Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 1389 differensial tenglama tushunchasi. Koshi masalasi. Yechimning


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1750777
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirova Sarvinoz Saminjon qizi

NATIJALAR 
Hozirgi Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari hududlarida Sug’diyona 
deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi shakllandi. Uzoq davom etgan 
tarixiy jarayonlar bilan bog’liq holda miloddan avvalgi 2,5 ming yillar ilgari(mil.aaaavv.l 
ming yilliklar o’rtalarida)markaziy So’g’dda Samarqand shahri-Afrosiyob qad ko’tardi. 
Afrosiyob tarixiy shaxs bo’lib, rivoyatlarga qaraganda Samarqand shahriga asos slogan 
pahlavondir. Afrosiyob yodgorligining ilk qatlamlaridan Chust madaniyati tipiga oid spool 
parchalari topilgan. Shuningdek, miloddan avvalgi VI asrga mansub mudofaa devorlari 
qoldiqlari o’rganiladi. 
Chust madaniyatining xo’jaligi dehqonchilik-chorvachilikni tashkil etgan. Dehqonchilik 
Farg’ona vodiysida Chust madaniyatidan oldingi davrda paydo bo’lgan. Chust madaniyati 
davrida vodiy keng o’zlashtirilgan edi. Yirik makonlarning mavjudligi madaniy qatlamning 
qalinligi, moddiy madaniyatning yuqori darajasi dehqonchilik ancha rivojlanganligini 
ko’rsatadi. Ayrim faktlar sun’iy sug’orish ham bo’lganligini ko’rsatadi. Qadimgi dehqonlar 
bug’doy, arpa, tariq ekkanlar. Chustdan topilgan tariq urug’lari dehqonchilikda tariq ko’p 
ekilganligini ko’rsatadi. 
Hozirgi kunda Chust madaniyatida 3 xil turdagi yashash joylari kavlangan: 1) chaylaga 
oʻxshash yengil uylar;
2) yertoʻlalar;
3) gʻishtpaxsadan qilingan uylar 
Chust madaniyati sohiblari, asosan, ilk sugʻorma dehqonchilik (arpa, bugʻdoy, tariq), 
chorvachilik, metall (jez)ga ishlov berish, kulolchilik, toʻqimachilik bilan shugʻullanganlar; 
ovchilik, baliq ovlash ham xoʻjalikda muhim rol oʻynagan. Bunga arxeologik yodgorliklarni 
qazish paytida topilgan jez pichoqlar, bigizlar, metallga ishlov berishda ishlatilgan tosh 


Международный научный журнал № 9(100), часть 3 
«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
1394 
qoliplar, toʻqimachilikda qoʻllanilgan suyakdan yasalgan taroqsimon asboblar hamda 
minglab sopol idishlar guvoxlik bermoqda. Uyroʻzgʻor buyumlari ichida, ayniqsa, 
naqshindor sopol idishlar ajralib turadi. Naqshlar, asosan, geometrik shaklda qora, 
jigarrang boʻyoq bilan idish sirtiga berilgan. Ayrim hollarda hayvon tasvirlari (echki) ham 
uchraydi.
XULOSA 
Chust madaniyati aholisi marhumlarni oʻzlari yashab turgan joyga (uy ichiga va 
ostonalarga) dafn etishgan. Alohida ajratilgan qabristonlar boʻlmagan. Marhumlarni yakka 
va koʻpchilik qilib gʻujanak holda yon tomon bilan koʻmganlar. Faqat Dalvarzintepada odam 
suyagi va kallasi alohida, ikkilamchi bor koʻmilgani qayd etilgan. Bulardan tashqari, uy 
hayvonlari ham baʼzida odam suyaklari bilan birga koʻmilgan. Hozirda Chust 
madaniyatining oʻziga xos mahalliy xususiyatlari va qoʻshni hududlar Toshkent vohasidagi
Burgʻuluq (Burganli)] madaniyati, Jan. Uzbekistonning Kuchuktepa madaniyati bilan 
aloqalari (B.X.Matboboyev) oʻrganilmoqda. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling