Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 380 amarhthus hybridus L. Ning transpiratsiya jadalligi va barglarining
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqUlug’murodova Y
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUV SAQLASH QOBILIYATI Ulug’murodova Y.A Sanakulov A.L
- Kalit so’zlar
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г 380 AMARHTHUS HYBRIDUS L. NING TRANSPIRATSIYA JADALLIGI VA BARGLARINING SUV SAQLASH QOBILIYATI Ulug’murodova Y.A Sanakulov A.L Samarqand Davlat Universiteti Abstrakt: Maqolada Samarqand viloyati sharoitida o’stirilgan Amarnthus hybridusning transpiratsiya jadalligi va barglarining suv saqlash qobiliyati, barglaridagi suv zahirasining kunlik va mavsumiy o`zgarishi bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Kalit so’zlar: Amarant, suv saqlash qobiliyati, qurg’oqchilik, transpiratsiya jadalligi, suv miqdori, amplitude. Dunyoda aholi sonining ortib borishi natijasida oziq-ovqat muammosi birinchi darajaga ko`tarilib, tabiiy holdagi to`yimli, oqsilga boy sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab ortmoqda. Shuningdek, suv tanqis, qurg`oqchil hamda sho`rlangan maydonlarning tobora ortib borishi, ekologik muammolarning keskinlashishi sababli bunday tuproq-iqlim sharoitlarda yetishtirish mumkin bo`lgan ozuqabop o`simliklar ustida ilmiy hamda amaliy izlanishlar olib borilmoqda [1]. Amaranthus turkumining istiqboll ishlatiladigan turlarini yetishtirish uchun ularning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash asosida hosildorligini va ozuqaviylik sifatini oshirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga innovatsiya ishlanmalarini joriy qilgan holda ekinlarning yangi navlarini yaratish, istiqbolli o`simliklarni respublikamiz sharoitida introduksiya qilish va ularning hosildorligi hamda stress omillarga chidamliligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo`nalishda noan’anaviy, hosildorligi yuqori, oqsil, uglevod, yog` miqdori ko`p, urug` hosildorligi turg`un bo`lgan o`simliklarni amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda [2]. O`rganilgan amarant turlarining barglaridagi suv miqdori ularning vegetatsiyasi davomida kamayib borganligi aniqlandi. Mavsum davomida barglardagi suv miqdori kunning ertalabki soatlarida yuqori bo`lib, kunning o`rtasida (tushdan keyingi soatlarda) uning kamayishi kuzatildi. Ikki xil ekologik sharoitlarda o`stirilgan amarant turlarining barglarida transpirasiya jadalligi o`rganilganida uning o`simliklarni yetishtirish sharoitlariga hamda biologik xususiyatlariga bog`liqligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, o`rganilgan amarant turining suvning bug`latilishi (transpiratsiya) kun davomida va o`simlikning vegetatsiya mobaynida o`zgarganligi qayd etildi. Amarant turlari barglarida transpiratsiya jadalligining yuqori ko`rsatkichlari yoz oylari (iyul va avgust) da kuzatilib, bu bevosita havo harorati va nisbiy namligiga hamda o`simliklarning biologik xususiyatlariga bog`liqdir. Amarant turlari o`simliklarining rivojlanishi davrlarida transpiratsiya jadalligi turlicha Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г 381 bo`lganligi aniqlandi: boshlang`ich davrlarida transpiratsiya jadalligi past, gullash va urug`larining shakllanish davrlarida kuchayganligi, vegetatsiyaning oxirida yana kamayishi kuzatildi. O`rganilgan amarant turining kun davomidagi transpiratsiya jadalligi ertalabki soatlarda past, tushki soatlarda eng yuqori va kechki soatlarda yana past bo`lishi aniqlandi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling