Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Keywords: horticulture, agrobio-cenose, eggs, warmes, pupete, incubation, humidity. UDK 577.4:61
Download 181.33 Kb. Pdf ko'rish
|
42b5127eacd35cb1a9194e505c6fe96a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
Keywords: horticulture, agrobio-cenose,
eggs, warmes, pupete, incubation, humidity. UDK 577.4:61 EKOLOGIK OMILLARNING INSON ORGANIZMIGA TA`SIRI A.A.Oslanov, M.Mardanova Samarqand tibbiyot instituti assistenti, Samarqand davlat universiteti assistenti, E-mail: m.mardanova@gmail.com Annotatsiya. Ushbu maqola turli ekologik iqlim sharoitlarda yetishtirilgan mevalarni mahalliy aholi organizmga ta’siri masalasidadir. Mualliflar xorijiy va mahalliy mevalarni kimyoviy tarkibini tahlil qilishib, ularni jigarni surunkali kasalliklariga ta’sirini klinik va laborator jihatdan qiyoslab o‘rganishib, turli ekologik iqlim sharoitlarda yetishtirilgan mevalarni jigarga salbiy ta’sirini asoslab berishgan. Kalit so‘zlar: ekologiya, turli geografik iqlim sharoitlar, ekologik immunologiya, immun status, jigarning surunkali kasalliklari, surunkali virusli gepatitlar, xorijiy mevalar, mahalliy mevalar. Qadim zamonlardan buyon ajdodlarimizo‘zini his qilish va muhim hayotiy jarayonlar iqlim sharoitlarga va boshqa tabiiy hodisalarga bog‘liqligini bilishgan. Bundan 4000 yil muqaddam quyosh, yomg‘ir va momaqaldirok ta’sirida o‘simliklarni dorivor xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritishgan. Tibet tabobati hozirgacha kasalliklarni ma’lum bir meteorologik faktorlar bilan bog‘lashadi. Gippokrat ( e.o 460-377 y) o‘zining «Aforizmlar» kitobida odam organizmi yilning turli fasllarida o‘zini turlicha tutishini, kasalliklarni esa yilning turli fasllarida, turli mamlakatlarda va turli sharoitlarda turlicha kechishi haqida aytib o‘tgan. Abu Ali Ibn Sino dunyodagi barcha jismlar: o‘simliklar, hayvonlar, ma’danlar, ob-havo, jug‘rofik kengliklar, yil fasllari, hattoki sayyora va yulduzlar ham o‘z mizojlariga egaligi, odam va uning a’zolar ham turlicha mijozlarga egaligi, kasalliklar esa turli a’zolar mijozni isishi yoki sovushi haqida ta’kidlab, kasalliklarda o‘simliklarni ham mijoziga qarab iste’mol qilish kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Turli geografik iqlim sharoitlarni va uning komponentlarini erdagi hayot va odam salomatliligiga ayniqsa turli kasalliklarga ta’sirini atroflicha o‘rganish jiddiy va dolzarb muammolardan biridir. Turli geografik iqlim sharoitlarni makroorganizmga ta’siri, makroorganizm nospetsefik himoya faktorlarini va immun tizimni kuchayishi yoki susayishi oqibatida organizmni infeksion patogenlarga chidamliligini kuchayishi yoki pasayishi bilan izohlanadi. Ushbu ta’sirlarni baholash maksadida ekologik immunologiya tushunchasi kiritilgan. Ekologik imunologiyaning asosiy vazifasi, tabiiy va antropogen immunotrop ekofaktorlarni aniqlash, ularni xarakteristikasi, immunotrop faktorlar bilan immun tizim o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa mexanizimlarini va immun statusini aniqlashdan iboratdir. Uzoq evolyutsiya jarayonida ma’lum bir tabiiy iqlim sharoitgaasta - sekin moslashib va takomillashib kelgan odam va uning fiziologik xususiyatlari, boshqa ekologik iqlim sharoitiga va unda etishtirilgan mahsulotlarga tez moslasha olmaydi. Ekologik iqlim sharoitlarni o‘zgarishi bilan inson tabiati o‘rtasidagi qarama- qarshilik insonni moslanuvchanlik xususiyatini o‘zgartirib qo‘yishi va kasalliklar boshlanishiga olib kelishi mumkin. 183 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling