Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Madaniyat-2023-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xolida Saidova
Xolida Saidova: Spektaklda xor va baletning о‘rni haqida nima deysiz?
Bahodir Nazarov: Hammasi bor. Bu xor jamoamiz tо‘liq ishtirok etgan katta polotkali spektakl. Boshidan oxirigacha xor artistlari ishtirok etadi, boshidan oxirigacha balet artistlari ham qatnashadilar. Spektaklda balet aktyorlari faqat raqsga tushmay, balki farishta ham bо‘lishadi, askar xam bо‘lishadi. Qisqasi teatr san’atining komponentini hamma yо‘nalishi shu spektaklda bor, mujassam qilingan. Xolida Saidova: Spektaklda dekoratsiya va uning badiiy yechimi qanday hal etildi? Bahodir Nazarov: Meni bir odatim bor. Rassomga asarni beraman va о‘qib chiqib fikringni ayt, tasavvuringda nima shakllandi ayt – deyman. Aytadi. Keyin men о‘zimning fikrimni aytaman, qisqasi bir tо‘xtamga kelamiz. Uzoq tortishuvlardan keyin mana shu «Tо‘maris»da rassom ssenografiyasi, spetaklning yechimini topgan. Buning uchun sahna asari ustida ishlagan rassom Jaloliddin Rahimovning mehnatini alohida ta’kidlab о‘tish zarur. Dekoratsiya masalasida ham kostyumlar, svet masalasida ham umumiy yechim topilgan. Xolida Saidova: Tomoshabinning spektaklni qabul qilishidan kо‘nglingiz tо‘ldimi? Bahodir Nazarov: «Tо‘maris» spektaklini tomoshabin qanday qabul qilarkin deb boshida juda qо‘rqdim. Tо‘marisni odamlar biladimi, bilmaydimi, tushunadimi, yuqmi, qanaqa qabul qilarkin deb uylagandim. Tomoshabin juda yaxshi qabul qildi. Qarsaklar, qarsaklar. Ayniqsa, tugagandan keyin chiqib ketmaydi. Uzoq vaqt olqishlashadi. Har safar shu hol. Bu bitta narsani bildiradi nafaqat aktyorning kuchi, nafaqat aktyorlarning aytgan ariyalarining baland pardalarda jaranglashi, muhim yana bitta narsa bor: bu narsa xalkimizda о‘z о‘tmishini, о‘tgan ajdodlarini qay darajada qadrlashi va ularga bо‘lgan hurmatining belgisi sifatidagi namoyonidir. Tо‘maris bizning milliy qahramon, kо‘p joylarda kо‘ra boshladim, xursand bо‘lib qarab-qarab qо‘yaman, ota-onalar qizlarining ismini Tо‘maris deb qо‘yishibdi va bu juda yaxshi. Farzandim shunday shaxs darajasida shakllansin, kamolga yetsin deb niyat qilganlarning belgisidir. Teatr ijodkorlari bu spektaklni sahnalashtirishdan kо‘zlagan asl maqsadiga erishganligining isboti emasmi! Spektalimizda antrakt yо‘q. Boshlanadi tо‘xtovsiz davom etadi va tugaydi. Men shu spektakl katta, yaxlit bitta simfoniya bо‘lsin deb niyat qigandim va shu narsaga ozmi kо‘pmi erishdik. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling