Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 180 isiriq, moychechak, qizilmiya o’simliklarining dorivorlik xususiyati


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1612852
TuriИсследование
Bog'liq
Zokirova Muslima



Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
180 
ISIRIQ, MOYCHECHAK , QIZILMIYA O’SIMLIKLARINING DORIVORLIK XUSUSIYATI 
Zokirova Muslima 
 Andijon Davlat Pedagogika insitituti 
 Biologiya yo’nalishi talabasi 
Annnotatsiya: Ushbu maqolada kundalik hayotimizda ko’p ishlatiladigan 
o’simliklarning ayrimlari haqida malumotga ega bo’lasiz . Ularning dorivorlik xususiyatlari 
bilan yaqindan tanishib olasiz. 
Аннотация: В этой статье вы узнаете о некоторых растениях, которые мы 
часто используем в нашей повседневной жизни.Вы будете знакомы с их целебными 
свойствами. 
AnnotationIn this article you will learn about some of the plants we use a lot in our 
daily lives.You will be familiar with their medicinal properties. 
Kalit so’zlar: Isiriq , tinchlantiruvchi, katarkta, qizilmiya, teri saratoni , qizilmiya 
atributi, astma, moychechak, farmakognoziya. 
Isiriq - o’simligi xalq tabobatida juda keng foydalaniladigan o’simlik bo’lib.Uning 
keng miqyosda foydalanilishiga tarkibida alkaloidlar peganol paganidin garmin garmalin 
va turli oshlovchi moddalarning mavjudligi. Isiriqni quyida foydali jihatlari berilgan: 
- Isiriq urug’i qaynatmasi nafas olish qiyinlashganda , nafas qisishi kuzatilganda zigir 
urugi bilan aralashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo’ladi . 
- Isiriqning shonalash davrida olinadigan o’ti va urug’lari davolashda ancha samarali 
hisoblanadi . 
- Isiriq o’tni kuydirib biroz hidlansa bosh og’rig’i yo’qoladi . 
- Isiriq tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo’llash mumkin . Bu xususiyati 
uyqusizlikda foyda beradi. 
- O’simlikning shirasi kataraktada ancha samara beradi. Qaynatmasi bilan yuz 
yuviladi. 
- Uy joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qoyish mumkin
- Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimidirilib qichimaga surtilsa qichimani tuzatadi 
bu jarayon 10 kun davom etiriladi. 
- Yurak faoliyatini yaxshilash maqsadida isiriq urugi, sedana, kamfora , murch, 
petrushka, qora zira , zafaron teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Hamda asal yoki shakar 
qoshilib kuniga 1mahaldan ichiladi. 
- Ich dam bolganda isiriqga petrushka urugini hamda yalpiz zanjabil kabilarni 
aralshtirib ichilsa shifo boladi.
Isiriq peshob haydovchi , tish og’rig’i, terlatuvchi gripni oldini oluvchi oshqozon -ichak
tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud. 


Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
181 
Moychechak – gulining xususiyatlari bilan mashhur bo’lgan dorivor o’simliklardan
biridir. Shifobaxsh moychechak o’simligi teri va uyqu holatini me’yorlashtirish
xususiyatiga ega . Undan tomoq yallig’lanishi va shamollashda keng foydalaniladi. Quyida 
moychechak o’simligining shifobaxsh xususiyatlariga batafsil to’xtalib o’tamiz. 
-Moychechak me’da uchun quvvat . Moychechak me’daga kuch beradi , og’riqni 
qoldiradi.
-Moychechakdan surunkali gastirit , xoletsistitda , o’t yo’llari diskineziyasida , 
surunkali gepatitda foydalaniladi. 
-Gulida yiringlashning oldini oluvchi quvvat bor. 
-Tovondagi yoriqlarni ketkazishda moychechak samarali vosita . 
Moychechak o’simligini iste’mol qilish mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Agar 
moychechak o’simligi damlamasi iste’mol qilinganda oshqozon buzilishi , yuz va tanaga 
toshma toshishi kabi holatlar kuzatilsa allergiya yuzaga kelgan bo’ladi. Bu jarayonda
damlamani ichishni to’xtatib shifokorga murojaat qilish zarur. Bundan tashqari
moychechak choyini siydik haydovchi va tinchlantiruvchi preparatlar bilan birga qabul 
qilish tavsiya etilmaydi. Chunki moychechak damlamasi ham ushbu xususiyatlarga ega. 
Agarda siz moychechakli choyni uzoq vaqt davomida iste’mol qilsangiz bosh og’rig’i va
holsizlikni keltirib chiqarishi mumkin . Qon bosimi past kishi moychechak damlamasini
iste’mol qilishi tavsiya etilmaydi chunki bu damlama ham qon bosimini tushiradi.
Qizilimiya o’simligining dorivorlik xususiyati. Uning ildizi sog’liq uchun foydalari juda 
ko’p. Yaponiyada olib borilgan tadqiqotlar qizilmiya ildizlari jigarni saqlash va 
oziqlantirishga yordam berishi mumkinligini ko’rsatdi.Xitoy tibbiyot darsliklarida qizilmiya
taloq va oshqozonni oziqlantirish uchun ishlatiladi va ovqat hazm qilish sistemasini 
yaxshilaydi. Qizilmiya issiqlikni eritishga , chanqog’ingizni qondirishga toksinlarni 
ketkazishga yo’tal va balg’amni davolashga yordam beradigan xususiyati bor. Chunki 
qizilmiya - bu shirin , namlovchi o’t. Yurakni oziqlantirishga yordam beradi va yumshoq 
laksatif hisoblanadi .
-Qizilmiyaning namlantiruvchi xususiyati yo’talni yengilashtiradi tomoqdagi tirnash 
xususiyatini yengishga yordam beradi. 
-Qizilmiya toksinlarni yo’q qilishga yordam beradi.Ovqatdan zaharlanish xavfini 
kamaytiradi, oshqozon yarasini oldini oladi va davolaydi, taloqni ozoqlantirishga yordam 
beradi. 
-Qizilmiya tinchlantiruvchi ta’sirga ega , u konvulsiyalarni kamaytiradi va uyquni 
yaxshilaydi. 
-Qizilmiya tanadagi qon aylanish tizimiga qonni oziqlantirishga varikoz tomirlarini , 
venoz tiqilib qolishini va yallig’lanishni davolashga yordam beradi. 
- Qizilmiya astmani davolashga yordam beradigan xususiyatlarga ega shu jumladan 
surunkali bronxit alomatlarida ham ishlatiladi. 
-Qizilmiya ildizi qorin qonining xususiyatiga ega. 


Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
182 
Qizilmiya nafas olish sekretsiyasini ko’paytirishga yordam beradigan glisirrizinni o’z 
tarkibida saqlaydi.Shu tufayli bronxlar va traxeya devorlarida joylashgan epiteliya
faollashadi . U shu orqali ekspektoran xususiyatini namoyon qiladi. Qizil miya siropi
bolalarda bronxit va boshqa kasaliklarni davolashda foydalaniladi. Sirop yangi tug’ulgan
chaqaloqlarga tavsiya etilmaydi sababi tarkibida spirt mavjudligi. Chaqaloq 1 yoshga 
to’lgunga qadar ushbu vositadan foydalanishdan saqlanish lozim. Bunday holatda
dorixonalarda sotiladigan qizilmiya ildiziga asoslangan uy sharoitida davolanishni sinab 
ko’rish mumkin. Sirop tarkibida bolalar uchun xavfli spirt emas balki shakar moddasi ham 
mavjud . Diabet yoki dermatitli bolalarga berishdan oldin pediatr bilan 
maslahatlashishingiz kerak. Siropni yuqori qon bosimi va kuchli allergiya holatida ham 
iste’mol qilish man etiladi. Miyos siropi bilan kasallangan bolalarni davolayotganda
shifokor yoki farmasevt bilan ushbu mahsulotni boshqa preparatlar bilan tasirni bilish 
zarur. Boshaa antitussiv dorilar bilan qabul qilish mumkin emas. Dori vositalarining ikki 
tomonlama ta’siri ekspektoraysiyani haddan tashqari oshirishi mumkin. Ayrim bemorlarda 
qizilmiya iste’mol qilganidan so’ng toshma, diareya, gipertenziya , shishish kabi holatlar 
kuzatiladi bunda darxol shifokor bilan maslaxatlashish zarur. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 
1.Xalq tabobatiida ishlatiladigan dorivor o’simliklar. 
2.Dorivor o’simliklar va ulardan foydalanish. 
3.Ibn sino dorivor o’simliklari. 
 
INTERNET SAYTLARI: 
1 https://kitobxon .com
2 cyberleninka.ru 
3 Avitsenna.uz 
4Apteka.uz
5 Med24.uz

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling