Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 359 "xorazm maqom suvoralari"


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1424677
TuriИсследование
1   2   3
Bog'liq
Axmedova Sarvinozxon Ravshanbek qizi

Muhammad (taxallusi Komil Xorazmiy, 1825–1897) o‘zi kashf etgan “Tanbur chizig‘i” nomli 
o‘ziga xos «nota yozuvi» vositasida Xorazm maqomlarini yozib olish tajribasini boshlab 
bergan edi. Bu ishni uning o‘g‘li – Muhammad Rasul Mirzaboshi davom ettirgan. O‘ng 
tomondan chapga qarab o‘qilgan mazkur «nota yozuvi»da tanbur pardalariga oid 18 ta 
muvoziy chiziqlar bo‘lgan va bunda sadolanishi (bosilishi) lozim bo‘lgan pardalar nuqtalar 
vositasida belgilangan.
49
Xorazm maqomlari ikki yirik bo’limdan tashkil topgan. Ular aytim va chertim, yoki 
mansur va manzum nomi bilan ham ataladi. Xorazm maqomlarining ashula bo‘limi “aytim 
yo‘li” (yoki “Manzum”) deb ataladi va uning tarkibidagi “Tani Maqom”, “Talqin”, “Nasr”, 
“Suvora”, “Naqsh” va “Faryod” kabi qismlar Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Ogahiy, Munis, Avaz 
O‘tar kabi donishmand shoirlarning aruz vaznli nazmiy ijodlari asosida “o‘qiladi”. Aytim 
yo‘lining ilk qismlarida “Saraxbor” atamasi umuman uchramaydi, balki bu o‘rinda (chertim 
yo‘lida bo‘lgani singari), maqomning nomi (“Maqomi Rost”, “Maqomi Buzruk” kabi) yoki 
“Tani Maqom” iborasi ishlatiladi. Mazkur qismlarda qo‘llangan doira usuli esa, chertim yo‘li 
boshlang‘ichida kelgan “gup, ist, tak, ist” kabi ko‘rinishda hozir bo‘ladi. Manzumlarning 
o‘rta bo‘g‘inlaridan o‘rin olgan Talqin va Nasrlar Shashmaqomda shu nomlarda kelgan 
sho‘balar kabi mukammal ishlangan aytim yo‘llaridir. Xorazm maqomlarining aytim 
yo‘llarida Taronalar ham qo‘llanilib, bu o‘rinda, ko‘pincha “Suvora”, “Naqsh”, “Faryod” 
nomli ashulalar ishlatiladi. Biroq, Shashmaqomdagi Taronalardan farqli o‘laroq, mazkur 
ashulalar anchayin rivojlanganligi, avj tuzilmalari qo‘shilib ishlanganligi bilan ajralib turadi. 
Aytim yo‘llari “Ufar” nomli qismlar bilan yakunlanadi. Xullas, Xorazm maqomlari aytim 
49
O.Ibrohimov. Maqom asoslari. Turon Iqbol nashriyoti. Toshkent - 2018-yil 99 bet 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
361 
yo‘llarini Shashmaqomning “Nasr” bo‘limlari bilan qiyoslaganda ko‘plab o‘xshash va 
o‘zgacha holatlar namoyon bo‘ladi. 
50
Xorazm maqomlari Buhora Shashmaqomidan andoza olgani ma’lumki, biroq ushbu 
Xorazm maqomlari o’ziining mustaqil turkum ekanligini aytmiq joiz. Xususan Xorazm 
maqomlarida Shashmaqom va Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarida uchramaydigan 
Suvora, Naqsh, Faryod kabi ashula qismlari mavjud. Xorazm maqom taronalarining o’ziga 
xos jixatlaridan biri ularning Shashmaqom taronlari kabi hajman ixcham, oddiy tuzilmaga 
ega ko’rinishida emas, balki ko’proq nisbatan rivojlangan ashula ko’rinishda ekanligidadir. 
Shuningdek, mazkur turkum taronalari Shashmaqomdan farqli o’laroq aksar misollarda 
mumtoz shoirlarning she’rlariga bog’langan.
51
Xorazm maqomlarida Suvora nomli taronasi o’zining xalchilligi, musiqasining 
mashhurligi bilan ajralib turadi. Xorazm maqom Suvoralarini o’rgangan musiqashunos 
Sh.Oyxo’jayeva maqom suvoralarini ikki xil usulli ko’rinishga ajratadi. Birinchisi nomdosh 
usulli va ufar usulli suvoraga. Masalan Dugoh maqomining I qism aytimlari tarkibida 
Nasrdan so’ng keluvchi Suvora ufar usulida berilsa, navbatdagi Bayotdan so’ng keluvchi 
Suvora Nomdosh usuliga bog’lanadi. 
Suvoraning lug’aviy negizi “suvoriy”, “otliq”, “chapandoz” ma’nolarini anglatib, 
xorazm maqomlarining tarkibiy qismi bo’lishi bilan bir qatorda, Xorazmda mustaqil aytim 
janri sifatida keng tarqalgan. . Hozirda Suvora yo’llarining turli namunalari keng tarqalgan. 
Birinchi asosiy Katta Suvora “Ona Suvora” deyiladi yoki “O’zbek Suvorasi” deyiladi. Ba’zida 
“Tojik Suvorasi” deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat: 
Maqomdon ustoz Xojixon Boltaev savti suvoralarni qator variantlarini yaratgan. 
«Ufori savti suvora» I, II hamda «Gul ufor savti suvora» yo’llari shular jumlasidandir. 
Suvoralar hajm jihatidan maqomlarning asosiy aytim qismlariga teng, avjlariga egadir. 
Suvoralar ko’pincha she’riy muhammaslarga bog’lanib kuylanadi. Suvora ham o’z navbatida 
muayyan turkumga jamlangan turli ko’rinishilarga ega. Masalan;
1. Suvora – Tani suvora ya’ni asosiy suvora. 
2. Chapandozi suvora, Kajang suvora – ufori suvora deb ham ataladi. 
3. Yak parda suvora, Qo’sh parda suvora 
4. Savti suvora
52
Maqomlar tarkibida suvora asosan Tani maqom yoki Nasr sho’balaridan so’ng keladi. 
Ba’zan esa Talqindan so’ng kelganini ham ko’rishimiz mumkun. Suvoralar doimo 13/4 
o’lchovli murakkab doyra usulida ijro etiladi.
50
O.Ibrohimov. Maqom asoslari. Turon Iqbol nashriyoti. Toshkent - 2018-yil 104 bet 
51
Sh.Oyho’jayeva. Maqom taronalari. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi Tahrir – Nashriyot bo’limi. Toshkent 2011 
yil.
37 bet 
52
Sh.Oyho’jayeva. Maqom taronalari. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi Tahrir – Nashriyot bo’limi. Toshkent
2011 yil.39 bet. 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
362 
Xulosa qilib aytish joizki, Xorazm vohasi avvalo musiqiy madaniyatning gullab 
yashnagan zaminlaridan biridir. Xorazm maqomlari esa o’ziga hos maqom turkumidir. 
Ushbu vohaning o’ziga xos tomonlaridan biri, xalqi doimo san’at shaydosi musiqa 
shinavandasidir. Maqomlarni sevib ijro etishadi, va sevib tinglashadi. Xorazm suvoralari esa 
ham xalq musiqa merosi ham bastakorlik ijodining yorqin na’munasidir. Ularni o’rganish 
o’zlashtirish, yanada targ’ib qilmoq kerak. Masalan radio Tv orqali maqom suvoralarini tez-
tez ijro ettirmoq kerak. Zero suvoralar xalqimizning o’lmas sadolariga bezangandir.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling