Issn: 181-2489 volume ǀ issue 1


Download 21.5 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1157015
1   2   3   4   5
Bog'liq
dasturiy-ta-minot-yordamida-zamonaviy-boshqaruvni-tashkil-etish-istiqbollari

KIRISH


Kundan kunga texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Insoniyat hayotini texnologiya, internet va telefonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu jumladan abituriyent va talabalarni ham. Ayniqsa hozirgi kunda internet va telefondan juda ko’p foydalanmoqdalar. oliy ta’lim muassasalariga test topshirish uchun onlayn ro’yhatdan

o’tishmoqda, oliy ta’lim muassasalari va davlat test markazi yangiliklarini bilish uchun, onlayn kurslarni ko’rish uchun uydan chiqmagan holda foydalamoqdalar. O’zbekistonda yildan yilga abituriyentlar soni ko’payib bormoqda. 2019-yil natijasiga ko’ra 1millionga yaqin, 2020-yil natijasiga ko’ra esa 1,1 millionga yaqin abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va universitetlarga hujjat topshirdilar. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirish uchun tayyorlanish jarayonida turli xil muammolarga duch kelgan. Bu muammolarni hal qilish uchun talabalik baxtiga muyassar bo’lgan abituriyenlardan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlanish jarayonida qanday to’siqlarga duch kelganligini bilishga harakat qilindi.


ASOSIY QISM


Usullar. Abituriyentlar imtihonga tayyorlanish jarayonidagi muammolar o’rganildi, kuzatildi, tahlil qilindi va so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnomada Qo’qon shahrida joylashgan Kokand University talabalari ishtirok etdi. So’rovnoma mazmuni quyidagicha “Talabalik baxtiga muyassar bo’lganingiz bilan tabriklaymiz! Talaba bo’lish uchun necha yil tayyorgarlik ko’rdingiz va qanday muammolarga duch keldingiz. Sizning fikringiz abituriyentlar uchun muhim” So’rovnomada 500 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Natija. Talabalar o’rtacha hisobda 2 yil oliy ta’lim muassasalari imtihonlariga tayyorgarlik ko’rgan. Asosan 2 ta fan bo’yicha. 85% talabalar o’quv markazlariga qatnagan, 10% talabalar mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rgan, 5% esa hech qayerda tayyorgarlik ko’rmagan. oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko’rgan talabar quyidagi muammolarga duch kelgan:

  • oliy ta’lim muassasalari haqida to’liq malumotga ega bo’lmagan;

  • Tanlagan yo’nalishi haqida to’liq malumotga ega bo’lmagan;

  • Tanlagan oliy ta’lim muassasalariga mos o’quv markazi topa olmagan;

  • Ba’zi talabalarning o’zi yashab turgan joydan uzoqda joylashgan o’quv markaziga borishiga to’g’ri kelgan. Bu ortiqcha vaqt va harajat talab qilgan. Yonida o’quv markazi borligini ancha vaqtdan keyin bilgan;

  • Ba’zi talabalarning 2 ta o’quv markaziga borishiga to’g’ri kelgan. Ya’ni abituriyent matematika va fizika fanidan tayyorgarlik ko’rgan. Bu fanlar esa 1ta o’quv markazida bo’lmagan. Bu esa yuqorida keltirilgan vaqt va ortiqcha harajat talab qilgan;

  • Ko’pgina talabalar o’quv markazida olinadigan bilimni maktab yoki kollejda olinadigan bilimdan afzal ko’rganini yozishgan. Ya’ni o’quv markazida o’tiladigan fan maktab yoki kollej darsliklari bilan bir xil vaqtga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa o’quv markazida o’tiladigan fanni afzal ko’rishgan. Bazi talabalar hozirgacha o’quv markazlariga borishini yozishgan.


Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling