Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 359 "xorazm maqom suvoralari"


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1424677
TuriИсследование
  1   2   3
Bog'liq
Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
359 
“XORAZM MAQOM SUVORALARI” 
 
Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek Milliy
musiqa san’ati instituti 
Maqom xonandaligi yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
Z.Suyunova 
Ilmiy rahbar:
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek Milliy
musiqa san’ati institute katta o‘qituvchisi, dotsent  
 
 
Annotatsiya; ushbu maqolada xorazm maqomlari, uning ashula bo’limi, shashmaqom 
bilan aloqasi, xorazm maqom taronasi hisoblangan xorazm maqom suvoralari, ularning 
nazariy amaliy asoslari yoritilgan. 
Kalit so’z;lokallik, xorazm, suvora, tarona, naqsh, faryod. 
Musiqa san’ati juda qadimda paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan 
odamlar tabiatidagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay boshlaganlar,bilganla,kuylashni 
o’rganganlar,dastlabki cholgu sozlarni yaratganlar. Xozirgi kungacha bu sozlar 
takomillashgach,ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy 
qobiliyatlarga ega bolgan kishilar ajoyib musiqa asarlarni yaratib musiqa san’atini 
boyitganlar. Musiqa-san’ati turlaridan biridir. Rassomchilik, me’morchilik,teatr va boshqa 
san’at turlari bilan bir qatorda musiqa inson hayotida muhim o’rin tutadi. Musiqa san’ati 
asarlari ma’naviy boyliklar xisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi,ularga ma’naviy 
ozuqa boladi va estetik didini tarbiyalaydi. Musiqa inson hayoti davomida unga doim 
hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan dam 
maroqli boladi. Kishilarning bayramlari,to’y-tomoshalari ham, fojiali motam marosimlari 
ham musiqa bilan o’tadi.Mana shunday tarzda har bir millatning o’z ijtimoiy hayoti bilan 
bogliq holda shakllangan milliy san’ati yuzaga keladi.Boshqa ko’plab elatlar singari O’zbek 
xalqi ham juda qadimiy me’rosga ega.O’zbek xalqi musiqa me’rosiga ega. O’zbek xalqi 
musiqa me’rosi juda boy va go’zal asarlarni o’zida mujassam etgan ulkan ummon singaridir. 
Musiqiy merosimizdan joy olgan musiqa namunalari asrlar osha ijro etilib,avloddan-avlodga 
o’tib,sayqallanib kelgan. Xalqimizning bu boy va murakkab musiqiy merosi azaldan ustoz 
san’atkorlar tomonidan og’zaki uslubda yaratilib, ustozdan shogirdga o’tgan va an’ana 
tarzida ijro etilib bizgacha yetib kelgan. Ma’lumki ushbu xalq merosimizni ikki yirik qatlam: 
og’zaki an’anadagi professional musiqa va folkyor musiqasi tashkil etadi. Maqomchilik 
san’ati esa ogzaki an’anadagi professional musiqa qatlamiga tegishlidir. O’zbek maqomot 
tizimi boy va mukammal. Xususan hozrida uchta maqomlar tizimi mavjud bular


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
360 
“Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari”, “Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari” dir. Maqom 
tizimi orasida Xorazm maqomlari o’ziga xos, xalqchilik, moziydan kelgan sadolarga 
burkanganligi bilan ajralib turadi.
Xorazm maqomlari yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xorazm maqomlarining 
uzil-kesil qaror topishida Buxoro maqomchilik an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘rinda 
atoqli musiqachi Niyozjon Xo‘janing xizmatlari alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Shunga ko‘ra, 
Niyozjon Xo‘ja XIX asr boshlarida Buxoroga kelganligi va Shashmaqomni maxsus o‘rganib, 
so‘ngra bu san’atni Xorazmda tarqatganligi aytiladi. Ayni vaqtda maqomlar Xorazm 
sharoitiga moslanib, mahalliy badiiy an’analar bilan bog‘liq jihatlarga ega bo‘lganligi ham 
ta’kidlanadi. Biroq, bu kabi ma’lumotlar Buxoro “Shashmaqomi” Xorazmga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ko‘chirilganligini anglatmaydi, balki Xorazmda qadimdan mavjud maqomchilik an’analari 
namunalarini yaxlit bir tizmga tushirishda Shashmaqom turkumi andoza sifatida 
olinganligiga ishora etadi.
XIX asrda yashab ijod etgan shoir va musiqashunos olim Pahlavon Niyoz 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling