tan beradi, uchinchisi esa sog‘ayib ketishiga umid bog‘laydi. Bu, albatta, bemorning temperamentiga ham ko‘p jihatdan bog’liq. Demak, bemorni davolashga kirishayotgan har bir vrach uning qaysi temperamentga (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik) taalluqli ekanligiga ham e ’tibor qaratishi lozim. Международный научный журнал № 9(100), часть 3 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 1077 Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling