Kalit so’zlar: Dalvarzintepa, Chust, bronza, Afrosiyob, sun’iy sug’orish.
Аннотация: Данная статья представляет собой исследование истории
чустской культуры, владельцев чустской культуры, памятника Дальварзинтепа,
современных локальных особенностей чустской культуры.
Ключевые слова: Дальварзинтепа, Чуст, бронза, Афросиаб, искусственное
орошение.
Abstract: This article is a study of the history of the Chust culture, the owners of the
Chust culture, the Dalvarzintepa monument, and the current local features of the Chust
culture.
Key words: Dalvarzintepa, Chust, bronze, Afrosiyab, artificial irrigation.
KIRISH
So’ngi yillar ichida O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning turli hududlarida
ko’plab arxeologik kashfiyotlar qilinib muhim ma’lumotlar to’plandi. Olimlar tomonidan
topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o’rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni
kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy
,ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to’laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Uzoq yillik tarix mobaynida har bir xalq o’zining bebaho madaniyati va urf-odatlariga
egadir. Quyida biz mana shunday tarixi ming yillarga borib taqaluvchi, qiziqarli manba va
ma’lumotlarga boy Chust madaniyati haqida yoritib o’tamiz.
Mil.avv.ll ming yillikning oxirida va miloddan avvalgi l ming yillikning boshlarida
Farg’ona vodiysida Chust madaniyati Qadimgi Farg’onalik ilk dehqonchilik madaniyati bo’lib
bobo dehqonlarning dastlabki qishlog’i 1951-yilda arxeolog M.Ye.Voronev tomonidan
Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalgan buloq yoqasidan topib o’rganiladi. Bu
madaniyatga tegishli bo’lgan yodgorliklar Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlarida 70
dan ortiq bo’lib, ulardan 10 ga yaqini arxeologlar V.Sprishevskiy, B.Matboboyev, Yu.
Zadneprovskiylar tomonidan tadqiq etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |