Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 799 hozirgi va kelasi zamon fe’l shakllarining taraqqiyoti


Download 14.06 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi14.06 Kb.
#1816464
TuriИсследование
Bog'liq
Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 799 hozirgi va kelasi zam-fayllar.org


Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 799 hozirgi va kelasi zamon fe’l shakllarining taraqqiyoti


Международный научный журнал № 9(100), часть 2


«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
799
HOZIRGI VA KELASI ZAMON FE’L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI 
Feruza Maxmudboyeva 
Guliston davlat universiteti 
Lingvistika:oʻzbek tili yoʻnalishi 
2-kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada fe’l va uning zamon kategoriyasi hamda hozirgi va 
kelasi zamon fe’l shakllari haqida soʻz boradi.Bundan tashqari maqolada eski oʻzbek tilida 
va hozigi oʻzbek tilimizda hozirgi va kelasi zamon shakllari qanday shaklda boʻlganligi 
xususida fikr yuritiladi. 
Kalit soʻzlarfe’l, zamon, affiks, tuslash, kelasi zamon, hozirgi zamon, kategoriya. 

Fe’l haqida gapirar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, fe’l asosiy soʻz


turkumlaridan biri boʻlib, oʻz ma’nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan
boshqa soʻz turkumlaridan ajralib turadi.
Fe’l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan
aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bogʻlaydi.
Fe’l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt,
modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega boʻlgan soʻz turkumidir. Fe’llar
harakat ma’nosini bildiruvchi soʻzlardir.Fe’llar gapda ma’lum bir sub’yekning harakatini
ifodalab keladi.
Grammatik zamon kategoriyasi tillarda eng koʻp tarqalgan fe’l kategoriyalaridan
biridir.Fe’lning zamon kategoriyasi ish-harakatning nutq sodir boʻlishi paytiga nisbatan
amalga oshishini koʻrsatadi.Nazariy jihatdan bu kategoriya gapirilayotgan paytda,
gapirilayotgan paytdan oldin, gapirilayotgan paytdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni
ifodalaydi.Koʻpchilik tillarda zamon grammatik kategoriyasi ana shu uch xususiy ma’nodan
tashkil topgan.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki
bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, bunday shakllar tizimiga
zamon kategoriyasi deyiladi. Zamon turini belgilashda soʻzlanayotgan nutq vaqti asosiy
tayanch nuqta boʻlib hisoblanadi. Ana shunga koʻra zamonlar uch xil boʻladi:
• Oʻtgan zamon
• Hozirgi zamon
• Kelasi zamon
Hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi formalar va ularning yasalish usullari boʻyicha
eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida ma’lum oʻzgachaliklar mavjud. Hozirgi
oʻzbek tilidagi –yap, -yotir, -yotib affikslari eski oʻzbek tilida qoʻllanmagan. –moqda affiksi
ayrim yodgorliklarda uchraydi. Eski oʻzbek tilida hozirgi zamon fe’li ma’nosi asosan –a/-ә(y)
affiksli ravishdosh asosida yasalgan formalar bilan ifodalangan. Bara turur men qolipidagi



Международный научный журнал № 9(100), часть 2


«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
800
forma XIII-XIV asrlarda keng qoʻllangan boʻlib, ba’zan XV asrga oid yodgorliklarda ham
uchraydi: Sordы: bu ne үn turur? Ayttыlar: Omayya qulы Bilālgʻa azāb qыla turur (Tafsir). Ul
vaqtdыn ta bu kүngәgʻchә barcha turkmәnlәr ul kitābnың masalalarыgʻa amal qыla
tururlar (SH.tar.). Baradur-men qolipidagi forma eski oʻzbek tilida keng qoʻllangan boʻlib,
XIV asrlardan boshlab kuzatiladi: Bu yurtta xabar keldi kim, Mansurnың qыzы Yusuf
zaynың mālы bilә kelәdүr (BN)
Bara-men formasi asosan XV asrdan boshlab kuzatiladi: Muңa ne uchun ruxsat berә-
siz? Bizni az kөrүb, qыzыlbashgʻa qoshulmaqqa bara turur (SH.turk). -maqda/-mәkdә
affiksli forma yozma yodgorliklarning ayrimlarida uchraydi: Ayni inayatыңdыn halыmgʻa
qыl nazara//өlmәkdә-men gʻamыңdыn, dardыmgʻa әylә chara (Munis). Hozirgi-kelasi
zamon fe’li. Hozirgi –kelasi zamon fe’li eski oʻzbek tilida – r(undoshdan keyin: -ar/-әr//-ur/-
үr) affiksi bilan hosil qilingan. SHaxs-son affikslarining toʻla varianti qoʻshilgan: barur-men,
kelүr-sen kabi. Lekin I shaxs formalarini hosil qilishda shaxs-son affikslarining qisqa
variantlari ham qoʻshilgan: Qashы uchun jān berurәm dostlar// tagʻ qoparыңыz yasagʻanda
māzār (Lutfiy). Unli bilan tugagan fe’llardan hozirgi-kelasi zamon fe’li –yur/-yүr affiksi orqali
hosil qilingan: Sen-mu bizgә bu sөzni sөzlәyүr-sen? (QR).(1)
Eski oʻzbek tilida kelasi zamon fe’lining quyidagi formalari qoʻllangan: -gʻu/-gү//-qu/-
kү. Eski oʻzbek tilida kelasi zamon fe’lini hosil qiluvchi asosiy forma hisoblangan: Bu kitābnы
oqugʻuchы va tыңlagʻuchы, albatta, tүrk bolgʻusы turur (SH.tar.). Omar bildi kim, Rasulgʻa
barыb, andыn shikāyat qыlgʻusы turur (QR). -asы/-әsi. XIII-XIV asrlarga oid ayrim
yodgorliklarda uchraydi: Bu shaharga bir paygʻambar hijrat qыlasы turur, ya’nы kelәsi turur
(Tafsir). -gʻay/-gәy//-qay/-kәy. Bu forma XI asr yodgorliklari va qadimgi uygʻur tili
yodgorliklarida ham keng qoʻllangan: Muqarrar boldы kim, taңlasы bolgʻan nokar-u sardar,
māl-u jihatы bilәn chыqыb, qorgʻannы tapshurgʻay (BN). Fe’l nisbatlari. Eski oʻzbek tilida
ham fe’l nisbatlarining quyidagi turlari mavjud: aniqlik, oʻzlik, majhul, birgalik, orttirma
nisbatlar. Aniqlik nisbati uchun eski oʻzbek tilida ham maxsus affikslar qoʻshilmaydi. Oʻzlik
nisbat –n(undoshdan keyin: -ыn/-in//-un/-үn) affiksi bilan hosil qilingan: Kuydi, ortәndi
gʻam otыnda ichim tashыm meniң (Atoiy). Ogʻuz xāngʻa baqыnmadы (SH.tar.). Oʻzlik nisbat
ma’nosi ba’zan majhul nisbat affiksi –l(-ыl/-il//-ul/-үl) bilan ham ifodalanadi: Bu vasila bilә
hayāl qыlыldы kim,..(Navoiy, MN). Majhul nisbat –l(-ыl/-il//-ul/-үl) affiksi bilan yasaladi:
Qulluq arzadāsht yekshanba kuni bitildi (Navoiy,MN). Birgalik nisbat –sh( undoshdan keyin:
-ыsh/-ish//-ush/-үsh) affiksi bilan yasaladi: Ikki qāshы bāsh bir qыlыb, bilmәn, ne sөz
sөzlәshtilәr (Lutfiy). Bir-ikki qatla ul taraf bu tarafdыn qыlыch alыshtыlar (BN). Orttirma
nisbat quyidagi affikslar bilan yasalgan: -t(-ыt/-it//-ut/-үt): Oxshattы qqamatыңgʻa
sanavbarnы bāgʻban (Navoiy, MN). -r(-ur/-үr//-ar/-әr): Kechүrgәy ushbu daryadыn meni
(Atoiy). SHaydālыqqa bash chыqarur (Navoiy, MQ). -tur/-tүr//-dur/-dүr: Hajr otы bu kun
ichimni kүydүrүr (Sakkokiy). Altun uynы tiktүrdi (SH.tar.). -gʻur/-gүr//-qur/-kүr//-qar/-kәr:
Ne muncha yazgʻuradur shayxi parsā bizni (Atoiy). Insāfsыz aduvnы yamanlыqdыn өtkәrүr
(Navoiy, MQ).(2)



Международный научный журнал № 9(100), часть 2


«Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г
801
-gʻuz/-gүz//-qaz/-kәz: Allыda bir nechәni turgʻuzdы (SHN).Meni otkәziңizlәr,
teb,..(SH.tar.). -ыz/-iz: tamыzdы, aqыzdы (Sangloh). -cәt: Kemәni nechүk yasarыn kөrsәtti
(SH.tar.).
Fe’l harakat ma’nosini bildiruvchi soʻzdir. Shu jumladan, xulosa qiladigan boʻlsak,
oʻzbek tilida fe’llarning morfologik, leksik-semantik, leksik-grammatik, sintaktik
xususiyatlariga koʻra boshqa soʻz turkumlaridan ajralib turishini koʻrib chiqdik. Fe’llar gapda
ma’lum bir sub’yekning harakatini ifodalab keladi. Fe’l murakkab kategoriyalarga boy soʻz
turkumi hisoblanadi. Fe’llarning grammatik kategoriyalari fe’l turkumiga kiruvchi
soʻzlarning sintetik yoki analitik shakllarini oʻzaro qarama-qarshi qoʻyish vositasida
ifodalanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.Gʻ.Abdurahmonov,Sh.
Shukurov,Q.Mahmudov
“Oʻzbek
tilining
tarixiy
grammatikasi” – T.,2008.
2.Shukurov.Sh “Oʻzbek tilida fe’l zamonlari taraqqiyoti”.-T.,1976.



http://fayllar.org
Download 14.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling