Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 799 hozirgi va kelasi zamon fe’l shakllarining taraqqiyoti
Download 14.06 Kb.
|
Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 799 hozirgi va kelasi zam-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI VA KELASI ZAMON FE’L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI Feruza Maxmudboyeva
- Kalit soʻzlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 799 hozirgi va kelasi zamon fe’l shakllarining taraqqiyoti Международный научный журнал № 9(100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 799 HOZIRGI VA KELASI ZAMON FE’L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI Feruza Maxmudboyeva Guliston davlat universiteti Lingvistika:oʻzbek tili yoʻnalishi 2-kurs magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada fe’l va uning zamon kategoriyasi hamda hozirgi va kelasi zamon fe’l shakllari haqida soʻz boradi.Bundan tashqari maqolada eski oʻzbek tilida va hozigi oʻzbek tilimizda hozirgi va kelasi zamon shakllari qanday shaklda boʻlganligi xususida fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar: fe’l, zamon, affiks, tuslash, kelasi zamon, hozirgi zamon, kategoriya. Fe’l haqida gapirar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, fe’l asosiy soʻz turkumlaridan biri boʻlib, oʻz ma’nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa soʻz turkumlaridan ajralib turadi. Fe’l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bogʻlaydi. Fe’l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega boʻlgan soʻz turkumidir. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi soʻzlardir.Fe’llar gapda ma’lum bir sub’yekning harakatini ifodalab keladi. Grammatik zamon kategoriyasi tillarda eng koʻp tarqalgan fe’l kategoriyalaridan biridir.Fe’lning zamon kategoriyasi ish-harakatning nutq sodir boʻlishi paytiga nisbatan amalga oshishini koʻrsatadi.Nazariy jihatdan bu kategoriya gapirilayotgan paytda, gapirilayotgan paytdan oldin, gapirilayotgan paytdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni ifodalaydi.Koʻpchilik tillarda zamon grammatik kategoriyasi ana shu uch xususiy ma’nodan tashkil topgan. Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, bunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi. Zamon turini belgilashda soʻzlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta boʻlib hisoblanadi. Ana shunga koʻra zamonlar uch xil boʻladi: • Oʻtgan zamon • Hozirgi zamon • Kelasi zamon Hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi formalar va ularning yasalish usullari boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida ma’lum oʻzgachaliklar mavjud. Hozirgi oʻzbek tilidagi –yap, -yotir, -yotib affikslari eski oʻzbek tilida qoʻllanmagan. –moqda affiksi ayrim yodgorliklarda uchraydi. Eski oʻzbek tilida hozirgi zamon fe’li ma’nosi asosan –a/-ә(y) affiksli ravishdosh asosida yasalgan formalar bilan ifodalangan. Bara turur men qolipidagi Международный научный журнал № 9(100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 800 forma XIII-XIV asrlarda keng qoʻllangan boʻlib, ba’zan XV asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi: Sordы: bu ne үn turur? Ayttыlar: Omayya qulы Bilālgʻa azāb qыla turur (Tafsir). Ul vaqtdыn ta bu kүngәgʻchә barcha turkmәnlәr ul kitābnың masalalarыgʻa amal qыla tururlar (SH.tar.). Baradur-men qolipidagi forma eski oʻzbek tilida keng qoʻllangan boʻlib, XIV asrlardan boshlab kuzatiladi: Bu yurtta xabar keldi kim, Mansurnың qыzы Yusuf zaynың mālы bilә kelәdүr (BN) Bara-men formasi asosan XV asrdan boshlab kuzatiladi: Muңa ne uchun ruxsat berә- siz? Bizni az kөrүb, qыzыlbashgʻa qoshulmaqqa bara turur (SH.turk). -maqda/-mәkdә affiksli forma yozma yodgorliklarning ayrimlarida uchraydi: Ayni inayatыңdыn halыmgʻa qыl nazara//өlmәkdә-men gʻamыңdыn, dardыmgʻa әylә chara (Munis). Hozirgi-kelasi zamon fe’li. Hozirgi –kelasi zamon fe’li eski oʻzbek tilida – r(undoshdan keyin: -ar/-әr//-ur/- үr) affiksi bilan hosil qilingan. SHaxs-son affikslarining toʻla varianti qoʻshilgan: barur-men, kelүr-sen kabi. Lekin I shaxs formalarini hosil qilishda shaxs-son affikslarining qisqa variantlari ham qoʻshilgan: Qashы uchun jān berurәm dostlar// tagʻ qoparыңыz yasagʻanda māzār (Lutfiy). Unli bilan tugagan fe’llardan hozirgi-kelasi zamon fe’li –yur/-yүr affiksi orqali hosil qilingan: Sen-mu bizgә bu sөzni sөzlәyүr-sen? (QR).(1) Eski oʻzbek tilida kelasi zamon fe’lining quyidagi formalari qoʻllangan: -gʻu/-gү//-qu/- kү. Eski oʻzbek tilida kelasi zamon fe’lini hosil qiluvchi asosiy forma hisoblangan: Bu kitābnы oqugʻuchы va tыңlagʻuchы, albatta, tүrk bolgʻusы turur (SH.tar.). Omar bildi kim, Rasulgʻa barыb, andыn shikāyat qыlgʻusы turur (QR). -asы/-әsi. XIII-XIV asrlarga oid ayrim yodgorliklarda uchraydi: Bu shaharga bir paygʻambar hijrat qыlasы turur, ya’nы kelәsi turur (Tafsir). -gʻay/-gәy//-qay/-kәy. Bu forma XI asr yodgorliklari va qadimgi uygʻur tili yodgorliklarida ham keng qoʻllangan: Muqarrar boldы kim, taңlasы bolgʻan nokar-u sardar, māl-u jihatы bilәn chыqыb, qorgʻannы tapshurgʻay (BN). Fe’l nisbatlari. Eski oʻzbek tilida ham fe’l nisbatlarining quyidagi turlari mavjud: aniqlik, oʻzlik, majhul, birgalik, orttirma nisbatlar. Aniqlik nisbati uchun eski oʻzbek tilida ham maxsus affikslar qoʻshilmaydi. Oʻzlik nisbat –n(undoshdan keyin: -ыn/-in//-un/-үn) affiksi bilan hosil qilingan: Kuydi, ortәndi gʻam otыnda ichim tashыm meniң (Atoiy). Ogʻuz xāngʻa baqыnmadы (SH.tar.). Oʻzlik nisbat ma’nosi ba’zan majhul nisbat affiksi –l(-ыl/-il//-ul/-үl) bilan ham ifodalanadi: Bu vasila bilә hayāl qыlыldы kim,..(Navoiy, MN). Majhul nisbat –l(-ыl/-il//-ul/-үl) affiksi bilan yasaladi: Qulluq arzadāsht yekshanba kuni bitildi (Navoiy,MN). Birgalik nisbat –sh( undoshdan keyin: -ыsh/-ish//-ush/-үsh) affiksi bilan yasaladi: Ikki qāshы bāsh bir qыlыb, bilmәn, ne sөz sөzlәshtilәr (Lutfiy). Bir-ikki qatla ul taraf bu tarafdыn qыlыch alыshtыlar (BN). Orttirma nisbat quyidagi affikslar bilan yasalgan: -t(-ыt/-it//-ut/-үt): Oxshattы qqamatыңgʻa sanavbarnы bāgʻban (Navoiy, MN). -r(-ur/-үr//-ar/-әr): Kechүrgәy ushbu daryadыn meni (Atoiy). SHaydālыqqa bash chыqarur (Navoiy, MQ). -tur/-tүr//-dur/-dүr: Hajr otы bu kun ichimni kүydүrүr (Sakkokiy). Altun uynы tiktүrdi (SH.tar.). -gʻur/-gүr//-qur/-kүr//-qar/-kәr: Ne muncha yazgʻuradur shayxi parsā bizni (Atoiy). Insāfsыz aduvnы yamanlыqdыn өtkәrүr (Navoiy, MQ).(2) Международный научный журнал № 9(100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» апрель, 2023 г 801 -gʻuz/-gүz//-qaz/-kәz: Allыda bir nechәni turgʻuzdы (SHN).Meni otkәziңizlәr, teb,..(SH.tar.). -ыz/-iz: tamыzdы, aqыzdы (Sangloh). -cәt: Kemәni nechүk yasarыn kөrsәtti (SH.tar.). Fe’l harakat ma’nosini bildiruvchi soʻzdir. Shu jumladan, xulosa qiladigan boʻlsak, oʻzbek tilida fe’llarning morfologik, leksik-semantik, leksik-grammatik, sintaktik xususiyatlariga koʻra boshqa soʻz turkumlaridan ajralib turishini koʻrib chiqdik. Fe’llar gapda ma’lum bir sub’yekning harakatini ifodalab keladi. Fe’l murakkab kategoriyalarga boy soʻz turkumi hisoblanadi. Fe’llarning grammatik kategoriyalari fe’l turkumiga kiruvchi soʻzlarning sintetik yoki analitik shakllarini oʻzaro qarama-qarshi qoʻyish vositasida ifodalanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Gʻ.Abdurahmonov,Sh. Shukurov,Q.Mahmudov “Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi” – T.,2008. 2.Shukurov.Sh “Oʻzbek tilida fe’l zamonlari taraqqiyoti”.-T.,1976. http://fayllar.org Download 14.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling