Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 359 "xorazm maqom suvoralari"
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi
Muhammad (taxallusi Komil Xorazmiy, 1825–1897) o‘zi kashf etgan “Tanbur chizig‘i” nomli
o‘ziga xos «nota yozuvi» vositasida Xorazm maqomlarini yozib olish tajribasini boshlab bergan edi. Bu ishni uning o‘g‘li – Muhammad Rasul Mirzaboshi davom ettirgan. O‘ng tomondan chapga qarab o‘qilgan mazkur «nota yozuvi»da tanbur pardalariga oid 18 ta muvoziy chiziqlar bo‘lgan va bunda sadolanishi (bosilishi) lozim bo‘lgan pardalar nuqtalar vositasida belgilangan. 49 Xorazm maqomlari ikki yirik bo’limdan tashkil topgan. Ular aytim va chertim, yoki mansur va manzum nomi bilan ham ataladi. Xorazm maqomlarining ashula bo‘limi “aytim yo‘li” (yoki “Manzum”) deb ataladi va uning tarkibidagi “Tani Maqom”, “Talqin”, “Nasr”, “Suvora”, “Naqsh” va “Faryod” kabi qismlar Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Ogahiy, Munis, Avaz O‘tar kabi donishmand shoirlarning aruz vaznli nazmiy ijodlari asosida “o‘qiladi”. Aytim yo‘lining ilk qismlarida “Saraxbor” atamasi umuman uchramaydi, balki bu o‘rinda (chertim yo‘lida bo‘lgani singari), maqomning nomi (“Maqomi Rost”, “Maqomi Buzruk” kabi) yoki “Tani Maqom” iborasi ishlatiladi. Mazkur qismlarda qo‘llangan doira usuli esa, chertim yo‘li boshlang‘ichida kelgan “gup, ist, tak, ist” kabi ko‘rinishda hozir bo‘ladi. Manzumlarning o‘rta bo‘g‘inlaridan o‘rin olgan Talqin va Nasrlar Shashmaqomda shu nomlarda kelgan sho‘balar kabi mukammal ishlangan aytim yo‘llaridir. Xorazm maqomlarining aytim yo‘llarida Taronalar ham qo‘llanilib, bu o‘rinda, ko‘pincha “Suvora”, “Naqsh”, “Faryod” nomli ashulalar ishlatiladi. Biroq, Shashmaqomdagi Taronalardan farqli o‘laroq, mazkur ashulalar anchayin rivojlanganligi, avj tuzilmalari qo‘shilib ishlanganligi bilan ajralib turadi. Aytim yo‘llari “Ufar” nomli qismlar bilan yakunlanadi. Xullas, Xorazm maqomlari aytim 49 O.Ibrohimov. Maqom asoslari. Turon Iqbol nashriyoti. Toshkent - 2018-yil 99 bet Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г 361 yo‘llarini Shashmaqomning “Nasr” bo‘limlari bilan qiyoslaganda ko‘plab o‘xshash va o‘zgacha holatlar namoyon bo‘ladi. 50 Xorazm maqomlari Buhora Shashmaqomidan andoza olgani ma’lumki, biroq ushbu Xorazm maqomlari o’ziining mustaqil turkum ekanligini aytmiq joiz. Xususan Xorazm maqomlarida Shashmaqom va Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarida uchramaydigan Suvora, Naqsh, Faryod kabi ashula qismlari mavjud. Xorazm maqom taronalarining o’ziga xos jixatlaridan biri ularning Shashmaqom taronlari kabi hajman ixcham, oddiy tuzilmaga ega ko’rinishida emas, balki ko’proq nisbatan rivojlangan ashula ko’rinishda ekanligidadir. Shuningdek, mazkur turkum taronalari Shashmaqomdan farqli o’laroq aksar misollarda mumtoz shoirlarning she’rlariga bog’langan. 51 Xorazm maqomlarida Suvora nomli taronasi o’zining xalchilligi, musiqasining mashhurligi bilan ajralib turadi. Xorazm maqom Suvoralarini o’rgangan musiqashunos Sh.Oyxo’jayeva maqom suvoralarini ikki xil usulli ko’rinishga ajratadi. Birinchisi nomdosh usulli va ufar usulli suvoraga. Masalan Dugoh maqomining I qism aytimlari tarkibida Nasrdan so’ng keluvchi Suvora ufar usulida berilsa, navbatdagi Bayotdan so’ng keluvchi Suvora Nomdosh usuliga bog’lanadi. Suvoraning lug’aviy negizi “suvoriy”, “otliq”, “chapandoz” ma’nolarini anglatib, xorazm maqomlarining tarkibiy qismi bo’lishi bilan bir qatorda, Xorazmda mustaqil aytim janri sifatida keng tarqalgan. . Hozirda Suvora yo’llarining turli namunalari keng tarqalgan. Birinchi asosiy Katta Suvora “Ona Suvora” deyiladi yoki “O’zbek Suvorasi” deyiladi. Ba’zida “Tojik Suvorasi” deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat: Maqomdon ustoz Xojixon Boltaev savti suvoralarni qator variantlarini yaratgan. «Ufori savti suvora» I, II hamda «Gul ufor savti suvora» yo’llari shular jumlasidandir. Suvoralar hajm jihatidan maqomlarning asosiy aytim qismlariga teng, avjlariga egadir. Suvoralar ko’pincha she’riy muhammaslarga bog’lanib kuylanadi. Suvora ham o’z navbatida muayyan turkumga jamlangan turli ko’rinishilarga ega. Masalan; 1. Suvora – Tani suvora ya’ni asosiy suvora. 2. Chapandozi suvora, Kajang suvora – ufori suvora deb ham ataladi. 3. Yak parda suvora, Qo’sh parda suvora 4. Savti suvora 52 Maqomlar tarkibida suvora asosan Tani maqom yoki Nasr sho’balaridan so’ng keladi. Ba’zan esa Talqindan so’ng kelganini ham ko’rishimiz mumkun. Suvoralar doimo 13/4 o’lchovli murakkab doyra usulida ijro etiladi. 50 O.Ibrohimov. Maqom asoslari. Turon Iqbol nashriyoti. Toshkent - 2018-yil 104 bet 51 Sh.Oyho’jayeva. Maqom taronalari. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi Tahrir – Nashriyot bo’limi. Toshkent 2011 yil. 37 bet 52 Sh.Oyho’jayeva. Maqom taronalari. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi Tahrir – Nashriyot bo’limi. Toshkent 2011 yil.39 bet. Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г 362 Xulosa qilib aytish joizki, Xorazm vohasi avvalo musiqiy madaniyatning gullab yashnagan zaminlaridan biridir. Xorazm maqomlari esa o’ziga hos maqom turkumidir. Ushbu vohaning o’ziga xos tomonlaridan biri, xalqi doimo san’at shaydosi musiqa shinavandasidir. Maqomlarni sevib ijro etishadi, va sevib tinglashadi. Xorazm suvoralari esa ham xalq musiqa merosi ham bastakorlik ijodining yorqin na’munasidir. Ularni o’rganish o’zlashtirish, yanada targ’ib qilmoq kerak. Masalan radio Tv orqali maqom suvoralarini tez- tez ijro ettirmoq kerak. Zero suvoralar xalqimizning o’lmas sadolariga bezangandir. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling