Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Madaniyat-2023-1
Xolida Saidova: Aktyorlarni tanlashda nimalarga e’tibor qaratdingiz. Ayniqsa Tо‘maris roli
ijrochilaridan nimalar talab etildi? №1 | 2023 40 Bahodir Nazarov: Aktyorlarni tanlashga keladigan bо‘lsak yuqorida aytib о‘tganimdek Tо‘marisning yо‘lboshchi, sarkarda, siyosatchi qirrasini yarata oladigan о‘rta avloddagi aktyorlarimizdan qidira boshladim. Asarning bir sahnasi bor, о‘g‘lining о‘limi haqida xabar keladi va onaning faryodi bor. Ana о‘sha joyda u ona, (xech qanday sarkardamas, podshohmas). U ona – munis, mushfiq. Mana shu holatni ijro qilib bera oladigan aktrisani qidirdim. Undan keyin jangda yulboshlovchi, sabotli, uzoqni kо‘ra oladigan, hamda kerak bо‘lsa jangchilarni boshini qovushtira oladigan sarkarda bо‘la olishi kerak. Yana bir murakkab sahnalardan biri bu Eron podshohi Kir bilan muzokara olib boradigan uchrashuv sahnasi. Ana о‘sha sahnada о‘tkir siyosatchi namoyon bо‘lishi kerak. Keyin hamma biladi bizning teatr musiqali teatr, kompozitor Mustafo Bafoyev ariyalarni baland pardalarda yozgan. О‘sha ariyalarni ayta oladigan ovoz diapazoni baquvvat bо‘lgan aktrisa kerak edi. Tо‘g‘risi bosh qahramon ijrochisini tashqaridan qidirdim. Bir, ikki nomzod chiqdi. Lekin о‘ylab qarasam musiqali spektaklda ariyalarni kuylay oladigan aktrisa bо‘lishi shart. Sо‘ng о‘z shogirdlarim Gulnoza Saidova va Nargiza Shaxobova nomzodlarida tо‘xtadim. Kir ham tarixiy shaxs hisoblanadi. Buni teatrning iqtidorli aktyorlardan Umid Shodmonov, dublyori Iqbol Oshiqovlar ijro etishdi. Bu asarda epizodik rol yо‘q. Hammasi katta-katta salmoqli, og‘ir yukli rollar. О‘sha vaqtda sardorlar yig‘ini bо‘lgan va u yig‘inning hatto podshohni almashtirishga ham xuquqi bо‘lgan. Bu yig‘in asarda bor. Sardorlar masalan bittasi Anush bо‘lsa, u Xorazm podshohi. Bu butun mamlakatning podshohi, о‘zining qabilasini birlashtirib, ergashtirib ikki daryo oralig‘ida yashayotgan Massagetlarga kelib о‘z ixtiyori bilan Vatanni himoya qilish uchun, о‘z yerini himoya qilish uchun qо‘shinga qо‘shilgan va sardorga aylangan, boshqa sardorlar ham shunday. Turli mamlakatlarning podshohlari birlashib yagona Tо‘marisning qо‘l ostida jang qilishgan. Sardorlar yig‘inining kuchini tasavvur etyapsizmi. Shu kuchlarni ayol boshi bilan Tо‘maris boshqargan, chunki u Vatan uchun jang qilishni taklif etgan, Vatanini sevgan Sardor edi. Vatan uchun hamma narsaga tayyor farzand. Musiqasi ham xuddi shunaqa «Vatan uchun» degan mativ yotadi. Endi u yerda yana bir qaxramonimiz bor asar oxirida Vatanning tug‘ini Tо‘maris kichkina bolacha Shiroqqa topshiradi. Bu endi badiiy obraz tо‘qima. Chunki Shiroq afsona. Shiroq yashagan davri bilan Tо‘marisning davri bir-biri bilan farq, tafovuti bor. Endi bu badiiy asar. Shuning uchun mayli orada yillar tafovuti bо‘lsa ham bari shu avlodku. Avlodning davomchisi sifatida Vatanning taqdirini Shiroqqa topshirib ketti Tо‘maris – degan bir g‘oyani ilgari sо‘rmoqchi bо‘ldik. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling