Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
САМАРКАНД ИЛМИЙ АХБОРОТНОМАСИ
ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2021-yil, 2-son
189 kasbiy ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari (V.I.Andreyev, V.V.Afanasev, Ye.N.Glubokova, V.M.Danilchenko, N.V.Kuzmina, V.A.Levin, N.Yu.Postalyuk, E.D.Telegina va b,), o‘qituvchining individul ijodkorligini o‘rganish masalalari (N.F.Vishnyakova, N.Ye.Majar, V.A.Slastenin, V.L. Xudyakov va b.), ijodkorlikka o‘rgatish, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish masalalari (Dj. Gilford, Dj. Gilmer, K. Rodjers, E.Torrens va b) ilmiy asosda o‘rganib chiqilgan va tahlil qilib berilgan. Pedagogik, psixologik manbalarning tahliliga ko‘ra, kreativlik- bu keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, fanning faqat bitta sohasiga tegishli emas. Jumladan, falsafiy talqinda “insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taallukli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqiladi, taxlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular tajribada sinab ko‘riladi, noto‘g‘ri bo‘lsa yangilanadi va h.k. Izlanishlar natijasi turli shakllarda (badiiy asar, matematik formula va b.) yuzaga chiqadi” deb izohlanadi. Psixologiyada ijodkorlik asosan ikki jihatdan: yangi narsalarni yaratishning psixologik jarayoni va ushbu jarayonda shaxsni ishtirok etishini ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlar to‘plami sifatida o‘rganiladi. Binobarin, agar ijodiy jarayonning borishini baholash qiyin bo‘lsa, unda bu xususiyatga ega bo‘lishni ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlar (qobiliyatlar, motivlar, bilimlar, ko‘nikmalar) mavjudligiga e’tibor qaratiladi. Pedagogik tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va ta’lim oluvchining ijodkorligi asosiy masala sifatida ko‘rib chiqiladi. Ma’lumki o‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati murakkab va ko‘pqirrali jarayon hisoblanadi. O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Buning asosida esa o‘qituvchining kasbiy kreativligi yotadi. Bir guruh pedagog olimlarning ta’kidlashicha intellektual qobiliyatlar, bilim, shaxsiy fazilatlar, motivatsiya, atrof-muhit, fikrlash turlari o‘qituvchi kasbiy kreativligining asosini tashkil etadi. Kreativlik uchun uchta intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak: 1) muammolarni yangi nigoh (rakurs)da ko‘rish va odatdagi fikrlash tarzidan qochish uchun sintetik qobiliyat; 2) g‘oyalar samaradorligini baholashning analitik qobiliyati; 3) g‘oyaning qadr-qimmatiga boshqalarni ishontirishning amaliy-kontekstli qobiliyati. D.B.Bogoyavlenskaya, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina va boshqalarning tadqiqotlarida shaxsiy fazilatlarning ijodiy jarayon uchun muhimligi ilmiy asoslab berilgan. Bunday fazilatlarga kasbiy faoliyatni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni yengib o‘tishda ichki motivatsiya, oqilona tavakkal qilish, noaniqlikka toqat qilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlashga tayyorlik kiradi. Ichki motivatsiya yechilayotgan muammoga yo‘naltirilgan kreativlik uchun juda muhimdir. Kreativlik ijodiy g‘oyalarni rag‘batlantiradigan muhitni talab qiladi. O’qituvchi ijodkorlik uchun barcha kerakli ichki manbalarga ega bo‘lsa ham qo‘llab- quvvatlovchi muhit bo‘lmasa kasbiy kreativlik namoyon bo‘lmasligi mumkin. Kasbiy kreativlikni rivojlantirish uchun o‘qituvchi o‘zida mavjud fikrlash turlarini (usullarini) bilishi va rivojlantirishi kerak. Hozirgi vaqtda fikrlashning quyidagi turlari farqlanadi: 1) mantiqiy (oqilona, umumlashtiruvchi, inson ongiga tayanish); 2) lateral ( nostandart); 3) evristik (noaniq, muammoli vaziyatlarni hal qilishga imkon beradigan, to‘satdan tushunish bilan belgilanadigan fikrlar); 4) konvergent (mantiqiy, ketma-ket, bir tomonlama) va divergent (bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarda yondashuv, muammoni hal qilishning turli xil usullari); 5) axborot (ma’lumot tafakkurning asosidir)li. A.V.Brushlinskiy tafakkur va ijodkorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha aniqlagan: «Tafakkur va ijod bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tabiiydir, chunki har qanday odamning tafakkuri doimo (hech bo‘lmaganda minimal) ijodiy, samarali, mustaqil bo‘ladi» [3]. Shunday qilib, har bir shaxsning tafakkuri individualdir. Muayyan darajada ijodkor bo‘lish, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijod bilan bog‘liq. Ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab yondashuvlar, qoidalar va xulosalar mavjud. Jumladan: V.I. Andreyev kreativlikni inson faoliyatining turi deb belgilaydi va uning bir qator xususiyatlarni qayd etadi: - qarama-qarshilik, muammoli vaziyat yoki ijodiy vazifaning mavjudligi; - ijtimoiy, shaxsiy ahamiyatlilik, progressivlik; -kreativ faoliyat uchun ob’ektiv (ijtimoiy, moddiy) shart-sharoitlarning mavjudligi; -kreativ fikrlash uchun sub’ektiv zaruratlarning mavjudligi (shaxsiy fazilatlar, bilim, ko‘nikmalar, ayniqsa ijobiy motivatsiya); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling