Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 181.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana16.06.2023
Hajmi181.33 Kb.
#1510522
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
42b5127eacd35cb1a9194e505c6fe96a

ILMIY AXBOROTNOMA
EKOLOGIYA 2016-yil, 3-son 
Odam immun tizimi tashqi muhit ekologik iqlim o‘zgarishlariga o‘ta sezgirdir. Immun 
tizimni asosiy maqsadi organizm genetik individualligini immunologik nazorat qilishdan
iboratdir, ya’ni o‘zinikini o‘zgadan farqlashdan iboratdir. Atrof-muhit iqlim sharoitiga odam
immun tizimini moslanuvchanligi uning genotipiga (mijoziga), uning immun statusiga va
boshqa omillarga bog‘liq.
Odam immun statusi va uning mintaqaviy o‘ziga xosligi MDH mamlakatlari
hududlarida tekshirib ko‘rilganda ularning immun statusi har xil tipda ekanligi aniqlangan.
MDH mamlakatlarini ayrim shaharlari va aholi punktlarida kishilarning immun tizimini
gumoral zvenosini sust bo‘lsa, hujayraviy zvenosi aktiv, yoki hujayraviy immuniteti kuchli joyda 
esa gumoral zvenosi biroz sust immun statusli kishilar ekanligini Rossiya immunologiya
instituti mutaxassislari kuzatishgan. 
Professor P.M. Lerner olib borgan kuzatishlar shuni ko‘rsatganki, mavsumiylik va
jigarni virusli kasalliklari bilan kasallanish o‘rtasida katta farq kuzatilib, kuz va qish oylarida
kasallanish ko‘paygan. Yer osti suvlari bilan sug‘oriladigan yerlardagi aholi o‘rtasida jigarni virusli
kasalliklaridan o‘lim ayrim oylarda virusli gepatit A da 6,4% gacha, virusli gepatit V da esa 17,7 
% gachani tashkil qilganligi kuzatilgan.
Turli ekologik iqlim sharoitlarni inson salomatligiga ta’siri bo‘yicha vatanimiz va
xorijiy olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy izlanishlar o‘tkazilgan. Biroq mavjud ilmiy adabiyotlarda 
turli geografik iqlim sharoitlarda yetishtirilgan mevalarni mahalliy aholi o‘rtasidagi jigarni
surunkali kasalliklariga ta’siri bo‘yicha biror bir ilmiy izlanishlar olib borilganligini uchratmadik.
Jigarni surunkali kasalliklarini barchasini patogenezini asl mohiyati, tashqi va ichki
salbiy omillarni uzoq muddatli ta’sirida jigarda biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishi bilan
izohlanadi. Ya’ni jigar o‘zini fibroz to‘qima bilan himoya qiladi.
Jigarni surunkali kasalliklarini odam populyasiyasida keng tarqalganligi, patogenezidagi
ayrim zvenolarini noaniqligi, kasallikni kechishiga turli geografik iqlim sharoitlar va uning
komponentlarini ta’siri atroflicha to‘liq o‘rganilmaganligi natijasida davolashdagi samarasizliklar
nafaqat meditsinani, balki insoniyatning tibbiy-biologik va ijtimoiy muammolardan biridir 
(Lobzin YU.V, Belozerov E.S, Belyaeva T.V.,Bulankov YU.I. Ocherki obshiy infektologii L.2007). 
JSST rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra jigar kasalliklari o‘lim sababi bo‘yicha 10- o‘rindan 5- 
o‘ringa ko‘tarildi.
Jigarni surunkali kasalliklarini davolash bo‘yicha gepatologiyada keng ko‘lamda ilmiy
izlanishlar olib borilishi va birmuncha samara berayotganligiga qaramasdan, kasallikni kechishiga
ta’sir qiluvchi turli tabiiy ekologik iklim sharoitlarni va unda etishtirilgan mahsulotlarni odam 
organizimiga ta’siri masalasi bo‘yicha ilmiy izlarnishlar etarlicha olib borilmagan. Hamon g‘arb
tibbiyoti turli iqlim sharoitlarda etishtirilgan mevalar turlicha mijozga ega ekanligiga va mijoz
tushunchasiga yetarlicha e’tibor bermayapti. 
Ayniqsa, jigarni surunkali kasalliklarini parhezi masalasidagi ko‘pgina
jihatlar hamon o‘z yechimini to‘liq topgan deb bo‘lmaydi. (Mayer K.P. Gepatit i posledstviya 
gepatita: Praktich. ruk.: Per. s nem. — M.: GEOTAR Meditsina, 2004. — 717 s. )
Oxirgi 2000 yil ichida dunyo aholisi 1000 marta ko‘paygan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari 
esa 100 marta ko‘paygan. (Lobzin YU.V, Belozerov E.S, Belyaeva T.V.,Bulankov YU.I. Ocherki 
obshiy infektologii .L.2007) Aholi sonini, migratsiyasini va oziq ovqatlarga bo‘lgan talabaning
o‘sishi, oziq - ovqat mahsulotlarini, mevalarni ham import va eksport qilinishini o‘sishiga olib keldi. 
Xorijiy mutaxassislar jigarni surunkali kasalliklarida meva va sabzavotlarni natural 
holatda yoki qaynatilgan, sharbat holatida iste’mol qilishni taklif qiladilar. 
Akademik Yushuk N.D surunkali gepatitlarida mevalar, sabzavotli taomlarni tavsiya
qilgan (Yushuk N.D. Vengerov YU.YA. Infeksionnыe bolezni. Natsionalnoe rukovodstvo 
M.GEOTAR-media.2009 str.601-664) bo‘lib, aynan qaysi iklimda etishtirilgan mevalar iste’mol 
qilinishi va qilinmasligiga e’tibor bermagan. 
S.N.Jarov, B.I. Saninlar achchiq bo‘lmagan olma, nok, shaftoli banan, kivi, xurmo, behi, 
olcha, anjir, o‘rik, uzum, anor, tarvuz, qovun, yertut, smorodinalarni natural holatda yoki kompot, 
kisel, jele, sok holatida iste’mol qilishni taklif qiladi. (Terapiya virusnыx gepatitov C. N. Jarov, doktor 
meditsinskix nauk, professorB. I. Sanin, kandidat meditsinskix nauk, dotsentRGMU, Moskva 2014)
184 



Download 181.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling