Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Madaniyat-2023-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahodir Nazarov
Xolida Saidova: О‘z millatimiz tarixiy ildizlarini aniq bilish ularga mehr bilan yondashgan
ziyolilardagina yaxshi tarbiyalanadi, jaranglaydi, parvoz etadi [2, 7]. Aytingchi, Tо‘maris asari yaratilishiga nima turtki bо‘ldi va sahnalashtirish jarayonlari qanday kechdi? Bahodir Nazarov: Men professional teatrlarda, turli mavzudagi asarlardan 150 ga yaqin spektakllar qо‘ygan bо‘lsam, shularning aksariyatida bosh qahramonlar erkaklar bо‘lib kelgan. Hozir ham shunaqa. Nega bunday degan savol tug‘iladi? Chunki jasoratli sarkarda, buyuk davlat arbobi, xalqni yetaklovchi, yо‘lboshchi degan ta’rif, xislatlar kо‘proq erkaklar siymosiga qarata aytilish odat tusiga kirganda. Tо‘g‘ri, teatr sahnalarida «Nodirabegim», «Uvaysiy», «Zebuniso» asarlarida mard, jasur, vafodor shoira ayol obrazlari mahoratli aktrisalarimiz tomonidan gavdalantirilgan. Uzoq yillar о‘ylay-о‘ylay, nega ayollardan jasoratli sarkarda ayol kabi qahramonlar sahnaviy siymosi kam yaratilganligi yuzasidan dramaturg Xoliq Xursandovga “Xoliqjon bitta shunaqa sarkarda ayol qahramon haqida asar yaratsak” – deb taklif berganman. Qisqasi ikkalamizning fikrimiz bir joydan chiqib Tо‘maris asari ustida ish boshladik. Pyesaning yaratilishidagi xamkorlik bir yarim yil davom etdi. U Boysunda men esa poytaxtda, oradagi masofa tez-tez kо‘rishishimizga xalal berardi. Biron bir kartinani, voqeani yozib bо‘lgandan keyin telefonda menga о‘qib berardi (bu jarayon tunda rо‘y berardi). Men eshitganlarimni tahlil qilib berar, fikrimni bildirardim. Oradan 3-4 kun о‘tgach tuzatilgan variantni о‘qib berar, biz yana uzoq muloqot qilar edik. Mana shunaqa jarayon bir yarim yil davom etgan va «Tо‘maris» dunyoga kelgan. Ungacha qaysidir yillari Salohiddin Sirojiddinovning «Tо‘maris»ga bag‘ishlangan asari О‘zbek milliy akademik drama teatrida qо‘yilgan edi. Unda boshqacha yondashuv bо‘lgan va Tо‘marisning yoshligi kо‘proq kо‘rsatilgan. Shu о‘rinda menda savol tug‘ildi. Bugungi kunning odamlariga Tо‘maris kim degan savolni ular qanday qabul qiladi. Masalan, Ulug‘bek kim degan savolga butun dunyo buyuk munajjim deb javob beradi. Tо‘maris kim degan savolga ham aniq javob bо‘lishi kerak edi. Biz bilamiz u ona, onalar xaqida asarlar nihoyatda kо‘p. Tо‘maris о‘sha elatlarni birlashtirgan yirik yо‘lboshchi va siyosatchi. Shu bilan birga jasur sarkarda bо‘lgan. Uning aynan shu qirrasini kо‘rsatishga harakat qilib bir yarim yil ichida yozilib bu asar teatr jamoasiga о‘qib berildi. Teatr jamoasi bunday asarlarni sog‘ingani uchun pyesani eshitib tо‘g‘risi qarsak chalib yuborishgan. Asarni sahnada ishlay boshladik. Ish jarayoni 3 oy davom etdi. Lekin ayrim sabablarga kо‘ra ish tо‘xtadi. Teatr rahbariyati yangi asar uchun sahna dekoratsiyasi, aktyorlar kostyumi uchun mablag‘ kerakliligi, hozircha esa bu mablag‘ni yо‘qligini aytdi... Tо‘qqiz yil deganda asar sahna yuzini kо‘rdi. Bu asarning dunyoga kelishi mana shunday bо‘lgan. Tо‘maris spektaklida hamma ish bilan band bо‘ldi. Xalq artistlaridan tortib kechagina institutni bitirib kelgan yosh aktyorlar ham ishtirok etdi. Bu asar hozir ham repertuardan tushgani yо‘q. Xalq sevib tomosha qilyapti. Kompozitor Mustafo Bafoyev uning asarlari ayniqsa chet ellarda mashhur uni hamma olqishlaydi. Asarga shu inson kompozitorlik qilgan. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling