1-jadval
Samarqand viloyati sharoitida Amaranthus hybridusning barglarida transpiratsiya
jadalligining maksimum va minimum qiymatlari va hamda mavsumiy amplitudasi
(mg/g.soat hisobida )
Amarant turi
Maksimum
Minimum
Mavsumiy amplitudasi
Amaranthus hybridus
1920
230
1700
Iyun oyida amarant barglarida transpirasiya jadalligining eng yuqori ko`rsatkichi soat
12 ga to`g`ri
kelganligi, keyingi soatlarda keskin kamayib, kechki soat 20
da yana biroz
ortishi kuzatildi, ya’ni transpiratsiya jadalligining egri chizig`i ikki yuksalishga ega bo`lganligi
qayd etildi. Aniqlangan boshqa muddatlarda transpirasiya jadalligining maksimumi soat 14
ga to`g`ri kelib, transpiratsiya jadalligini ifodalovchi egri chiziq bir cho`qqilik ko`rinishiga
ega bo`lganligi aniqlandi. Amarant turlari barglarida transpiratsiya jadalligining mavsumiy
amplitudasi 1700 mg/g. soat ga to’g’ri kelganligi hisobga olindi.
O`simlik barglarining suvni saqlash qobiliuati ham ko`p omillarga: o`simlik
turi va
navlarining biologik xususiyatlariga, tuproq namligi, havo harorati hamda nisbiy namligi va
hokazolarga bog`liq bo`ladi. Shu bois respublikamiz uchun yangi bo`lgan amarant turlari
barglarining suvni saqlash qobiliyati o`rganildi.
2-jadval
Samarqand viloyati sharoitida Amaranthus hybridus barglarining suv saqlash
qobiliyati (3 soatlik ekspozitsiya , % hisobida)
Amarant
turi
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentyabr
Mavsumiy
amplitude
Amaranthus
hybridus
82,6±2,2
81.3±2.2
79.4±2.1
77.8±2.1
78±2.1
5.2±0.18
Tadqiqot natijalarga ko`ra, o`rganilgan amarant turi
barglarining suvni saqlash
qobiliyati yuqori ekanligi aniqlandi, ya’ni amarant o`simligi qurg`oqchilikka chidamlidir.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Norain Jamoluddin, Fest J Massawe and Rachael C Symonds ‘’
Transpiration
efficiency of Amaranth in response to drought stress.2018-october . Journal of
Horticultural Science and Biotexnology.
2. Tursunova Sh.A. Donli amaranth turlarining intraduksiya
sharoitlaridagi
biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari. –T. 2019. -B.5