Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 375 nazar eshonqulning "tobut" hikoyasi tahlili
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqShoxruxbek Maxmidjonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kalit so‘zlar: modernizm, ramziylik, obrazlarning o‘ziga xosligi, jamiyat, tobut, sirli
shahar, me'mor. XXI asrning o‘ziga xos modernistik yozuvchilaridan biri bo‘lgan Nazar Eshoqul o‘z asarlarida milliy ruh tushunchasini ikkinchi o‘ringa qo‘yadi, balki yozuvchi adabiyotga universal odam obrazini olib kirgan. Uning ijodidagi barcha qahramonlar o‘ziga xos harakterga ega. Yozuvchining boshqalar tushunib bo‘lmaydigan olami mavjud. Bu personajlarga tashqi tomondan qaralsa shunchaki telbadek ko‘rinishi mumkin, ammo ijodkorning idealidagi insonlar millat va din masalasidan yuqoriga ko‘tarila olgan umumbashariy g‘oyalar tashuvchisidirlar. Shunday hikoyalardan biri “Tobut” hikoyasidir. Bu hikoya nomlanishi ham o‘ziga xos. Sarlavhani o‘qigandan keyin albatta o‘quvchida qiziqish paydo bo‘ladi. Nega aynan “Tobut”?. Bu nom ostida qanday ma’no yashirin turibdi? Yozuvchi o‘quvchilarga bu hikoya Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 376 orqali nima demoqchi? Buning zamonga aloqasi mavjudmi? Bu kabi barcha savollarga asarni o‘qigandan keyin javob topish mumkin. Tobut – eng avvalo jasad solinadigan sandiqdir. Musulmonlar tobutdan mayitni qabristonga olib borish uchun foydalanishadi. Jasad yerga qo‘yilgach, tobut keyingi jasadni “kutib” bir chekkada turadi. Ba’zi xalqlarda esa mayitni tobut bilan ko‘mishadi, ya’ni marhumga tobut yer ostida ham hamroh bo‘lib qolaveradi. Yaponlar o‘z yaqinlarining hokini kichik qutilarga – tobutchalarga joylab maxsus tokchalarga terib qo‘yishadi. Qadimda otashparast bo‘lgan zardushtiy xalqlarda ham “ostadon” deb atalgan sopol tobutchalar marhum suyagi solinadigan idishchalar bo‘lgan. Xullas, tobut yer yuzidagi barcha xalqlarga g‘oyat tanish bo‘lgan, ummiy qismat – eng oxirgi manzil, qochib qutilib bo‘lmaydigan, eshigi, tuynugi yo‘q mudhish bir go‘shadir. Nazar Eshonqulning mazkur “Tobut” hikoyasi konsentrik sujet asosiga qurulgan bo‘lib kitobxonlar diqqatini bitta nuqtaga qaratishi bilan qiziqishini oshiradi. Hikoyada o‘yin- kulgu, bayram-u tomoshalar allaqachon unut bo‘lgan, hamma tund, o‘limga tik boqayotgan, indamay yuradigan kichik bir jamiyat orqali asar ekpozitsasi yoritiladi. Shaharda hamma narsa bor: uylar, do‘konlar, maktab va o‘yin maydonchalari. Lekin eng asosiy narsa-toza havo yo‘q. Dim havo, odamni behuzur qiladigan sassiq hid, ko‘ngilni aynitadigan bir xillik mavjud. Hikoyaning tuguni bu shaharga navbatdagi taftish guruhining yuborilishi bilan boshlanadi. Guruhda ximik, professorlar qatorida tibbiyotga aloqasi yo‘q, me’morchilikka ham shunchaki havaskor, bu sohada birorta loyiyasi qabul qilinmagan bosh qahramon–muhandis yigit ham bor. Allaqanday sirli o‘lim sabablarini tekshirish uchun hukumat tomonidan yuborilgan bu maxsus guruh o‘sha mudhish shaharga yetib bo‘lmasidan oldin shahar hokimi ularni kutib oladi. Shu o‘rinda yozuvchining portret yaratish mahoratini ham ko‘rishimiz mumkin. Hokim g‘oyat po‘rin kiyingan, tepakal, qisqa soqoli did bilan taralgan odam. Lekin bu odamda salobat yo‘q. Unda ham, uning o‘zi kabi tepakal yordamchilarining yuzlarida ham nur, taft yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda “hayot yo‘q”. Mohiyatan bu jasadlar ham aynan tobutning o‘zi qimmatbaho yog‘ochdan did bilan ishlangan, zarhal harflar bilan jilo berilgan, lekin ichida sasib, chirib ketgan jasad bor. Go‘yoki ular ham tobutdek. Shu tasvirlashlar orqali asar voqealar rivoji boshlanadi. Hozirda sahrolar o‘rnida tiklanayotgan shaharlar, qurigan ko‘llar, daryolar va o‘rmonlar o‘rnida qad ko‘tarayotgan binolar ozmi? Ularning barchasida sun’iy hayot, elektr yorug‘idan taralayotgan nurlar, salobatlik koshonalar, mehmonxonalar, barcha-barchasi muhayyo. Usti yaltiroq tuzumlar, lo‘ttiboz siyosiy arboblar, nokaslarga to‘lib ketgan jamiyatlar, poraxo‘rlik, buzuqlik, ochko‘zlik va ilmsizlikka yo‘g‘rilgan dunyo ham, asarning bosh qahramoni o‘zi uchun kashf etgan sir kabi aslida yuz minglab jasadlar yotgan ulkan tobutdir. “Tobut” hikoyasidagi bizni o‘ziga jalb qiluvchi personaj bu Maoz qabristoni atrofida telbalarcha aylanib yuradigan Me’mor. U odamlarga kelajak fojialaridan gapirib yuradi. Biroq uning so‘zlariga hech kim e’tibor qaratmaydi. Uni junnunga chiqarishadi. Yozuvchi hikoyada “Kiyimlari uvada, qaddi bukik, hashamdor va viqorli, shaharni ataylab Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 377 masxara qilayotganday dog‘-dug‘ga belangan uzun hirqa kiygan” odam sifatida tasvirlaydi. Yuzidagi shish va ajinlar qishki qabristonni eslatadigan, sochi kal peshonasi uzra osilib tushgan barvasta kishi. Gumbaz shaklida qurilgan yemakxonaning o‘rtasida turgancha u og‘zidan ko‘pik sachratib odamlarga qo‘lini bigiz qilib o‘shqirar, chog‘i so‘nayotgan o‘choqday taftsiz bo‘lib qolgan ko‘zlarini dalani bosib ketgan kuzgi qarg‘alar misoli jazava va junun qoplab olgan edi deya tasvirlaydi. Me’morning “Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki. U menga aytib turibdi, men qurib berdim” kabi alamli, dardga to‘la so‘zlarida o‘z o‘tmishidan va bugunidan norozi, qaddi egik odamlar akslanadi. Bu esa asar kulminatsiya desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hikoyada yechim sifatida me’mor tomonidan tobut shaklida barpo qilingan shahar loyihasi aniqlanishi hisoblanadi Nega me’mor o‘zini junnun bo‘lishiga, butun bir aholini tuzalmas dardga chalinishiga sababchi bo‘lgan ushbu shaharni aynan tobut shaklida qurgan? Unga bu narsani kim buyurgan? Me’morga vazifa qilib bergan insonning oldidagi maqsadi nima bo‘lgan? Shuncha insonning qurbon bo‘lishi ularga nega kerak edi? – deyilgan ochiq savollar yozuvchi tomonida har bir kitobxonning fikrlashga undaydi. Bu esa yozuvchining o‘ziga xos uslublaridan biri hisoblanadi. Hikoya hajman kichik bo‘lsa ham, uning qatiga juda ulkan ma’no yashiringan. Asarni o‘qish davomida shunday xulosalarga kelishimiz mumkin: halollik, to‘g‘ri so‘z, tabiiylik unut bo‘lgan har qanday jamiyat vaqt o‘tishi bilan ulkan tobutga aylanib boradi. Unda yashayotgan odamlar tirik murdaga o‘xshaydi. Hattoki insonlar o‘zlari chiqargan qarorlari va qilgan ishlari orqasidan junnunga aylanib qolishlari ham mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. U.Hamdam. Jahon adabiyoti: modеrnizm va postmodеrnizm. T.: 2020. 3. N.Eshonqul. Ijod falsafasi. Mendan –mengacha.T.: 2018. 4. N. Eshonqul. Tobut. T.: 2018. 5. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.. 6. THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS M Shoxruxbek, A Qosimov, QA Abdurashidovich… - 2022 7. EXPRESSION OF FEMALE ARTISTRY MJ Ahronqulovna, H Jo'raev, M Shoxruxbek… - 2022 Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling