Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Madaniyat-2023-1
Ключевые слова: театр, актер, спектакль, телеспектакль, радиоспектакль, роль, образ,
чувство, способность, талант, гениальный творец. Sulaymanov Temur Master student of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture ERKIN KOMILOV IS A MULTIFACETED CREATIVE PERSON ANNOTATION This article is about the work of a prolific creator who created completely different stage characters, an actor who plays tragic, dramatic, or comedic roles to perfection regardless of the genre, People's Artist of Uzbekistan Erkin Komilov. Key words: theater, actor, play, television play, radio play, role, image, emotion, ability, talent, brilliant creator. №1 | 2023 35 Aktyorlik san’ati haqida sо‘z ketsa, shu zahoti turli fikrlar va qarashlar paydo bо‘ladi. Qobiliyatli aktyorga hech qanday maktabning keragi yо‘q, qobiliyatsiz aktyorga hech qanday maktab yordam berolmaydi. Bu fikrdan aktyorlik san’atiga о‘qish shart emas, aktyor bо‘lib tug‘ilish kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Bо‘lajak aktyorda qobiliyat bо‘lishi kerakligi haqidagi fikrga nisbatan hech qanday e’tiroz bо‘lishi mumkin emas. Aktyorlik hissiy kasb deya e’tirof etilishi bejis emas. Chunki teatr sahnasida hayotning shiddatli sur’atini uch yoki tо‘rt yoki undan ortiq pardalar bilan yetkazib berish oson emas. Aktyorlik mahoratining yana bir о‘ziga xos xususiyati u kasbiy tajriba va kо‘nikmalarni talab qiladi, ularni о‘rganishni taqozo etadi. Aktyorning obraz yaratish borasida esa rejissor mahorati ham g‘oyat kattadir. Bu borada ustozlar shunday deydi: “Asar muhiti, rejissorning traktovkasi qahramonlar nutqiy xarakterlarini yaralishning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Chunki rolning “mag‘zi” shu jihatlardan kelib chiqib topilishi va bu “mag‘iz” nutq xarakterini belgilashi haqiqatdir” [3, 6]. Shu xususda, aktyorlik san’ati haqida sо‘z ketganda, ijodni qismat deb bilgan, butun hayotini о‘zbek teatr va kino san’ati rivojiga baxsh etgan inson – Erkin Komilov kо‘z oldimizga keladi. Aktyor yaratgan betakror obrazlar, dramatik, tragik, komik rollar xalqimiz qalbidan joy egallagan. Erkin Komilov 1968-yilda sobiq Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini (hozirgi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tugatib, hozirgi О‘zbek Milliy Akademik drama teatrida о‘z ijodiy faoliyatini boshlagan. Erkin Komilov teatrga kelgan ilk paytlarini shunday eslaydi: “Men uchun buyuk san’atkorlar sinovidan о‘tish ham sharaf, ham katta mas’uliyat edi. Men Shukur Burxonov, Olim Xо‘jayev, Nabi Rahimov, Sora Eshontо‘rayeva, Amin Turdiyev, G‘ani A’zamov, Zaynab Sadriyeva, Zamira Hidoyatova, Sa’dixon Tatibullayev kabi buyuk san’at darg‘alari qо‘lida tarbiya topdim” [7]. Komil Yashinning “Yо‘lchi yulduz” dramasidagi Avaz roli Erkin Komilovning teatrda yaratgan birinchi obrazi bо‘ldi. Avaz – Tukrman otryadi boshlig‘i. Aktyor turkman tilini о‘rganish uchun о‘n yetti kun turkman er-xotinlarnikiga qatnaydi. Shu tilda monologni aytganidan keyingina rejissor “Mana, teatrimizga yana bir aktyor qо‘shildi – Erkin Komilov” [7] deydi. Sо‘ngra u “Oltin devor”da Qilichbek, “Qaroqchilar”da Karl Moor, “Abu Rayxon Beruniy”da Ibn Sino, “Samandar” spektaklida Qobiljon, “Abulfayzxon” dramasida Abulfayzxon, “Iymon” spektaklida Siddiqjon, “Antigona”da Galeon, “Kelinlar qо‘zg‘oloni” komediyasida muhbir, “Har tо‘kisda bir ayb”da Glumov, “Uylanish”da Jevakin, “Noyob nusxa”da Ortiq, “Qatag‘on”da Myasnikov, “Yetti faryod” psixologik dramasida Garrison, “Boy ila xizmatchi”da G‘ofur, “Ufq”da Ikrom kabi obrazlarni yaratib, teatr san’ati muxlislariga iqtidorli aktyor sifatida tanilgan. Erkin Komilov har bir obrazni gavdalantirishda nutqiy xarakter ustida ishlashga qatta kuch sarflaydi. Boisi, “Spektaklda aniq nutqiy xarakter yaratish – sahna asarining sahnaviy nutqini boyitadi, rang-barang bо‘lishiga olib keladi. Sahnaviy nutq asarning badiiy yaxlitligini ta’minlovchi omillardan hisoblanadi. Bu borada asar nutqi ustida, personajlar nutqi ustida alohida ishlash va ansambldagi ularning о‘rnini aniq his etish talab etiladi” [3, 7]. Erkin Komilov dramatik, tragik va komik rollarni bir xil muvaffaqiyat bilan erkin о‘ynay oladigan kо‘p qirrali aktyordir. Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” dramasidagi Mirzo Ulug‘bekni, Said Ahmadning “Kelinlar qо‘zg‘oloni” komediyasidagi muxbirni, “Taqdir sinovlari” spektaklidagi Jayronqulni, yoki “Yetti faryod” spektaklidagi Garrisonni bir-biri bilan qiyos qilib bо‘lmaydi. Ularning biri ikkinchisiga о‘xshamaydi. Yosh jihatdan ham, davr, makon, millat, va tabiiyki xarakter jihatidan ham. Aktyorning mahorati shundaki, ularning har biri xarakterining о‘ziga xos tomonlarini topa olgan va ijroda tо‘la ifodalagan. Erkin Komilov о‘z rolini hayotga olib kirishni biladi. Shuning uchun u yig‘laganda tomoshabin yig‘laydi, kulganda kuladi. Temuriy hukmdorlardan ikkitasi – Husayn Boyqaro va Mirzo Ulug‘bek obrazlarini sahnaga olib chiqqan aktyor har bir obraziga о‘zgacha yondashdi. Aktyor о‘zi ta’kidlaganidek “Sahnada yolg‘on yashab bо‘lmaydi” [7]. Erkin Komilovga xos bu xususiyat faqat uning spektakllardagi rollaridagina emas balki kinoda, telespektakllarda va radiospektakllarda yaratgan obrazlariga ham taalluqlidir. Erkin Komilov kinoda ham faol ijod etdi. “Amirning xufyona safari” filmida Valixо‘jaxon, “Yuzsiz” filmida Begimqul, “Tilla bola”da Hurrambek, “Suv yoqalab”da rais, “Girdob”da Aziz №1 | 2023 36 Qosimov kabi obrazlar bilan tanildi. “Girdob” telespektaklida hayoti, kuchi, g‘ayrati, iqtidorini fanga bag‘ishlagan, bu yо‘lda barcha qiyinchiliklarni sabr-toqat va chidam bilan yenggan yosh olim obrazini yaratdi. Aziz Qosimov о‘sha davrlarda fan sohasidagi qiyinchiliklar girdobidan eson-omon chiqqan olimlarning tipik vakilidir. Qanchadan qancha olimlar о‘z kashfiyotlarini oxirigacha yetkaza olmay sun’iy tо‘siqlarga duch kelgan. Yozuvchi О‘ktam Usmonov kо‘targan bu muammo 60-70-yillar uchun keng tarqalgan hodisa edi. Aktyorning mahorati shundaki, u yozuvchi g‘oyasini hayotiy va jonli tarzda teleekranda yorqin kо‘rsatdi. Mustaqillik yillarida aktyorga bir qancha tarixiy obrazlarni yaratish topshirildi. 1991-yilda “Sohibqiron Temur” spektaklida Boyazid, 1994-yilda “Abulfayzxon” dramasida Abulfayzxon, 1998- yilda “Piri koinot”da Al-Zokir va “Qirol Lir”da Albeni, “Mirzo Ulug‘bek” tarixiy dramasida Mirzo Ulug‘bek, “Alisher Navoiy”da Husayn Boyqaro obrazlarini yaratdi. Sо‘nggi yillarda Milliy teatr sahnasida “Taqdir sinovlari” spektaklida Jayronqul, “Oq kema”da Mо‘min chol, “Uch kunlik dunyo”da ota obrazlarini yaratdi. Bunday obrazlarni haqqoniy gavdalantirish aynan Erkin Komilovga xosdek gо‘yo. Chunki sahna qonunida aktyorning dunyoqarashi, chuqur bilimga egaligi ham muhimdir. Bu borada sahna nutqi pedagogi R.Qodirovning fikrlari о‘rinlidir: “Sahnaviy nutq keng fikr, chuqur mulohaza, о‘z millatimiz tarixiy ildizlarini aniq bilish ularga mehr bilan yondashgan ziyolilardagina yaxshi tarbiyalanadi, jaranglaydi, parvoz etadi” [3, 7]. Erkin Komilovning Jayron bobo roliga teatrshunos, professor, S. Qodirova shunday ta’rif beradi: “Spektaklning katta yutug‘i – bu О‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ijrosidagi Jayron bobo obrazidir. Ijrodan E.Komilovning teatrdagi ustozi bо‘lmish san’atkor Shukur Burhonovning nafasi ufurib turadi. Holatlar zanjiri orqali obraz mohiyatini ifodalaydi. Aktyorning ijro uslubi spektaklda kamerton vazifasini о‘tagan. Birinchi galda Sayyora Yunusova Gulsum momo qiyofasida unga yaqinlashgan. Unda ham vaziyatlardan kelib chiquvchi holatlar yetakchi, soddalik, mehr, halollik bо‘rtib turadi. Eri Jayron boboni sevadi, qattiq hurmat qiladi, uni avaylaydi, mо‘ltirab qarab, kuzatib, undagi о‘zgarishlarni payqab, shunga yarasha harakat qiladi. Qо‘ng‘irot eliga xos kiyimlari ham о‘ziga yarashgan” [4]. “Uch kunlik dunyo” spektaklida spektaklning asosiy qahramoni Erkin buva – Erkin Komilov tevarak atrofga befarqlik bilan qaramaydigan kuyunchak inson, jamiyatda о‘z о‘rnini topishga butun umrini baxshida qilgan odam. U loqaydlarni kо‘rsa chiday olmaydi. U faqat mehnat bilan umr kechirgan, chapanilik, g‘ayrat-shijoat uning tabiatida bor. Asosiysi – yuragi bor. Vijdoni bor odam. Shuning uchun ham yoshligiga achinadi, yana nimalarnidir amalga oshrigisi keladi. Spektaklda Erkin buva tilidan aytilgan shunday gap bor: “Hozirgi yoshlar bilan teng qadam tashlash uchun yosharib qolish emas, balki onadan qayta tug‘ilish kerak ekan. Bu – hayot charxpalagi deydi” u. Erkin Komilov – Erkin buva timsoli sahnada paydo bо‘lishi bilan tomoshabin kо‘z о‘nggida о‘zbekning chapani, bag‘rikeng va g‘ayratli otaxonlar siymosi namoyon bо‘ladi. Erkin buva keksalikni tan olishni istamaydi, nazarida hali kо‘p ishlarni bajarishi kerakday tuyulaveradi. Aktyorlik hissiy kasb deya e’tirof etilishi bejis emas. Chunki teatr sahnasida hayotning shiddatli sur’atini uch yoki tо‘rt yoki undan ortiq pardalar bilan yetkazib berish oson emas. Aktyorlik mahoratining yana bir о‘ziga xos xususiyati u kasbiy tajriba va kо‘nikmalarni talab qiladi, ularni о‘rganishni taqoza etadi. Aktyor yorug‘likni sezadigan plastinkaga о‘xshab о‘z xulq-atvoridagi kichik о‘zgarishlarni ham yorita bilishi kerak. Yangi ta’sir qiluvchi, qо‘zg‘atuvchilardan foydalanmasdan, sahnada nima rо‘y berayotganligini kо‘rmasdan, bilmasdan, eshitmasdan, tabiiy intonatsiyalarni saqlab qolmasdan turib jonli obrazni yaratish mumkin emas. Xoh tragik, xoh komedik yoki dramatik rol bо‘lsin Erkin Komilov о‘ziga berilgan vazifani a’lo darajada ijro qiladigan aktyorlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda yetishib chiqayotgan yosh aktyorlarga ustozning ijodiy faoliyatlarini о‘rganish kasbiy faoliyatlarida katta maktab vazifasini о‘taydi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling