Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
UDK: 377.1 OʻQITUVCHINING KASBIY KRYEATIVLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
САМАРКАНД ИЛМИЙ АХБОРОТНОМАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
UDK: 377.1
OʻQITUVCHINING KASBIY KRYEATIVLIGI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI M.T.Jumaniyozova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti mukhayo7205@mail.ru Annotatsiya. Maqolada kreativlik tushunchasi, o‘qituvchining kasbiy kreativligini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, psixologik-pedagogik manbalar tahlili, kasbiy kreativlikning mezonlari, ijodiy rivojlanayotgan ta’lim makonini yaratish haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: kreativlik, ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, ta’lim natijalarini baholash, muammolarni yechish tajribasini shakllanishi. Научно-теоретические основы профессионального творчества преподавателя и его развитие Аннотация. В статье рассматриваются понятие творчества, исследование развития профессионального творчества учителей, анализ психолого-педагогических источников, критерии профессионального творчества, создание творчески развивающего образовательного пространства. Ключевые слова: творчество, содержание обучения, процесс обучения, оценка результатов обучения, формирование опыта решения проблем. Scientific and theoretical fundamentals of teacher professional creativity and its development Abstract. The article discusses the concept of creativity, the study of the development of professional creativity of teachers, the analysis of psychological and pedagogical sources, the criteria for professional creativity, the creation of a creatively developing educational space. Keywords: creativity, learning content, learning process, assessment of learning outcomes, formation of experience in solving problems. So‘nggi yillarda pedagogika sohasidagi izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar kreativ fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, kasbiy kreativlikni baholash masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammoning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan belgilanadi hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilarida yangiliklar (innovatsiyalar)ga nisbatan ochiqlik, nostandart vaziyatlarda yechim topa olish va voqelikka ijodiy munosabat kabi shaxsiy xususiyatlarga talablar ortib borishi bilan izohlanadi. Bu esa ta’lim tizimi oldiga shaxsni har tomonlama rivojlantirish, ijodiy intilishlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim oluvchini boshqa muhitga moslashishiga yordam berish vazifasini quymoqda. Dinamik ravishda o‘zgarib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga tez moslashib, jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan koyeativ shaxsni tarbiyalash pedagogika fanining amaliy muammosi sifatida belgilanmoqda. Pedagogik faoliyatda kreativ qobiliyatlarni, o‘qituvchining va ta’lim oluvchining ijodiy kompetensiyalarini qanday shakllantirish to‘g‘risida savol o‘rtaga tashlanmoqda. Kasbiy kompetensiya sifatida kreativlik (ijodkorlik) o‘qituvchi kasbiy faoliyatining turli bosqichlarida uning ijodiy yutuqlarini aks ettiradi va yangi kasbiy mahsulotlar hamda yuqori natijalarga erishish qobiliyati sifatida tushuniladi. Pedagogika va psixologiya sohasida o‘qituvchining individual kasbiy kreativligini fundamental asoslari yaratilgan. Jumladan: pedagogik ijodkorlikni o‘rganish (Yu.P.Azarov, S.M.Bernshteyn, S.G.Vershlovskiy, L.S.Vыgotskiy, A.V.Drozdov, N.P. Dubinin, M.S.Kagan, N.V.Kuzmina, A.P.Leontev, L.M.Luzina, Ya.A.Ponomarev, S.L.Rubinshteyn, V.I.Щerbina va b), pedagogik ijodkorlikning ko‘rinishlari (V.V.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.D.Nikandrov, M.M.Potashnik va b), bo‘lajak o‘qituvchilarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling